157
yo‘qotishning maksimal darajasi bir sutkada bir litr suvni yo‗qotish uchun bir soatda
2500 kj energiya talab etadi. Har xil odamlarda ter bezlari soni bir xil bo‘lmasada har
xil irqlarda ter bezlarining soni bo‘yicha keskin tafovut ko‘zga tashlanmaydi. Har xil
irq guruhlari terining o‘xshash joylaridagi ter bezlar soni deyarli o‘xshash 1) panja
2) orqa, 3) bilak, 4) yelka, 5) tovon, 6) boldir, son 7) qorin, ko‘krakdagi
ter bezlari
Yevropaliklardan Afrikaliklar tomon ko‘paya borishi aniqlangan. Lekin xona
sharoitida 37,8
0
haroratda negrlar yevropaliklarga nisbatan kam ter ajratadi.
Aniqlanishicha, Afrika negrlarida ter bezlari yevropaliklarga nisbatan yirik ekanligi,
Shunga ko‘ra ter bezlari ham bir xil bo‘lganda ham afrikalik negrlarda ter ko‘p
ajralishi mumkin. Negrlar tanasida qora rang nisbatan ko‘proq,
bu ularda melanin
pigmentining ko‘p bo‘lishi bilan aloqador. Jingalak soch boshda soch orasida havo
qatlamini hosil etadi. Havo isib ketishi natijasida ana shu sochdagi havo boshdagi qon
tomirlarga issiqlikni kam o‘tkazadi. Binobarin negrlar jingalak soch shakli haroratni
saqlaydigan havo yostiqcha rolini bajaradi. Aniqlashicha, negrlarning sochlari orasida
ko‘pincha havo pufaklari bo‘lib, mongoloidlarga qaraganda sochni xira
shu‘lalantiradi. Issiq mamlakatlarda havoning o‘rtacha
harorati odamning ichki
organlar haroratidan past emas, shunga ko‘ra tanani sovutish uchun og‘iz orqali suvni
bug‘latish kuchaygan. Og‘izni yuzga nisbatan kattalashib, uning shilimshiq qavati
uzunligi tropik sharoitda foydali bo‘lib, namlikni ko‘p ajratish orqali o‘pkaga
kiradigan havoni sovitishga qaratilgan.
Tropik o‘lkalarda yashovchilarning kalla suyagi ensiz baland bo‘lib,
tekis
keng kallaga nisbatan kuchli issiq van am haroratli sharoitda qulay bo‘lgan.
Anatomik - antropologik adaptiv belgilardan tashqari yuqori haroratga
nisbatan fiziologik moslashish ham bor. Yuqori haroratning muntazam va ko‘p
maratoba ta‘siri oqibatida organizm bunga nisbatan moslanishi yaxshilanadi. Ayniqsa
jismoniy mehnat qilishga bo‘lgan layoqat yaxshilanadi. Laboratoriya sharoitida
sinovdan o‘tayotgan shaxslar yuqori issisqlik ta‘siri tufayli birinchi kun
bir soatdan
so‘ng ishlashni to‘xtatganlar, 5-kun esa 4 soat ish bajarganlar. Sinovdan o‘tayot-
ganlarni qon aylanishi sezilarli darajada yaxshilangan, yurak urishi kamaygan.
158
Bunday tajribalarda ter bezlarini ishi sezilarli ortib, ter chiqish kuchayadi va
oqibatda tana namlanishi tekis bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: