196
Ushbu tamomila yangi vazifani mamlakatimizda bosqichma - bosqich
shakllanayotgan huquqiy, demokratik fuqarolik jamiyatigina o‗z oldiga qo‗yishi va
muvaffaqiyatli hal qilishi mumkin.
Nihoyat, shuni ham ko‗rsatish kerakki, o‗rta maktab ta‘limining yuqori
bosqichida ta‘limni tabaqalashtirish iqtidorli bolalarni namoyon qilishga
ko‗maklashadi va ularning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar yaratadi. Maktab
bir qator sabablarga ko‗ra ushbu muhim ishga uzoq vaqt zarur darajada e‘tibor
bermadi.
Maktabda ta‘lim jarayonini o‗rtacha o‗quvchiga mo‗ljallash iqtidorli bolalarni
namoyon qilish va rivojlantirishga xalaqit beradi. Ta‘limni katta sinflarda
tabaqalashtirishda iqtidorli bolalarni namoyon qilish va rivojlantirish uchun yangi
imkoniyatlar vujudga keladi.
Bundan tashqari raqobatga asoslangan jamiyatimizda
uning fuqarolari
intellektual hayoti sohasida baravarlashtirish tendensiyasi mutlaqo begonadir.
Ilmiy - texnika taraqqiyoti rivojlangani sari jamiyatimizda yangi texnika va
zamonaviy texnologiyalarni egallashda takomiliga erishgan hozirgi zamon fanlarini
yaxshi biladigan mutaxassislarga bo‗lgan talab tobora o‗sib boraveradi.
Afsuski, hanuzgacha umumiy o‗rta ta‘lim maktabida va hatto oliy maktabda
an‘anaviy ta‘lim bilan cheklanamiz. Umumiy o‗rta va oliy maktab hayotiga tez
sur‘atlar bilan kirib kelayotgan yangi ilg‗or g‗oyalar va fan yutuqlarini idrok qilish
uchun fundament qo‗yilishi kerak. Ta‘limning ilg‗or tizimi ilmiy texnika
taraqqiyotining va
mamlakatimiz rivojlanishining garovidir.
Ilmiy - texnika taraqqiyoti zamonaviy texnika va ilg‗or texnologiyalarni
boshqarishga, uni ijodiy qo‗llashga tobora ko‗proq odamlarni tayyorlashni talab
qiladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‗rinadiki, maktab oldiga o‗quvchilarni
dastlab akademik litsey, kasb - hunar kollejlarida tayyorlash bo‗yicha
vazifa
qo‗yilmoqda.
197
Jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda, kasb - hunar kollejlariga
shunday o‗quvchilarni yo‗llash kerakki, ularda maktabni bitirish arafasida fan -
texnika yoki san‘at sohalariga turg‗un qiziqish namoyon bo‗lsin.
O‗quvchilarning fan - texnika yoki san‘at sohalarida ijodiy faoliyatlarga
qiziqishlari va layoqatlarini namoyon etishlari hamda rivojlantirishlari uchun
mantiqiy o‗ylangan va maqsadga qaratilgan ish zarur. Bu ishni ma‘lum
tartibda
saralab olingan materialda amalga oshirish juda muhim.
Demak, o‗quvchilarni dastlab akademik litseylarda, keyinchalik oliy o‗quv
yurtida o‗qishini davom ettirishga tayyorlash maqsadida ta‘limni tabaqalashtirish
uning oxirgi bosqichlarida maqsadga muvofiqdir.
Bu oliy o‘quv yurtlari uchun sifatliroq abiturientlarni tayyorlashga imkon
beradi.
Fransiyaning ilg‗or pedagoglari ham ta‘limni tabaqalashtirish o‗rta maktabni
bitiruvchilarida yuqori darajada tayyorgarlikni ta‘minlashini ta‘kidlamoqdalar.
Umumiy o‗rta ta‘lim maktabining vazifasi o‗quvchilarni oliy o‘quv yurtlari
uchun o‗qishga kirishiga tayyorlash bilan tugamaydi. Gap shundaki, oliy o‘quv
yurtlari bitiruvchilarning ma‘lum qismini qabul qiladi.
Hozir ko‗pchilik maktab bitiruvchilari ishlab chiqarish va maishiy xizmatda
mehnat qilishga tayyor emaslar. Ular uchun, ayniqsa, ota - onalari uchun oliy o‘quv
yurtlariga o‗qishga kira olmaslik fojia, ishlab chiqarishda
mehnat qilish - hasratli
zarurat.
O‗quvchilarni ishlab chiqarishda mehnat qilishga tayyorlash maktabning
asosiy vazifalaridan biri bo‗lib qoldi. Maktab nafaqat jamiyat uchun har qanday
mehnatni oliy talabligi va foydaliligini o‗quvchilarga tushuntirishi, balki ularning
kuchi, bilimi va qobiliyatlarini hozirgi zamon ishlab chiqarishiga ijodiy tatbiq
etishni ham yoritib borishi kerak.
Ta‘limni tabaqalashtirish sharoitida o‗quvchilarni kasbga yo‗naltirish
ishlarini yaxshi yo‗lga qo‗yish mumkin. Bunda o‗quvchilarni kasbga yo‗naltirish
kasbgacha
tayyorgarlik, o‗quvchilarda namoyon bo‗lgan va yetarli darajada
198
rivojlangan qiziqishlari bo‗lgan o‗quv predmetlari bazasida tashkil etilishi juda
muhimdir.
Shunday qilib, jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida umumiy o‗rta ta‘lim
maktabida ta‘limni tabaqalashtirish zarurligi quyidagilar bilan dalillanadi:
Jamiyat o‗zining
har bir a‘zosining potensial imkoniyatlaridan oqilona
foydalanishga intilishi;
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish va shaxsning qiziqishlarini maksimal
darajada qondirish haqida jamiyatning g‗amxo‗rligi;
Ijtimoiy ishlab chiqarishning ichki va injenerlarning maxsus tayyorgarligi
darajasini yanada yaxshilashga bo‗lgan talablar;
O‗rta maktab ishini yanada takomillashtirish zarurligi.
Do'stlaringiz bilan baham: