Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель
119
O’ZGARUVCHAN TOK ZANJIRLARIDA REZONANS HODISASINI
O’RGANISH
Nurillayev B. TDPU dotsenti,
Primkulova SH. TDPU 4-kurs talabasi.
Elektrotexnika va radiotexnikada induktiv g’altak va kondensatordan tashkil
topgan elektr zanjirlaridan keng foydalaniladi. Bunday zanjirlarni tebranish konturi
deb ataladi. O’zgaruvchan tok manbai tebranish konturiga ikki usulda, ya’ni ketma-
ket va parallel ko’rinishlarda ulanishi mumkin.
Tebranish konturi va o'zgaruvchan tok manbaining ketma-ket ulanishi holatini
qarab chiqamiz. Ma’lumki, bunday zanjirlarning o'zgaruvchan tokka ko’rsatadigan
to’la qarshiligi aktiv va reaktiv qarshiliklardan iborat bo’ladi. Aktiv
qarshilik (
R)
amalda tok chastotasining ozgarishiga bog’liq bo’lmaydi. Induktiv va
sig’im qarshiliklar esa chastotaning o’zgarishiga kuchli bog’lanadi.
Induktiv
qarshilik
(ωL)
tok chastotasining ortishiga proporsional ravishda ortib boradi. Sig’im
qarshilik (
1/ωC)
esa tok chastotasining ortishiga teskari proporsional ravishda
kamayib boradi. Bundan ko’rinadiki, tebranish konturining to’la qarshiligi ham
chastotaga bog’liq ekan, ya’ni turli chastotalarda to’la
qarshilikning qiymatlari
turlicha bo’ladi
1
.
Agar biz chastotaning kichik qiymatlarida tebranish konturining to’la
qarshiligini o’lchasak, uning qiymati juda katta bo’lishini kuzatishimiz mumkin.
CHastotani sekinlik bilan oshirib borilsa, qarshilikning ma’lum qiymatgacha
kamayib borib, so’ngra yana orta boshlashini kuzatish mumkin. Buni quyidagicha
tushuntirish mumkin, kichik chastotalarda kondensator katta qarshilikka ega bo’ladi,
chastota ortib borishi bilan induktiv qarshilik ham ortib o’z ta’sirini o’tkaza
boshlaydi
2
. CHastotaning ma’lum bir qiymatida induktiv qarshilik bilan sig’im
1
http://www.sxemotehnika.ru/rezonans-napriazhenii-v-posledovatelnom-kolebatelnom-konture.html
2
B.Nurillayev. Fizika o‘qitish jarayonida o‘zgaruvchan tok zanjirlarining to‘la qarshiligini hisoblash metodikasi.
Maqola. Pedagogika.
2015.
№2. 53-60 бетлар.
Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель
120
qarshilik
tenglashadi, natijada ular bir-birlarini kompensatsiyalaydi va zanjirdagi
reaktiv qarshilik nolga teng bo’lib qoladi. Ushbu holatni ketma-ket ulangan zanjirda
rezonans (kuchlanishlar rezonansi) holati deb ataladi. Kuchlanishlar rezonansi deb
atalishiga sabab, zanjirning reaktiv qismlarida kuchlanishlarning ortib ketishidir.
Rezonans paytida zanjirning to’la qarshiligi eng kichik bo’lib, aktiv
qarshilikdangina iborat bo’ladi. Qizig’i
shundaki, bu hodisani zanjirga ulangan
R, L, C kattaliklarning qiymatlari qancha bo’lishidan qat’iy nazar kuzatish mumkin.
O‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf Fizika darsligida “O‘zgaruvchan tok
zanjirida rezonans hodisasini o‘rganish” laboratoriya ishi mavzusi berilgan.
Mavzuda keltirilgan kerakli asboblarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ular
o‘zgaruvchan tok (tovush) generatori (TG), ferromagnit o‘zakka ega bo‘lgan
induktiv g‘altak (L = 1 H), sig‘imi 10 μF gacha o‘zgaradigan kondensatorlar
batareyasi, ikkita multimetr, qarshiliklar to‘plami, uzib-ulagich va ulovchi simlardan
iborat
3
. Ko’pgina maktablarda bunday asboblar to’plamini yig’ish imkoniyati yo’q.
Ayniqsa, o‘zgaruvchan tok (tovush) generatori (TG)ni topish juda ko’p joylarda
muammo hisoblanadi. Vaziyatdan chiqish uchun rezonans hodisasini o’zgarmas
chastotada ham kuzatish mumkin. Bu holda o‘zgaruvchan tok (tovush) generatori
(TG) ga ehtiyoj bo’lmaydi. Buning o’rniga chiqish kuchlanishi 36-42 V
4
bo’lgan
o’zgaruvchan tok (50 Hz) pasaytiruvchi transformatoridan
foydalanish maqsadga
muvofiq. Bunday holda chastotaning o’rniga sig’imni yoki induktivlikni o’zgartirib
borish mumkin. Sig’im qarshilik o’zgarmas chastotada kondensator sig’imining
o’zgarishi hisobiga, induktiv qarshilik esa g’altakning induktivligini o’zgartirish
hisobiga o’zgartiriladi. Bir eksperimentda har ikkala qarshiliklarni bir vaqtda
o’zgartirish
maqsadga muvofiq emas, ya’ni yo sig’imni yoki induktivlikni
o’zgartirib borish lozim. Aktiv qarshilik sifatida induktiv g’altakning o’zidagi aktiv
qarshilik yetarli bo’ladi. Tajribani qanday tartibda o’tkazishdan qat’iy nazar bir
3
Fizika 11. Darslik. Toshkent – “Niso poligrafˮ – 2018. 65-бет.
4
Eksperimentator imkoniyatga qarab boshqa kuchlanishni ham tanlashi mumkin!
Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель
121
xildagi maqsadlarga erishish mumkin. Rezonans hodisasini kuzatish natijasida kelib
chiqadigan umumiy xulosalar quyidagilardan iborat bo’ladi:
1)
zanjirning to’la qarshiligi Z R, L, C kattaliklarning mumkin bo’lgan
barcha qiymatlarida eng kichik bo’ladi;
2)
berilgan kirish kuchlanishida zanjirdagi tok kuchi eng katta bo’ladi;
3)
kondensator va induktiv g’altakdagi kuchlanish
tushuvlari qiymat
jihatidan teng (UC=UL) va qarama qarshi fazada bo’ladi;
4)
aktiv qarshilikdagi kuchlanish tushuvi tok manbaidan berilayotgan
kuchlanishga teng bo’ladi (UR=U).
5)
kondensatordagi va induktiv g’altakdagi kuchlanishlar oshib ketadi va
tashqi kuchlanishga nisbatan ancha katta bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: