«jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar»



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/143
Sana05.06.2022
Hajmi1,55 Mb.
#638664
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   143
Bog'liq
«jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar»

 
 Nazorat uchun savollar: 
1.
Erkin iqtisodiy hudud deganda nimani tushunasiz?
2.
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishdan maqsad nima? 
3.
Qaysi mamlakatlarning EIH tashkil etish bo’yicha tajribalarini bilasiz va ularning xususiyatlari? 
4.
Offshor hududlarning savdo hududlaridan farqi nimada? 
5.
Navoiydagi EIIZning istiqbolini qanday baholaysiz?
 
 
7-mavzu. Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlar 
 
§ 7.1. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi 
Jahon iqtisodiyotida xalqaro valyuta munosabatlari pulning jahon puli funktsiyasi bilan 
bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiladi. Pul jahon puli sifatida tashqi savdo va 
xizmatlar, kapital migratsiyasi, foydaning investitsiyalarga ko’chishi, zayom va subsidiyalar berish, 
ilmiy-texnik almashuv, turizm, davlat va xususiy pul ko’chirishlariga xizmat qila boshladi. 
Xalqaro valyuta tizimi (XVT) jahon xo’jaligi doirasida valyuta munosabatlarini tashkil qilishning 


20 
shaklidir. U jahon kapitalistik xo’jaligi evolyutsiyasi natijasida paydo bo’lib, huquqiy jihatdan 
davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtirilgan. Xalqaro valyuta tizimining asosiy elementlari 
quyidagilardan iboratdir: 
- valyuta birliklarining milliy va kollektiv zahiralari; 
- xalqaro likvidli aktivlarning tarkibi va strukturasi; 
- valyuta paritetlari va kurslari mexanizmi; 
- valyutalarning o’zaro almashuv shartlari; 
- xalqaro hisob-kitob shakllari; 
- xalqaro valyuta bozori va jahon oltin bozori rejimi; 
- valyuta-moliya tashkilotlarini (XVF, XTTB va boshqalar) tartibga soluvchi davlatlararo valyuta-
kredit tashkilotlarining maqomi. 
 
§ 7.2. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari 
Jahon iqtisodiyotida xalqaro valyuta tizimi dinamik rivojlanib boruvchi tizimdir. U evolyutsion 
rivojlanish bosqichlarda doimo o’zgaradi va rivojlandi. O’zining evolyutsion rivojlanishida Xalqaro 
valyuta tizimi to’rtta xalqaro valyuta tizimlarini o’zida namoyon qiluvchi to’rt bosqichni bosib o’tgan. 
Xalqaro valyuta tizimida oltin standart deb ataluvchi birinchi tizim stixiyali ravishda XIX asr 
oxirida vujudga keldi.
Ikkinchi tizim - oltin-deviz standarti Genuya konferentsiyasi (1922 y.) qarorlari natijasida vujudga 
keldi. Keyinchalik u ko’pchilik kapitalistik davlatlar tomonidan tan olindi. Bunda banknotalar oltin 
emas, balki keyinchalik oltinga almashtirilishi mumkin bo’lgan boshqa davlatlar deviziga (banknota, 
vekselь, cheklar) almashtirilgan.
1944 yilda bo’lib o’tgan Bretton-Vuds (AQSH) xalqaro konferentsiyasida bu tizim huquqiy 
maqomni oldi.
Bretton-Vuds kelishuvi xalqaro valyuta tizimining rivojlanishini eng muhim bosqichi hisoblanadi. 
Birinchi marta xalqaro valyuta tizimi hukumatlararo kelishuvlarga asoslana boshladi. Oltin-dollar 
standarti tizimini mustahkamlagan Bretton-Vuds tizimi xalqaro savdo oborotining kengayishda, 
sanoati rivojlangan davlatlar ishlab chiqarishining o’sishida ham muhim rol o’ynadi. 
1976 yilda Kingstonda (Yamayka) bo’lib o’tgan XVFning navbatdagi majlisida dunyoda xalqaro 
valyuta tizimining asoslari aniqlandi.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish