Nazorat uchun savollar: 1.
Kapital migratsiyasining asosiy sabablarini tavsiflab bering.
2.
Kapital migratsiyasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni ko’rsating.
3.
Xalqaro kapital bozorlarida ro’y berayotgan o’zgarishlarni xarakterlab bering.
4.
Transmilliy korporatsiyalarni tavsiflab bering.
5.
TMKlarni jahon bozorlariga kirib borish usullarini ochib bering.
6-mavzu. Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rni § 6.1. Erkin iqtisodiy xududlarning mohiyati va ko’rinishlari Erkin iqtisodiy xudud xaqida tushuncha birinchi marta 1973 yil 18 maydagi Kioto konvetsiyasida
berilgan. Unga ko’ra erkin iqtisodiy xudud deb – mamlakatning bir qismini ya’ni tovarlar importi va
eksportini, bojxona va soliq cheklovlarisiz olib kirish mumkin bo’lgan xududga aytiladi. O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 5 – sessiyasida qabul qilingan “erkin iqtisodiy xudud to’g’risida”gi
qonunning 1 – moddasida esa quydagicha tarif berilgan: - “Erkin iqtisodiy xududlar deb – mintaqani jadal
ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish uchun ichki va tashqi kapitalni, istiqbolli texnologiyalar va boshqaruvga
oid tajribalarni jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida
xuquqiy tartiboti bo’lgan maxsus ajratilgan xududga aytiladi”.
Umuman olganda erkin iqtisodiy xududlarning 30 ga yaqin turi bo’ladi. Ulardan keng tarqalganlari:
erkin savdo xududlar, erkin bojxona, erkin ishlab chiqarish, erkin ilmiy – texnik xududlardir. Bularning
xar biri erkin iqtisodiy xudud toifasiga kirgani bilan o’z funktsiyasiga ko’ra bir biridan farq qiladi.
2
§ 6.2. Erkin iqtisodiy xududlarni yaratishda jahon tajribalari Xozirgi kunda dunyoda 400 tadan 2000 tagacha erkin iqtisodiy xudud mavjud deb hisoblanadi.
Birinchi erkin iqtisodiy xududlar AQSHda 1934 yili erkin savdo xududi ko’rinishida tashkil etilgan.
Buyuk Britaniya qo’shma qirolligi – xududida tashkil etilgan kompaniyalar faoliyati va soliq tizimi
xalqaro maydonda takomillashgan sistemalardan biri bo’lib, bu qonun qoidalar ayniqsa offshor
zonalarning roivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonun 1965 yilda Moliyaviy qonun
(Finance act) asosida qabul qilingan bo’lib, Buyuk Britaniya iqtisodiyotida faoliyat ko’rsatuvchi barcha
kompaniyalar uchun amal qiladi.
Beliz mamlakatining janubiy qismi xisoblanmish Korsol rayonida 1994 yilda erkin savdo zonasi
tashkil etildi. Mazkur savdo zonasining asosiy maqsadi quydagilardan iborat bo’lib hisoblanadi:
birinchidan: chet ellik diplomatlarga ulgurji va chakana savdo xizmatlarini tashkil etish;
ikkinchidan: chet elga safarga ketayotgan ssudnolarga tovarrlarni sotish yoki ayriboshlash;
uchichidan: bojxona xizmatlarining nazorati asosida tovarlarni suvda, quruqlikda va xavo liniyalari
orqali eksport qilishni tashkil etish;
to’rtinchidan: ulgurji tovarlarni bojxona xizmatlarining xududida saqlab berish va olib kirishni
amalga oshirish;
beshinchidan: tovar mahsulotlarini bir tadbirkordan olib ikkinchi tadbirkorga sotish ya’ni
vositachilik funktsiyalarini bajarish.
Xozirgi kunda eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlardan biri bo’lmish - Xitoy Xalq Respublikasi
iqtisodiyoti ham asosan erkin iqtisodiy xududlarda amalga oshirilgan islohatlar tufayli yuzaga kelgan va
aynan Xitoy Xalq Respublikasi xozirgi kunda erkin savdo xududlarini tashkil etishda eng yaxshi
natijalarga erishgan mamlakat hisoblanadi.