316
samaraga erishadi. Bu boshqaruvning asosiy qonuni – alohida shaxslar, jamoa va
jamiyatning qiziqishlarini muvofiqlashtirish, hamda burch va majburiyatlarini
muvozanatlashtirish prinsipiga amal qilinganda mumkin bo‘ladi.
Amaliyotdan ma’lumki, istalgan korxonaning iqtisodiy inqiroziga ikki
kategoriyaga bo‘linuvchi, xodimlarning “kritik massasi” shakllanganligi sabab
bo‘ladi. Birinchi kategoriyaga kompetenlik darajasi etishmaydigan mutaxassislar,
ikkinchisiga – o‘zining g‘araz maqsadlarida xizmat vazifasidan foydalanadigan
xodimlar.
Ta’kidlash joizki, boshqarish ob’ekti sifatida inson kapitali murakkab
kategoriya hisoblanadi, chunki u aholi va davlatning asosiy hayot faoliyati
tomonlarini qamrab oladi. Inson kapitali nazariyasi va amaliyotiga muvofiq uning
asosiy jihatlari mentalitet (aholining ichki madaniyati), ma’lumoti, sog‘ligi va
to‘plagan bilimlaridan iboratdir.
Inson kapitalini formal usullar yordamida ijobiy va salbiy deb ajratish real
hayotda mumkin emas. Sababi, jamiyat ustivor qadriyatlari, alohida shaxslarning
qadriyatlarni o‘rnatishi, hamda madaniyatni shakllantirishning o‘ziga xos
jihatlariga bog‘liq ravishda xodimlarning bilim egallashi va bilimlarni yaxshilik
tomonga yoki uning aksiga ishlatishi mumkinligidadir.
Xususan tadbirkorlar bir tomondan iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, ishchi
o‘rinlari yaratish bilan jamiyat uchun foydali ish qilishadi, ikkinchi tomondan
yuqori daromad uchun soliq to‘lovlaridan qochish, yollanma ishchilarning ish
haqini cho‘zish, mehnat muhofazasi va texnik havfsizlik xarajatlarini tejashashadi.
Bular hammasi salbiy inson kapitali jamlanishiga olib keladi va ijtimoiy tanglikni
oshiradi.
Mehnat faoliyatini amalga oshirishda inson hulqining tashkil etuvchilarini
aniqlaydigan ob’ektiv va sub’ektiv omillar to‘plamini hisobga olish uchun
boshqaruv tizimini tadqiq etishning institutsional-iqtisodiy uslubiyatlari ishlab
chiqilgan. Mohiyatiga ko‘ra boshqaruv tizimini tadqiq etish o‘zida boshqaruv
tizimining tizimli kvintessensiya, jarayonli va holatiy podxodlarini o‘zida
jamlaydi.
Boshqaruv tizimini tadqiq etish o‘ziga xos xususiyati shundaki, u ayni paytda
mavjud metodologik apparatni inkor qilmagan holda, boshqaruv tizimini to‘ldiradi
va uning imkoniyatlarini oshiradi.
Tadqiqot predmeti boshqaruvning tashkiliy sub’ekti va quyidagilarga
asoslangan ob’ekti o‘zaro harakatini boshqarish jarayonida yuzaga keladigan
munosobatlardan iboratdir:
-
ma’lum amaliy faoliyatda harakatlarning tartib va xarakterini aniqlovchi va
rag‘batlantiruvchi, qonunlarda o‘z aksini topgan formal qoidalar;
-
ma’lum turdagi faoliyatni amalga oshirish jarayonida inson hulqiga ta’sir
etuvchi iqtisodiy stimul (motiv)lar;
-
shaxsiy sifatlar hamda muhitning ijtimoiy me’yor va qoidalari asosida
shakllanadigan individual-psixologik o‘ziga xoslik (qadriyat).
YUqoridagi mezonlar asosida qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |