Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/139
Sana04.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#634812
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   139
Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель 
116 

milliy standartni Yevropa professional ta’limi standartlari bilan 
uyg‘unlashtirish zarurligini hisobga olgan holda, shaxsning kasbiy rivojlanishining 
o‘quv modullari tarkibini shakllantirish xususiyatlari bilan bog‘liqligini asoslash;

pedagogika oliy o’quv yurtlarida kredit ta’limi modelining konseptual 
asoslarini aniqlash; 

kredit pedagogik texnologiyalarini o‘rganish, mezonlar, baholash vositalari, 
o‘quv muhiti sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash;

pedagogika oliy o’quv yurtlari kredit tizimining konseptual xususiyatlarini 
belgilaydigan asosiy tamoyillar ishlab chiqish. 
Kredit ta’limining integrativ pedagogik texnologiyasi modeli quyidagi 
darajalar bilan aniqlanadi: 

oliy o’quv yurtlarida ta’lim mazmunini modulli tashkil etish; 

tarkibiy qismlari kompetentlik, kompetensiyalar va malakalar tashkil etuvchi 
ta’lim tizimi asosida talabalarni professionallikka yo‘naltiradigan o‘qitish 
texnologiyasi;

Integrativ modelni amalga oshirishda birlamchi omillar sifatida o‘quv 
jarayoni sub’ektlarining shaxsiy va kasbiy sohalari, o‘quv materiallari majmuasi, 
o‘quv modellari maydonga chiqadi.
Ta’lim natijalarini baholashning "tayyorlanganlik", "umumiy madaniyat", 
"ta’lim", "tarbiyalanganlik" tushunchalaridan talabalarning "kompetensiya", 
"kompetentlik" tushunchalariga bosqichma-bosqich o‘tilishi tadqiqotchilarning 
"kompetensiya" fenomenologiyasiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirmoqda. 
"Kompetentlik" shaxsning o‘ziga xos xususiyati sifatida maydonga chiqadi va uning 
ma’lum bir sohada qaror qabul qila olish imkoniyatini xarakterlaydi. Bu xususiyat 
shaxsning ijtimoiy va kasbiy hayotiy tajribasi bilan belgilanadi. SHu bilan birga, 
kompetentli shaxsni shakllantirishda ta’lim sohasidagi muhit muhim rol o‘ynaydi. 
Pedagogikada kompetensiya tushunchasi inson hayotining turli sohalariga 
(pedagogik kompetensiya, kommunikativ, huquqiy va boshqalar) nisbatan ko‘rib 


Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель 
117 
chiqiladi va ularning xilma-xilligi bilan ajralib turadi (A.V. Xutorskoy, A. Zimnaya, 
L.A. Petrovskaya va boshqalar)
Kreditlarni joriy etish va ulardan foydalanish bo‘yicha chet el tajribasi shuni 
ko‘rsatadiki, tadqiqotlar quyidagi sohalarda davom etmoqda: 

bo‘lajak o’qituvchining ixtisoslashish darajasi bo‘yicha kompetensiyalar 
to‘plamini aniqlash;

kreditlardagi o‘quv rejalariga nisbatan mehnat xarajatlarini qayta hisoblash; 

kreditlar asosida o‘quv jarayonini tashkil etishni ta’minlovchi me’yoriy 
hujjatlarni ishlab chiqish;

kredit-modulli o‘qitish tizimi kontekstida O’zbekiston va Yevropa ta’lim 
dasturlarini taqqoslash;

kredit-modul tizimiga o‘tishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni 
aniqlash, o‘rganish va ularni hal qilish yo‘llarini topish; 

bakalavr va magistr bo’lg’usi matematika o’qituvchilari uchun kompetensiya 
modellarini ishlab chiqish;

kompetensiyalarga asoslangan yangi avlod davlat standartlarini ishlab 
chiqish.
Kreditlardan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil etish quyidagi 
xususiyatlar bilan tavsiflanadi: 

fanlarni tanlash erkinligiga asoslangan individual o‘quv dasturini tuzishda har 
bir talabaning shaxsiy ishtiroki;

o‘quv jarayonini barcha zarur o‘quv materiallari bilan bosma va elektron 
shaklda to‘liq ta’minlash;

talabalarning o‘quv fanlarini o‘zlashtirishini baholashda ball-reyting 
tizimlaridan foydalanish;

talabalarga individual o‘quv strategiyasini tanlash va keyinchalik uni amalga 
oshirishda yordam bera oladigan akademik xizmat, maslahatchilar (repetitorlar) 
tizimini tashkil etish; 

kurslar tarkibini modulli tashkil etish talabalarning mustaqil ishlashi uchun 
imkon beradi, amaliyotga yo‘naltirilgan topshiriqlarni talabalarning o‘qitish 


Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель 
118 
darajasini hisobga olgan holda amalga oshirish, talabalarning o‘quv yutuqlari 
samaradorligini monitoring qilish va baholash mezonlari modellari bilan ta’minlash. 
Xulosa qilib aytganda, bunday tizim, ta’lim g’oyasi va metodikasi nuqtai 
nazaridan talabada talabalik davridan butun hayoti davomida shaxslararo 
munosabatlar malaka va ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatini yaratadi. 
Bitiruvchiga tayyor kadr sifatida o’z-o’ziga ishonch, o’z imkoniyatlari, qobiliyatlari 
va kasbiy kompetentlikga tayyorligi to’g’risida o’zi xulosa chiqarishiga asos 
yaratadi.
Talabalar qobiliyatini to’la rivojlantiradi va o’qitishning yuqori natijalariga 
erishadi
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1.
Izyetayeva G.K. O'qitishning kredit texnologiyasi – matematika ta'limi 
rivojlanishning omili sifatida. “Matematika fani va uni o'qitishning 
dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman, 
Andijon – 2011 yil 8-9 noyabr, 149-151 bet. 
2.
Yunusova D.I., Raxmonov I.Y. “Bo’lajak matematika o’qituvchisi metodik 
tayyorgarligini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari”. Toshkent.2018.-160b. 
3. Тищенко, Е.А. Внедрения и перспективы развития кредитных единиц в 
процессе обучения ЮРГТУ (НПИ) [Текст]. ЕА.Тищенко // Инновационные 
образовательные технологии в технических университетах Сборник научных 
статей по проблемам высшей школы - Новочеркасск Изд ЮРГТУ (НПИ) - 2006 
- 0,25п л. 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish