Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich


Tabaqalashtirib o‘qitishning shakllari



Download 7,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/107
Sana08.06.2022
Hajmi7,4 Mb.
#643049
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   107
Bog'liq
fayl 1992 20211005

 
Tabaqalashtirib o‘qitishning shakllari 
O‗tkazilgan pedagogik adabiyotlar tahlilining ko‗rsatishicha, hozirgi vaqtda 
ta‘limni tabaqalashtirishning eng ko‗p tarqalgan shakllari quyidagilardan iborat: 
Qator predmetlarni chuqur o‗rganuvchi sinflar; 
Maxsus (tasviriy san‘at va musika, tarix, fizika - matematika, kimyo va h,.k) 
maktablar; 
O‗quvchilar tanlovi bo‗yicha fakultativ mashg‗ulotlar. 
Predmetlarni chuqur o‘rgatuvchi sinflar
 
Maktab o‗quvchilari orasida bir - biriga yaqin bo‗lgan predmetlarga yuqori 
darajada qiziqish bildiradigan o‗quvchilar ko‗ngillilarni tashkil qilsa, u holda ularni 
sinflarga birlashtirib, o‗sha predmetlarni yuqori darajada o‗qitishni tashkil qilish 
maqsadga muvofiqdir. 
Bunday sinflarni yettinchi - sakkizinchi sinflardan boshlab tashkil qilish 
maqsadga muvofiqdir. Chunki bu vaqtga kelib o‗quvchilar umumta‘lim 
bilimlarning minimumini o‗zlashtirib olgan, qiziqishlarini namoyon qilgan va 
turg‗un qiziqishlari yetarli darajada mustahkamlangan bo‗ladi. Ushbu bilimlarga 
tayangan holda tabaqalashtirilgan ta‘limni boshlasa bo‗ladi. 


200 
Bir - biriga yaqin predmetlarni chuqur o‗rganish tajribasini o‗rganish va tahlil 
qilish shundan dalolat beradiki, bu o‗quvchilar tanlovi bo‗yicha fakultativ 
mashg‗ulotlarga nisbatan qator ustunliklarga ega. Ushbu ustunliklar qatoriga, 
birinchi galda, barcha o‗quvchilarning o‗zlarini qiziqqan predmetlarini chuqur 
o‗rganishni ko‗rsatish mumkin. Ushbu sinflarda o‗quvchilarning tabaqalanishi 
kuzatilmaydi. Bu yerda ikkita parallel kurslarni o‗zaro muvofiqlashtirish muammosi 
ham yo‗q,
chunki mashg‗ulotlar mantiqiy o‗ylangan yagona dastur asosida olib 
boriladi. 
O‗quvchilarning ixtisoslik fanlariga bo‗lgan qiziqishlari tufayli bir - biriga 
yaqin predmetlarni chuqur o‗rganuvchi sinflarda juda qulay o‗quv muhiti 
yaratilishini alohida ta‘kidlash joizdir. Ushbu sinflarda tanlangan predmetlarga 
qiziqish borasida o‗quvchilarning bir - biriga ta‘siri yorqin namoyon bo‗ladi. 
Eng yuksak namuna sifatida o‗quvchilarning qiziqishi bo‗yicha ta‘limni 
tabaqalashtirish tizimlari quyidagilardan iborat: 
I - IV sinflar - o‗quv - tarbiya jarayonida o‗quvchilarda namoyon qilingan 
individual xususiyatlarni hisobga olgan holda bolalarni yagona o‗quv reja va dastur 
asosida o‗qitish; 
V - VI sinflar - bolalarni yagona dastur asosida o‗qitish va tarbiyalash
materiallarni o‗rganish sinfda va sinfdan tashqari mashg‗ulotlarda namoyon 
qilingan qiziqishlarni faol shakllantirish; 
VII sinflar - o‗quvchilarni yagona dastur asosida o‗qitish va tarbiyalash, 
darslarda, to‗garak mashg‗ulotlarida vujudga kelgan qiziqishlarni mustahkamlash 
va qondirish. 
Fakultativ mashg‗ulotlar - tabaqalashtirilgan ta‘limning eng yaxshi ishlaydigan 
turi hisoblanadi. Fakultativ kurslarni o‗quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanishi va 
uni o‗rganib bo‗lgandan keyin yangi kursni tanlash imkoniyati borligi ta‘limni 
tabaqalashtirishning ushbu turini ustunligi hisoblanadi. 
Fakultativ mashg‗ulotlar mazmunini o‗qituvchi tomonidan tanlanishi ham 
ularning ustunligini bildiradi. 


201 
Vazirlik tomonidan tasdiqlangan fakultativ mashg‗ulotlar namunaviy 
dasturiga asoslanib ularning mazmunini aniqlashda katta erkinlik berilishi 
o‗qituvchiga o‗quvchilarning qiziqishiga maksimal darajada mos keladigan 
fakultativ kurs yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari o‗qituvchining fakultativ 
kurs mashg‗ulotlariga o‗quvchilarning qiziqishini uyg‗otadigan material kursi 
yaratish imkoniyatiga ega bo‗lishi ham juda muhimdir. 
Yuqorida bayon qilinganlar bilan bir qatorda fakultativ mashg‗ulotlarning 
ham kamchiliklari bor. Ushbu kamchiliklardan eng muhimi - bu fakultativ 
mashg‗ulotlar asosiy predmetlar bilan parallel olib boriladi. 
Ushbu kurslarni muvofiqlashtirish muammosi juda murakkab va qiyin ish. 
Fakultativ mashg‗ulotlarning boshqa kamchiligi ularni o‗quvchilar tomonidan 
ixtiyoriy tanlash bilan bog‗langan bo‗lib, ularda barcha o‗quvchilarning 
qatnashmaganligi sababli sinf bilan ishlashda fakultativ mashg‗ulotlarda 
o‗rganilgan materialga tayanib bo‗lmaydi. Nihoyat, ba‘zi hollarda fakultativ 
kurslarni o‗rganish asosiy kursni chuqur o‗rganishga emas, balki uni kengaytirib 
o‗rganishga olib keladi. Shuning bilan bir qatorda ilg‗or maktablar va o‗qituvchilar 
tajribasining ko‗rsatishicha, o‗quvchilarda qiziqish uyg‗otish va uni mustahkamlash 
bosqichlarida fakultativ kurslar juda yaxshi samara beradi. Fakultativ kurslar 
mazmunini aniqlashda o‗qituvchiga katta erkinlik berilishi unga fakultativ 
mashg‗ulotlarni qiziqarli, zavqli, ba‘zan maroqli shaklda olib borish imkonini 
beradi. Fakultativ mashg‗ulotlarda o‗qituvchi materialni qiziqarli shaklda bera olsa, 
tushuntirishni qiziqarli, ba‘zida esa maroqli material bilan qo‗shib olib bora olsa, u 
holda pedagog o‗z predmetiga qiziqishni shakllantirish uchun bolaning tabiiy 
qiziquvchanligidan foydalana oladi. 
Umumiy o‗rta ta‘lim maktab o‗quv rejasiga muvofiq fakultativ 
mashg‗ulotlar uchun maxsus soatlar ajratilgan. Har bir guruhda 15 tadan kam 
o‗quvchi bo‗lmasa, fakultativ mashg‗ulotlar uchun guruhlar tuzish mumkin. 
Fakultativ 
mashg‗ulotlarning 
xarakteri 
hamda 
fan 
kabinetlari 
va 
laboratoriyalaridagi o‗rinlarga qarab fakultativ kurslar guruhlardagi bolalarning 
maksimal soni aniqlanadi. 


202 
VII va VIII sinflarda fakultativ mashg‗ulotlar, odatda bir yilga mo‗ljallanadi. 
O‗quvchilar fakultativ mashg‗ulotlarni tugatgandan keyin ularni o‗zgartirishi 
mumkin. Maktab fakultativ mashg‗ulotlarni o‗tkazish uchun eng yuqori toifali 
o‗qituvchilarni belgilaydi yoki OO‗YUlari, ilmiy tadqiqot muassasalaridan 
mutaxassislarni taklif qiladi. 
Fakultativ mashg‗ulotlarni olib borish uchun tegishli moddiy texnika bazasi 
yaratilishi kerak. Fakultativ mashg‗ulotlarga ularni o‗rganishni istagan har qanday 
o‗quvchi 
qatnashishi 
mumkin. 
Fakultativ 
mashg‗ulotlarga 
guruhlarni 
shakllantirishda qanday saralab olish uchun har qanday sinovlarga yo‗l 
qo‗yilmaydi.
 
U yoki bu fakultativ kursni tanlagan o‗quvchilar mazkur kurs dasturidan 
kelib chiqadigan barcha topshiriqlarni bajarishlari shart. Fakultativ mashg‗ulotlarni 
tashkil etish va o‗tkazish vazirlikning maxsus buyrug‗i bilan amalga oshiriladi.

Download 7,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish