Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/139
Sana04.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#634812
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   139
 
 


Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель 
119 
O’ZGARUVCHAN TOK ZANJIRLARIDA REZONANS HODISASINI 
O’RGANISH 
Nurillayev B. TDPU dotsenti, 
Primkulova SH. TDPU 4-kurs talabasi. 
Elektrotexnika va radiotexnikada induktiv g’altak va kondensatordan tashkil 
topgan elektr zanjirlaridan keng foydalaniladi. Bunday zanjirlarni tebranish konturi 
deb ataladi. O’zgaruvchan tok manbai tebranish konturiga ikki usulda, ya’ni ketma-
ket va parallel ko’rinishlarda ulanishi mumkin. 
Tebranish konturi va o'zgaruvchan tok manbaining ketma-ket ulanishi holatini 
qarab chiqamiz. Ma’lumki, bunday zanjirlarning o'zgaruvchan tokka ko’rsatadigan 
to’la qarshiligi aktiv va reaktiv qarshiliklardan iborat bo’ladi. Aktiv 
qarshilik (
R)
amalda tok chastotasining ozgarishiga bog’liq bo’lmaydi. Induktiv va 
sig’im qarshiliklar esa chastotaning o’zgarishiga kuchli bog’lanadi. Induktiv 
qarshilik
 (ωL)
tok chastotasining ortishiga proporsional ravishda ortib boradi. Sig’im 
qarshilik (
1/ωC)
esa tok chastotasining ortishiga teskari proporsional ravishda 
kamayib boradi. Bundan ko’rinadiki, tebranish konturining to’la qarshiligi ham 
chastotaga bog’liq ekan, ya’ni turli chastotalarda to’la qarshilikning qiymatlari 
turlicha bo’ladi
1

Agar biz chastotaning kichik qiymatlarida tebranish konturining to’la 
qarshiligini o’lchasak, uning qiymati juda katta bo’lishini kuzatishimiz mumkin. 
CHastotani sekinlik bilan oshirib borilsa, qarshilikning ma’lum qiymatgacha 
kamayib borib, so’ngra yana orta boshlashini kuzatish mumkin. Buni quyidagicha 
tushuntirish mumkin, kichik chastotalarda kondensator katta qarshilikka ega bo’ladi, 
chastota ortib borishi bilan induktiv qarshilik ham ortib o’z ta’sirini o’tkaza 
boshlaydi
2
. CHastotaning ma’lum bir qiymatida induktiv qarshilik bilan sig’im 
1
 http://www.sxemotehnika.ru/rezonans-napriazhenii-v-posledovatelnom-kolebatelnom-konture.html 
2
B.Nurillayev. Fizika o‘qitish jarayonida o‘zgaruvchan tok zanjirlarining to‘la qarshiligini hisoblash metodikasi.
 
Maqola. Pedagogika. 

2015. 

№2. 53-60 бетлар. 


Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель 
120 
qarshilik tenglashadi, natijada ular bir-birlarini kompensatsiyalaydi va zanjirdagi 
reaktiv qarshilik nolga teng bo’lib qoladi. Ushbu holatni ketma-ket ulangan zanjirda 
rezonans (kuchlanishlar rezonansi) holati deb ataladi. Kuchlanishlar rezonansi deb 
atalishiga sabab, zanjirning reaktiv qismlarida kuchlanishlarning ortib ketishidir. 
Rezonans paytida zanjirning to’la qarshiligi eng kichik bo’lib, aktiv 
qarshilikdangina iborat bo’ladi. Qizig’i shundaki, bu hodisani zanjirga ulangan 
R, L, C kattaliklarning qiymatlari qancha bo’lishidan qat’iy nazar kuzatish mumkin.
O‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf Fizika darsligida “O‘zgaruvchan tok
zanjirida rezonans hodisasini o‘rganish” laboratoriya ishi mavzusi berilgan. 
Mavzuda keltirilgan kerakli asboblarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ular 
o‘zgaruvchan tok (tovush) generatori (TG), ferromagnit o‘zakka ega bo‘lgan 
induktiv g‘altak (L = 1 H), sig‘imi 10 μF gacha o‘zgaradigan kondensatorlar 
batareyasi, ikkita multimetr, qarshiliklar to‘plami, uzib-ulagich va ulovchi simlardan 
iborat
3
. Ko’pgina maktablarda bunday asboblar to’plamini yig’ish imkoniyati yo’q. 
Ayniqsa, o‘zgaruvchan tok (tovush) generatori (TG)ni topish juda ko’p joylarda 
muammo hisoblanadi. Vaziyatdan chiqish uchun rezonans hodisasini o’zgarmas 
chastotada ham kuzatish mumkin. Bu holda o‘zgaruvchan tok (tovush) generatori 
(TG) ga ehtiyoj bo’lmaydi. Buning o’rniga chiqish kuchlanishi 36-42 V
4
bo’lgan 
o’zgaruvchan tok (50 Hz) pasaytiruvchi transformatoridan foydalanish maqsadga 
muvofiq. Bunday holda chastotaning o’rniga sig’imni yoki induktivlikni o’zgartirib 
borish mumkin. Sig’im qarshilik o’zgarmas chastotada kondensator sig’imining 
o’zgarishi hisobiga, induktiv qarshilik esa g’altakning induktivligini o’zgartirish 
hisobiga o’zgartiriladi. Bir eksperimentda har ikkala qarshiliklarni bir vaqtda 
o’zgartirish maqsadga muvofiq emas, ya’ni yo sig’imni yoki induktivlikni 
o’zgartirib borish lozim. Aktiv qarshilik sifatida induktiv g’altakning o’zidagi aktiv 
qarshilik yetarli bo’ladi. Tajribani qanday tartibda o’tkazishdan qat’iy nazar bir 
3
Fizika 11. Darslik. Toshkent – “Niso poligrafˮ – 2018. 65-бет. 
4
Eksperimentator imkoniyatga qarab boshqa kuchlanishni ham tanlashi mumkin! 


Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель 
121 
xildagi maqsadlarga erishish mumkin. Rezonans hodisasini kuzatish natijasida kelib 
chiqadigan umumiy xulosalar quyidagilardan iborat bo’ladi: 
1)
zanjirning to’la qarshiligi Z R, L, C kattaliklarning mumkin bo’lgan 
barcha qiymatlarida eng kichik bo’ladi;
2)
berilgan kirish kuchlanishida zanjirdagi tok kuchi eng katta bo’ladi; 
3)
kondensator va induktiv g’altakdagi kuchlanish tushuvlari qiymat 
jihatidan teng (UC=UL) va qarama qarshi fazada bo’ladi; 
4)
aktiv qarshilikdagi kuchlanish tushuvi tok manbaidan berilayotgan 
kuchlanishga teng bo’ladi (UR=U).
5)
kondensatordagi va induktiv g’altakdagi kuchlanishlar oshib ketadi va 
tashqi kuchlanishga nisbatan ancha katta bo’ladi. 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish