3
KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‗lamli
islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq
- tartibotni, davlatimiz
chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini,
inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglik muhitini
ta‘minlash uchun muhim poydevor bo‗ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi,
fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‗yobga chiqarish uchun zarur shart -
sharoitlar yaratdi.
O‗zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgan so‘ng jahonning rivojlangan
mamlakatlari kabi axborot va pedagogik texnologiyalarini rivojlantirishga alohida
e‘tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya tizimini shakllantirish, barcha sohalarda
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy
etish va undan foydalanish, jahon
axborot resurslaridan bahramand bo‗lishni kengaytirishga mustahkam zamin
yaratilmoqda.
Ma‘lumki, fan va texnika jadal sur‘atlar bilan rivojlanayotgan
bugungi kunda ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar
hajmi keskin ortib
bormoqda. Bu, bir tomondan, fan - texnika yangi soha va bo‗limlarining taraqqiy
etishi tufayli uning differensiyallashuvini ta‘minlayotgan bo‗lsa, ikkinchi
tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Darhaqiqat,
yangilangan ta‘lim tizimini joriy etishda har bir bo‗lajak pedagogning o‗z faniga
va barkamol avlod ta‘lim - tarbiyasiga oid kasbiy layoqatliligini shakllantirish va
tarbiyalab borib, ularni pedagogik faoliyatda izchil qo‗llay bilish mahoratiga ega
bo‗lishi bugungi kunning muhim talabidir.
«Pedagogik texnologiya bu butun o‗qitish va bilimlarni samaradorlashtirish
vazifasini qo‗yuvchi texnik xamda shaxs resurslari va ularning o‗zaro
aloqasini
hisobga olib yaratish, qo‗llash va belgilashning tizimli metodidir».
An‘anaviy o‗qitish texnologiyasi asosan «pedagog - talaba» tarzida umumiy
xarakterda bo‗lib, unda talaba ta‘lim jarayonining ob‘ekti, ya‘ni passiv shaxs
sifatida qaraladi. Pedagogik texnologiyada «Pedagog - ta‘lim - talaba» tizimiga
asoslanadi va unda talaba sub‘ektga ya‘ni, ta‘lim jarayonining faol ishtirokchisiga
4
aylanadi. Bunda talaba o‗zi mustaqil izlanuvchi va o‘zini nazorat etuvchi
boshqaruvchiga aylanadi.
Tasviriy san‘at fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‗qitish
ya‘ni uni
takomillashtirishga salbiy ta‘sir ko‗rsatayotgan quyidagi omillarni qayd
etish mumkin:
- oily ta‘lim
muassasalaridagi
– professor - o‗qituvchilarning pedagogik
texnologiyalarni amaliyotda qo‗llashga uzluksiz ravishda tayyorlashning ilmiy
asoslangan tizimi mavjud emasligi;
fan, texnika va texnologiya taraqqiyotining bugungi darajasi bilan tasviriy
san‘at pedagoglarining kasbiy tayyorgarligi sifatini ta‘minlash jarayoni orasidagi
nomuvofiqlikning mavjudligi;
- tasviriy san‘at pedagoglarining kasbiy layoqatlarini
tarbiyalash jarayonini
takomillashtirish borasida to‗plangan ilg‗or tajribalarning amaliyotga etarlicha
joriy etilmaganligi;
- tasviriy san‘at pedagoglari uchun aynan pedagogik texnologiyalar asosida dars
ishlanmalari tavsiya etilmaganligi, mustaqil ta‘limini tashkil etish imkonini
beruvchi o‗quv - metodik majmualarning etarlicha yaratilmaganligi.
Shu sababli, zamonaviy o‗quv texnologiyalari
imkoniyatlaridan unumli
foydalanish negizida tasviriy san‘at darslarida pedagogik texnologiyalarni
qo‗llashning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish dolzarbligini belgilaydi.
Tasviriy san‘at darslarida o‗qitishning interfaol usullarini qo‗llash hozirgi
kunning dolzarb masalalaridan biridir. Tasviriy san‘at darslariga interfaol
usullardan aqliy hujum, klaster, suhbat, bahs, munozara, boshqotirma, rolli o‗yinlar
pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish zaruriyati pedagogik texnologiyaning
mazmuni hamda an‘anaviy ta‘lim mohiyatini o‗rganish, tahlil etish asosida yuzaga
keladi.
Bizga yaxshi ma‘lumki, an‘anaviy ta‘lim
mazmunini asosan pedagog bu
jarayondagi avtoritar mavqei, tasviriy san‘at o‗quvchilarining sust faoliyati asosiga
qurilgan bo‗lib, tasviriy san‘at uchun ajratilgan vaqtning asosiy qismi pedagoglar
5
tomonidan muhim nazariy ma‘lumotlarni bayon etishga sarflanar, tasviriy san‘at
talabalarining faolligini ta‘minlashga zaruriyat sezilmasligini ifoda etardi.
Yuqoridagilarni inobatga olib o‘quv qo‘llanma ustidan ishni olib borish
qaroriga keldik.
Qo‘llanmada, biz o‗z oldimizdagi maqsad va vazifalarni quyidagicha
belgilab oldik:
Tasviriy san‘at darslarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etish va uni o‗qitish usullarini mazmunini yoritish.
Tasviriy san‘at darslarini samaradorligini oshirishda
zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etish jarayoni.
Tasviriy san‘at darslarini samaradorligini oshirishda interfaol usullarni qo‗llash.
Tasviriy san‘at darslarida qo‗llaniladigan ta‘lim vositalarining mazmuniga
pedagogik texnologiya elementlarini singdirish, darslarning samaradorligini
oshirish, shuningdek, talabalarining bilim, ko‗nikma, malakalari darajasini ortirish.
Do'stlaringiz bilan baham: