3.7.
Sinfsiz IP-adreslash
Bu usulda IP-adres hech qanday sinfga biriktirilmagan, tarmoq maskasi ham
sinfdagi tarmoq maskasiga bog‘liq emas. Tarmoq maskasidagi 1 va 0 razryadlar
chegarasi ixtiyoriy bo‘ldi. Masalan yuqoridagi 500 ta kompyuter uchun B sinfdagi
255.255.0.0 tarmoq maskasi o‘rniga 255.255.254.0 tarmoq maskasini ishlatish
mumkin bo‘ldi. Bunday tarmoq maskali tarmoqda xostlar soni 510 tagacha bo‘lishi
mumkin.
3.8.
IP protokoli
Internet Protocol (IP) – bu TCP/IP stekining tarmoq pog‘onasi protokoli.
Aynan IP lokal kompyuter tarmoqlarini butun dunyo bo‘ylab Internetga
birlashtirgan protokolga aylandi. Protokolning ajralmas qismi IP-adresdir.
IP lokal tarmoqlarni bitta tarmoqqa birlashtiradi, turli tarmoq uzellari o‘rtasida
maʼlumotlar paketlarini ixtiyoriy sondagi oraliq uzellar (marshrutizator) orqali
almashish taʼminlaydi. IP-adres paketni manzilga ishonchli yеtkazib berishni
kafolatlamaydi, xususan, paketlar yuborilgan tartibda kelmasligi mumkin,
takrorlanishi mumkin, buzilgan (odatda buzilgan paketlar yo‘q qilinadi), yoki
umuman kelmasligi mumkin. Yuqori pog‘onadagi protokollar, masalan TCP,
paketlarni ishonchli yеtkazib berishni kafolatlaydi.
IP protokolining 2 avlodi mavjud:
1.
IPv4 (Internet protokolining 4-avlodi)
2.
IPv6 (Internet protokolining 6-avlodi)
42
3.8.1. IPv4 protokoli
IPv4 protokoli o‘tgan asrning 70-yillarida ishlab chiqilgan. 2^32 ta adreslarini
taqdim eta olish imkoniga ega bo‘lgan bu protokol bir qancha kamchiliklarga ega.
Eng asosiysi, adreslar soni barcha ehtiyojlarni qondirish uchun kamlik qiladi.
Bundan tashqari, xavfsizlik masalalari ushbu protokolda ko‘rib chiqilmagan.
3.8.2. IPv6 protokoli
Deyarli barcha tarmoqlarning tuzilishi IPv4-ga asoslangan, ammo ushbu
protokol taqdim etayotgan adreslar soni hozirgi ehtiyojlarni qondira olmaydi.
Internet tarmog‘i shu darajada rivojlanmoqdaki, u taqdim etayotgan xizmat turlari
ham ko‘payib bormoqda. Kompyuterlar, serverlar, smartfonlar, tarmoq printeri,
kameralar, internet buyumlari va boshqa shu kabi uzellarni adreslash uchun IPv6-ni
qo‘llash zarurati paydo bo‘ldi.
IPv6 da adres uzunligi 128 bitgacha kengaytirilgan, bu esa adreslanadigan
xostlar sonini oshirish imkonini beradi.
IPv6 8 ta 4 xonali 16-lik sanoq tizimidagi sonlar guruhini “:” bilan ajratgan
holda yoziladi. Masalan: 2001:0db8:85a3:0000:0000:8a2e:0370:7334.
IPv6 qisqa ko‘rinishda yozilishi mumkin. Bu uchun agar bir nechta sonlar guruhi
0000 ga teng bo‘lsa, unda ularning o‘rniga “::” yoziladi hamda sonlar guruhi oldida
0 lar bo‘lsa, ularni yozmaslik mumkin. Masalan:
2001:0db8:85a3:0000:0000:0a2e:0000:7334
2001:db8:85a3:0:0:a2e:0:7334
2001:0db8:0000:0000:0000:0000:12a3:7334
2001:0db8::12a3:7334
2001:0db8:0000:0000:0000:0000:0000:0000
2001:0db8::
0000:0000:0000:0000:0000:0000:0000:0001
::1
::1 IPv6 adresi IPv4-dagi 127.0.0.1 adresning analogi.
IPv4 kabi IPv6 adreslar ham 2 qismdan tashkil topgan: tarmoq identifikatori
va xost identifikatori. Qismlarga ajratish uchun maska ishlatilmaydi, uning o‘rniga
prefiksli notasiya ishlatiladi. IPv6 adresni qismlarga ajratish 3.3-jadvalda keltirilgan.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |