193
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining umumiy o‗rta ta‘lim maktabi
bo‗limida shunday yozilgan.
O‗quvchilar u yoki bu bilim sohasiga, u yoki bu
faoliyat turiga qiziqishini
namoyon bo‗lishini ota - onalar, o‗qituvchilar va o‗quvchining o‗zi ham oson
kuzatishi mumkin. Turli metodikalarni qo‗llagan holda o‗tkazilgan qator
izlanishlar, qiziqishlarning aksariyat ko‗pchiligi o‗quvchilarda 14 - 15 yoshda
namoyon bo‗lishini ko‗rsatmoqda. Ushbu yoshdan boshlab o‗quvchilarning
qiziqishi bo‗yicha tabakqalashtirilgan ta‘limni boshlash maqsadga muvofiqdir.
Iqtidorli bolalarni o‘qitish va tarbiyalash
Iqtidorli odam oddiy qobiliyatga ega bo‗lgan odamga nisbatan jamiyatga
sezilarli darajada foyda keltirishi mumkin. Shu bois jamiyatimiz va maktab oldida
hamma vaqt qobiliyatli bolalarga ta‘lim va tarbiya berish muammosi dolzarb bo‗lib
turgan va dolzarb bo‗lib qolmoqda. Ushbu muammoning keskinligi ijtimoiy ishlab
chiqarishning borgan sari rivojlanishi bilan o‗sib boradi.
Talantli bolalarni o‗qitish va tarbiyalash muammosi, ayniqsa, keyingi chorak
asr davomida keskin tus oldi. Ishlab chiqarishga murakkab zamonaviy texnika va
ilg‗or texnologiyalarning kiritilishi munosabati bilan jamiyatimizning ekstraklass
mutaxassislariga bo‗lgan talabi tobora oshib bormoqda. Bunday mutaxassislarni,
talantli kishilarini o‗qitish, tayyorlash mumkin. Bunday maktablar, ayniqsa
,
AQSH,
Yaponiya, Angliyada ko‗p. Mazkur maktablar turli nomlar bilan atalsada, ularning
ijtimoiy funksiyasi bitta: talantli
bolalarni izlab topish, mamlakat manfaati uchun
ularni o‗qitish va tarbiyalash uchun maksimal sharoit yaratishdan iborat.
Iqtidorli bolalarni qaerda va qanday o‗qitish muammosi yetarli darajada
o‗rganilmagan va murakkab jarayon hisoblanadi. Mazkur muammoni hal qilish
uchun iqtidorli bolalar maxsus maktablarning tajribasini o‗rganishi hamda ularni
bitiruvchilarning hayot yo‗llarini kuzatishlari zarur.
Mamlakatimiz umumiy o‗rta ta‘lim maktabi
ish tajribasining guvohlik
berishicha, u umuman iqtidorli bolalarni namoyon qilish va o‗qitishni
ta‘minlamoqda. Bizning fikrimizcha, iste‘dodli bolalarni layoqat va qobiliyatlarini
rivojlantirish uchun maxsus maktablarni bunyod etish ehtiyoji yo‗q. Barcha
194
maktablarda o‗qitish shunday yo‗lga qo‗yilishi kerakki, iqtidorli bola oilasidan
ajralmagan holda maktabda o‗z iqtidorini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‗lsin.
Talant o‗z - o‗zidan insonning ma‘lum faoliyatidan tashqarida bo‗lmaydi,
uning shakllanishi ta‘lim va tarbiya jarayonida sodir bo‗ladi.
Talant - bu bolaga
maktab va oila sarflagan mehnat. Tayyor talantni izlab topish - bu muammoning
yechilishi emas. Muammo esa talantni tarbiyalash, uning tabiiy layoqatlarinn
rivojlantirishdan iborat bo‗lib, uni har bir maktabda qo‗llay olishdan iboratdir.
Buning uchun esa har
bir maktabda sharoit yaratish zarur.
Ushbu sharoitlarni
yaratish uchun talant nima, talantli bola qanday bo‗lishi kerakligini bilish lozim.
Psixolog olim N.S. Leytesning fikricha iqtidorli bolalar uchun shaxsning
quyidagi xususiyatlari xarakterlidir:
1.
Ziyraklik, zo‗r berib ishlashga doim tayyorlik.
2.
Mehnatsevarlik, mehnatga tayyorlik, charchamaslik va dam olmasdan qattiq
mehnat qilishga ehtiyoj.
3.
Tafakkurning tezligi, aqliy jarayonlarning tezligi,
aqlning batartibligi, tahlil
va umumlashtirish imkoniyati yuqoriligi, aqliy faoliyatning yuqori
mahsuldorligi.
Bu qaysi sharoitlar?
Bu birinchi galda yuksak qobiliyatlarga erishishning
potensial
imkoniyatini aniqlovchi, biroq ularni kafolatlamaydigan ma‘lum tabiiy
layoqatlarning mavjudligi.
Aytilganlarga yakun yasab, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1.
Boshlang‗ich sinflarda o‗quvchilarning individual xususiyat (qiziqishlari,
layoqat va ularning rivojlanish darajasi, o‗qishga qobiliyati va h.k.)larni
o‗quvchilarga individual yondashuv doirasida (ichki tabaqalashtirish) ta‘lim
va tarbiya maqsadlari uchun hisobga olish va foydalanish mumkin.
2.
Yuqori sinf o‗quvchilarining individual xususiyatlarini hisobga olish va
pedagogik foydalanish uchun tashqi ifodalangan tabaqalashtirish muvofiq.
3.
Umumiy o‗rta ta‘lim maktabida o‗quvchilarning qiziqishi va balog‗at
yoshiga etganda egallaydigan kasbni loyihalash bo‗yicha ta‘limni
tabaqalashtirish mumkin.