Birinchi guruh likvid mablag‗larga
:
1.
pul mablag‗lari (balansning 170-qatori), jumladan hisob-kitob varag‗i;
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
2.
valyuta hisob varag‗idagi (180 - q),
3.
boshqa hisob varaqlardagi va kassadagi pul mablag‗lari (190 - q) kiradi;
Ikkinchi guruh likvid mablag‗lari
ga tez pulga aylanadigan talablar(bu
talablarningmuddati odadta 3 oydan oshmasligi lozim):
- ishonchli debitorlar va ko‗rsatilgan xizmatlar bo‗yicha hisob-kitoblar
(200-220 - q);
- muddati 3 oygacha bo‗lgan avans to‗lovlar (230 - q);
- byudjet bilan hisob-kitoblar (240 - q);
- korxonalar bilan qisqa muddatli xarakterga ega bo‗lgan boshqa
operatsiyalar (260-270 - q) ;
- ishchi- xizmatchilar bilan hisoblashishlar (250- q);
4.
ta‘sischilar hamda boshqa debitorlar bilan hisob-kitoblar (280-290 - q);
Ikkinchi guruh likvid mablag‗larning aksariyat qismini yaqin 3 oy ichida
to‗lanish lozim bo‗lgan debitorlar tashkil qiladi. SHuning uchun kredit
berishda bu likvid aktivlarning haqiqatta 3 oy ichida pulga aylanish
ehtimolini chuqur tahlil qilish lozim.
1.
3 oy da to‗lanishi lozim bo‗lgan veksellar;
2.
xorijiy korxonalar bilan hisob-kitoblar;
Uchinchi guruh likvid mablag‗lari
ga tez sotiladigan tovar moddiy
qimmatliklarining zahiralari bo‗yicha talablari kiradi:
- ishlab - chiqarish zahiralari va kelgusi davr harajatlari (120 - q);
- tugallanmagan ishlab-chiqarish (130 - q);
- tayyor maxsulot (140 - q);
- tovarlar (150 - q);
- boshqa zahiralar va harajatlar kiradi.
Qisqa muddatli majburiyatlarni aniqlashda:
a) o‗zgartirishlar kiritmasdan quyidagi ko‗rsatkichlar olinadi:
- qisqa muddatli qarzlar (420 - q);
- qisqa muddatli kreditlar (430- q);
- buyurtmachilardan tushgan avanslar (440 - q);
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
Kreditorlar:
- mol etkazib beruvchilar oldidagi qarzlar (450 - q);
- byudjetga qarzlar (460 - q);
- ish haqi bo‗yicha qarzlar (470 - q);
- ijtimoiy sug‗urta va ta‘minot bo‗yicha qarz (480 - q);
- mulk va shaxsiy sug‗urtalash bo‗yicha qarz (490 - q);
- byudjetdan tashqari to‗lovlar bo‗yicha qarz (500 - q);
- sho‗‗ba korxonalar bo‗yicha qarzlar (510 - q);
- uyushma korxonalar bo‗yicha qarzlar (520 - q);
- boshqa kreditorlar (530 - q);
b) o‗zgartirishlar kiritilib quyidagi ko‗rsatkichlar olinadi (yaqin uch oy
muddatga):
- uzoq muddatli qarzlar (400 - q);
- uzoq muddatli kreditlar (410 - q);
YUqoridagilardan kelib chiqqan holda pul mablag‗lari =170+180+190
balans qatorlari.
Tez sotiladigan talablar =200+220+230+240+250+260+270+ +280+290
balans qatorlari.
Tez sotiladigan zaxiralar =120+140+150 balans qatorlari.
Qisqa muddatli majburiyatlar = 420+430+440+450+460+470+
480+490+500+510+530+(400+410 o‗zgartirishlar bilan) balans qatorlari.
Uchinchi guruh likvid mablaglarini tahlil qilganda, tovar – moddiy
boyliklarning haqiqatta ishlab chiqarish uchun zarurligia e‘tibor berish
lozim.Kreditga layoqatlilik ko‗rsatkichlarini hisobga olganda aylanma aktivlar
tarkibiga :
5.
Korxona omborida turib qolgan, ishlab chiqarish uchun zrur bo‗lmagan
tovar moddiy boyliklar ;
6.
Ishlab chiqarishdan olib tashlangan tovarlar;
7.
Talab bo‗lmagan ,sifatsiz tovar-boyliklar,
8.
O‗iyin sotiladigan tovarlar va boshqalar qo‗shilmasligi kerak.
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
Agar mijozning likvid aktivlari uning qisqa muddatli majburiyatlaridan ikki
barobar va undan ortiq, bo‗lsa, mijoz moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi.
Mijoz balansi va boshqa moliyaviy hujjatlarga asosan kreditga loyoqatlilik
ko‗rsatkichlari aniqlanadi.
Likvidlilik koeffitsienti (Kl) quyidagicha hisoblanadi:
1,2 va 3 guruh likvid mablag‗lar
Kl = –––––––––––––––––––––––––––––––
qisqa muddatli qarz majburiyatlari
Qoplash koeffitsienti (Qp)ni hisoblashda barcha likvid mablag‗larning qisqa
muddatli majburiyatlarga nisbati olinadi. O‗oplash koefitsienti likvidli aktivlar
qanchalik darajada qisqa muddatli majburiyatlarni qoplay olishi mumkinligini
ifodalaydi. Agar korxonaning likvid aktivlari uning qisqa muddatli majburiyatlarini
2 va undan ortiq barobar qoplasa, sub‘ektning moliyaviy ahvoli shunchalik
barqaror hisoblanadi. Ba‘zi hollarda ho‗jalik sub‘ektlari faoliyatida ehtiyojdan yoki
normativdan ortiqcha tovar moddiy boyliklar ( ayniqsa mavsumiy korxonanalarda)
zahiralarining yuzaga kelishi yaxshi ishlaydigan korxonalarda ham qoplash
koefitsentining past bo‗lishiga olib kelishi mumkin. Lekin qoplash koefitsenti 1dan
kam bo‗lmasligi lozim. O‗oplash koefitsentining 1 ga tengligi likvid aktivlar
kreditlar va zayomlar hisobidan tashkil qilinganligi va likvid aktivlarni tashkil
qilishda korxonaning o‗z mablag‗lari ishtirok qilmaganligini ko‗rsatadi. O‗achonki
qoplash koefitsenti 1dan kichik bo‗lsa, xo‗jalik sub‘ektining moliyaviy ahvolida
muammolar borligi, uning barqaror emasligi to‗g‗risida xulosa qilish mumkin,
chunki korxona o‗z majburiyatlarini qoplay ololmaydi.
1 va 2-guruh likvid mablag‗lari
Kl= ––––––––––––––––––––––––––––––––
qisqa muddatli qarz majburiyatlari
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
Qoplash koeffitsienti mijozning qisqa muddatli majburiyatlarini to‗lash uchun
barcha turdagi aylanma mablag‗larning etarli darajasini aniqlashga imkon beradi.
Likvidlilik koeffitsienti qarz oluvchi o‗z mablag‗lari hisobidan qarzning
qancha qismini to‗lay olish qobiliyatini ko‗rsatadi, ya‘ni bu koeffitsientdan
mijozning yaqin kelajakda operativ ravishda bankga qarz to‗lab berish qobiliyatini
prognozlash uchun foydalaniladi. Likvidlilik koeffitsienti qancha yuqori bo‗lsa,
kreditga layoqatlilik shuncha yuqori bo‗ladi.
Korxonaning o‗z mablag‗lari bilan ta‘minlanganligi muxtoriylik koeffitsienti
umumiy korxona balansi passivining qancha kismi korxonaning o‗z manbalaridan
tashkil topganligini baholaydi va qarz mablag‗lari ichidagi korxona mustaqilligini
aks ettiradi.
Moliyaviy mustaqillik yoki muxtorlik koeffitsienti (Km) mijozning o‗z
mablag‗larining barcha mablag‗lar manbalari ichida tutgan salmog‗ini, ya‘ni
korxona faoliyatining qancha qismi o‗z kapitali hisobidan moliyalashtirilishini
ko‗rsatadi va quyidagi formula orqali aniqlanadi
O‗z mablag‗lari manbalari
Km= –––––––––––––––––––––––– *100
balans summasi
Bank uchun kreditga layoqatlilik ko‗rsatkichlari kredit shartnomasi
tuzilayotganda risk darajasini aniqlash nuqtai nazaridan muhimdir. O‗z mablag‗lari
manbalari va uning hajmi qanchalik katta bo‗lsa, mijozning o‗z vaqtida qarz
majburiyatlarini to‗lash qobiliyati shuncha yuqori bo‗ladi. Korxonani kreditlash
uchun uning o‗z mablag‗lari manbalari bilan ta‘minlanganligi 30 foizdan kam
bo‗lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |