Homo economicus


Falsafiy antropologiya fanining mohiyati



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/41
Sana08.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#644631
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
Antropologiya

Falsafiy antropologiya fanining mohiyati
. Inson haqidagi bilimlarni 
birlashtirish lozimligi xususida Shelerdan oldinroq ham so’z yuritilgan edi. XIX 
asr o’rtalariga kelib inson o’ta murakkab struktura ekanligi, uni faqat falsafa yoki 
boshqa biron-bir muayyan fan metodlari bilan to’la anglab yetish mumkin 
emasligi, ya’ni inson jamuljam holda aniq bilim predmeti bo’la olmasligi aniq-
ravshan bo’lib qoldi. Shuningdek, ayrim tabiiy fanlar, har biri o’z sohasida, vaqt 
o’tishi bilan umumiyroq xulosalarga kelishni talab etuvchi salmoqli material 
to’pladi.
Bunday umumlashtirishga ehtiyoj Darvinning evolyusion nazariyasi paydo 
bo’lishi bilan ayniqsa bo’rtib ko’rina boshladi. Bu nazariya insonga oid tabiiy-
ilmiy tadqiqotlarga kuchli turtki berdi, shuningdek materialistik falsafiy 
konsepsiyalar rivojlanishi uchun qo’shimcha asos bo’lib xizmat qildi.
Mazkur yondashuv tarafdorlari inson ko’p o’lchovli va muttasil o’zgaruvchi 
mavjudot ekanligidan kelib chiqadi. Garchi uning muhim xususiyatlari ming yillar 
mobaynida o’zgarishsiz qolayotgan bo’lsa-da, ular insonning mohiyatini to’la 
namoyon etmaydi. Bu yondashuv tarafdorlari inson o’z oldiga yangi va yangi 
jumboqlar qo’yayotgan, tashqi dunyoni, o’zining undagi o’rnini aniqlashga harakat 
qilayotgan, atrof muhitni o’rganish orqali uni o’z ixtiyoriga ko’ra o’zgartiradigan 
faol asos sifatida amal qiladigan mikrokosm hisoblanishiga ham e’tiborni 
qaratmoqdalar. 
Boshqacha aytganda, inson bunyodkor va ayni vaqtda madaniyat mahsuli, 
o’zini qolgan jonli dunyodan farqlash imkonini beruvchi ma’naviyat manbaidir.
Falsafiy antropologiya tarafdorlari insonning mazkur talqinidan kelib chiqib, 
bu fan izchil ilmiy qarashlarni ilgari surishga da’vogar bo’la olmasligini va ayrim 
fanlar: psixologiya, sosiologiya, biologiya va boshqa ijtimoiy fanlarning turli 
13
Шелер М. Избранные произведения. – М.: 1994. –С. 187.


yondashuvlari va xulosalarini sintezlovchi inson haqidagi bilimlar tizimini 
yaratishga qaratilishi lozimligini qayd etmoqdalar. Ularning fikricha, bu fan o’z 
predmeti sifatida inson borlig’ini belgilaydi, uning mohiyatini va o’ziga xos 
xususiyatlarini tahlil etib, shu tariqa insonning o’zini ham, uni qurshagan dunyoni 
ham falsafa nuqtai nazaridan anglab yetishga harakat qiladi. «Antropologiya yoki 
aniqroq aytganda – antropologik ong nafaqat ontologiya va kosmologiyaga, balki 
gnoseologiya va bilish falsafasiga, har qanday falsafa va har qanday bilishga zamin 
yaratadi»
14
.
XX asrning 60-70-yillarida falsafiy antropologiya shunday bir g’oyaviy 
harakatga aylandiki, uning doirasida olimlar insonning hozirgi holatini nazariy 
jihatdan anglab yetish va talqin qilish, uning tabiatiga nisbatan yangicha 
yondashuvni ilgari surishga harakat qildilar. Bu davrda yuz bergan fan-texnika 
taraqqiyoti va insonning o’z ilmiy va amaliy faoliyati natijalari uchun javobgarlik 
tuyg’usining kuchayishi falsafiy antropologiyaning rivojlanishiga qo’shimcha 
turtki berdi. Shunday qilib, u endi inson haqidagi bilimlarning umumiyroq majmui 
– umumiy antropologiyaning tarkibiy qismiga aylandi. Bu fan turli-tuman 
ta’limotlar, konsepsiyalar va yo’nalishlarni o’z ichiga oladiki, ularning orasida 
falsafiy yo’nalishdan tashqari biologik, teologik (diniy), sosiologik, psixologik, 
madaniy (etnografik), strukturalistik, pedagogik va boshqa yo’nalishlarni qayd 
etish mumkin.
Ularning har biri, falsafiy yo’nalishdan farqli o’laroq, insonning muayyan bir 
tomonini yoritadi. Masalan, biologik antropologiya anatomiya, fiziologiya, irq 
haqidagi ta’limot va shu kabilarga tayanib, insonning qolgan barcha tirik 
mavjudotlardan farqini uning jismoniy tuzilishi nuqtai nazaridan aniqlaydi. 
Teologik antropologiya inson haqidagi tegishli tasavvurlarni uni Xudo yaratgani 
nuqtai nazaridan shakllantiradi. Falsafiy antropologiya esa butunlay boshqa 
vazifani hal qiladi – u vaziyatga yaxlit yondashadi va fanlararo xususiyatga ega 
bo’lgan xulosalar chiqaradi.
Falsafiy bilimning tarkibiy qismi sifatida falsafiy antropologiya ijtimoiy 
falsafa, axloq, sosiologiya va psixologiya bilan uzviy bog’liq bo’lib, ular bilan 
birgalikda inson haqidagi fanlar majmuini tashkil etadi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish