1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
«JAHON IQTISODIYOTI VA
XALQARO IQTISODIY
MUNOSABATLAR»
O’QUV FANIDAN
O’QUV - USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi:
100000
– Gumanitar soha
Ta’lim sohasi:
110000
– Pedagogika
Ta’lim yo’nalishi:
5111017
-Kasb ta’limi (Iqtisodiyot)
Bilim sohasi:
200000
– Ijtimoiy soha, iqtisod va
huquq
Ta’lim sohasi:
230000
– Iqtisod
Ta’lim yo’nalishi:
5230100
-Iqtisodiyot
Bilim sohasi:
200000
– Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi:
230000
– Iqtisod
Ta’lim yo’nalishi:
5230200
-Menejment
Farg’ona – 2020
5
KIRISH
Respublikamiz Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodchi mutaxassislarini
tayyorlaydigan barcha fakulьtetlarida fundamental iqtisodiy fanlardan biri hisoblangan “Jahon iqtisodiyoti
va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanini o’qitishning ahamiyati kattadir.
Xo’sh,
fanning maqsadi va vazifalari, uning o’quv jarayonida tutgan o’rni nimadan iborat.
Ma’lumki, jahonda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lgan 290 dan ortiq davlatlar mavjud bo’lib,
bu davlatlar o’z iqtisodiyotini va xalqaro iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishlari bilan uch guruhga
(rivojlangan, rivojlanayotgan, past rivojlangan davlatlarga) bo’linadi. Ular o’zlarining bir necha asrlar
davomidagi iqtisodiy rivojlanishida
turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy bosqichlarni bosib
o’tganlar.
Kishilik jamiyatida sinfiy jamiyatning vujudga kelishi (bu jarayon turli davlatlarda turli davrlarda
ro’y bergan) bilan bog’liq holda, bozor munosabatlari ham turlicha shakllanib bordi. Bozor munosabatlari
dastlab XVII- XIX asrlarda G’arbiy Yevropaning bir qator davlatlarida (Gollandiya, Angliya, Frantsiya,
Germaniya, AQSH) tez rivojlanib borgan bo’lsa, ushbu mamlakatlar tomonidan mustamlaka qilingan
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari (Hindiston, Turkiya, arab davlatlari, Meksika va boshqalar)
iqtisodiyoti esa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan nihoyatda tushkunlikka tushib qolgan edi.
SHunday qilib, bozor munosabatlari bu davrda jahonning deyarli barcha davlatlarida hukmron bo’lgani
bilan uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy oqibatlari turlicha bo’lgan edi.
Ma’lumki, iqtisodiy rivojlanish jahonning barcha davlatlari uchun
umumiy tabiiy qonuniyatlari
asosida boradi, ya’ni, aytmoqchimizki bozor munosabatlarining alohida ajratib olingan ko’rinishi yoki
milliy libosi yo’q, ammo rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlari, yo’llari mavjud bo’lib, ular jahonning u
yoki bu mamlakatlarini jug’rofiy o’rni, tabiiy sharoiti, iqlimi, tabiiy resurslari, aholisi, iqtisodiy
rivojlanish darajasi va munosabatlarining ko’pgina boshqa sabablariga ko’ra turlicha bo’ladi.
SHuning
uchun ham jahondagi ba’zi bir davlatlar yuqori darajada, ayrimlari o’rtacha va past (qoloq) rivojlangan
bo’ladi. Bu davlatlarning (ayniqsa, AQSH, Angliya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Gollandiya)
iqtisodiy yutuqlarini
atroflicha tahlil etish, ularning iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanish
yo’llaridan o’rnak olish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi. “O’zbekiston
jahondagi yirik,
xalqaro maydonda yetakchi o’rin tutadigan davlatlar - AQSH, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya,
Frantsiya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va
mustahkamkamlashga alohida e’tibor beradi”
1
- degan edi O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov.
Xullas, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Universitet va institutlarini iqtisodiy
yo’nalishidagi barcha fakulьtetlarida “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanini
o’qitish muhim ahamiyatga molikdir. CHunki, O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga
kiritganidan so’ng jahonning ko’plab (160 dan ortiq) mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy,
siyosiy-
diplomatik va madaniy hamkorlik qilmoqda. SHu sababli jahon mamlakatlari bilan xalqaro iqtisodiy
munosabatlarni to’g’ri olib borishi uchun ham boshqa bir qator davlatlarning (ayniqsa, rivojlangan
yetakchi davlatlar bilan bir qatorda rivojlanayotgan davlatlarni ham) iqtisodiy rivojlanish yo’llarini
(modellarini) keng, har tomonlama o’rganishi va xulosalar chiqarish zarur hisoblanadi. O’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining XIII sessiyasida Respublika Prezidenti I.A. Karimov, - “Bizning o’z
istiqlol va taraqqiyot yo’limiz respublikaning o’ziga xos turmush tarzini,
shart-sharoitlarini va
xususiyatlarini, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama hisobga olishga asoslangan. Ayni paytda
jahon mamlakatlari amaliyoti to’plagan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar qatoriga o’tgan
mamlakatlar orttirgan ijobiy tajribalarni ham hisobga oladi”, - deb ko’rsatgan edi.