«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
boshqa tashkil qilingan fondlar;
o‗tgan va hisobot yillaridagi taqsimlanmagan foyda.
Korxonaning o‗z mablag‗lari bilan ta‘minlanganligi 30% dan kam bo‗lmasligi
kerak. Aylanma aktivlarining aylanish tezligi va
korxona faoliyatidan kelib
chiqqan holda bu ko‗rsatkich ozgina past bo‗lishi ham mumkin. Agar bu
ko‗rsatkich 60% dan yuqori bo‗lsa, kredit bo‗yicha riskni minimal deb qarash
mumkin.
YUqoridagi ko‗rsatkichlarning natijasi me‘yoriy talablar bilan taqqoslanadi
va korxonaning
moliyaviy ahvoli aniqlanib, kredit berish mezonlari belgilanadi.
Kredit berish bo‗yicha sinflarga ajratishda quyidagi talablar hisobga olinadi.
-jadval
Kreditga layoqatlilik ko‗rsatkichlariga
qarab mijozlarni sinflarga ajratish bo‗yicha talablar
№
Ko‗rsatkichlar
I sinf
II sinf
III sinf
1.
Qoplash koeffitsienti (Kq)
Kq
2,0
2,0>Kq
1,0
1,0>Kq
2.
Likvidlilik koeffitsienti (Kl)
Kl
1,5
1,5>Kl
1,0
1,0>Kl
3.
Muxtorlik koeffitsienti (Km)
Km
60%
60%>Km
30
%
30%>K
m
Kreditga layoqatlilikning har bir sinfdagi korxonalarga banklar xar xil kredit
munosabatlari to‗za oladilar. 1-sinfga mansub qarz oluvchilarga bank kredit
liniyasi ochishi, kontokorrent hisob rakami bo‗yicha kredit berishi,
boshqa qarz
oluvchilarga nisbatan past foizlarda ishonchli kreditlar berishi, kreditlar bo‗yicha
ta‘minganlik talab qilinmasligi mumkin.
2-sinfga mansub qarz oluvchiga esa umumiy asoslarda va odatdagi tartibda,
ya‘ni majburiyatni muvofik shaklda ta‘minlanishi (kafolat, garov, kafillik)
sharoitida kredit beriladi., agar uning qo‗shimcha ko‗rsatkichlari
ijobiy holda
bo‗lsa, unda unga imtiyozlar berilishi mumkin, ammo ishonchli kreditlar
berilmaydi. Agar qo‗shimcha ko‗rsatkichlar bo‗yicha kamchiliklar bo‗lsa,
uning
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
moliyaviy ahvoli nobarqaror deb topilishi va uni yaxshilash uchun choralar
ko‗rishni talab qilish, kredit bo‗yicha
garovni mustahkamlash, foiz stavkalarin
oshirishi, ssudaning summasini va muddatini cheklash choralarini ko‗rish mumkin.
Bank uchun 3-sinfga mansub korxonalarni kreditlash jiddiy risklar bilan
bog‗liqdir. SHuning uchun ular kamdan kam holatlarda
va yuqori turadigan
korxonalar kafolati hamda mulkni garovga qo‗ygan holatda eng yuqori foizlarda
kreditlanadilar.
Agarda tahlil bo‗yicha mijozning moliyaviy holatida qoplash koeffitsienti
0,5dan (k
k
<0,5) kichik bo‗lsa, likvid mablag‗lari juda kam bo‗lsa yoki umuman
mavjud bo‗lmasa va uning o‗z mablag‗lari miqdori ham kam bo‗lsa, u nolikvid
balansga ega bo‗lgan, moliyaviy holati nochor korxona deb qaraladi va uni 4-
sinfga kiritish mumkin va bunday korxonlarga odatda umuman kredit ajratilmaydi.
Mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashning
muhim bir xususiyati
shundaki, yuqorida ko‗rsatilgan ko‗rsatkichlar korxonaning kreditga layoqatliligini
baholashning yakuniy ko‗rsatkichlari hisoblanmaydi. Mijozlar faoliyati va ularning
moliyaviy ahvolini yanada chuqurroq ko‗rib chiqishda, hamda kreditga
layoqatliligining asosiy ko‗rsatkichlari bo‗yicha mijoz turli
xil sinflarga taalluqli
bo‗lib chiqsa, u holda moliyaviy ahvoli haqida tug‗ri xulosaga kelish uchun
kreditga layoqatlilik darajasini baholashning qo‗shimcha ko‗rsatkichlarini tahlil
qilish lozim bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: