Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель
117
chiqiladi va ularning xilma-xilligi bilan ajralib turadi (A.V. Xutorskoy, A. Zimnaya,
L.A. Petrovskaya va boshqalar)
Kreditlarni joriy etish va ulardan foydalanish bo‘yicha chet el tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, tadqiqotlar quyidagi sohalarda davom etmoqda:
•
bo‘lajak o’qituvchining ixtisoslashish darajasi bo‘yicha kompetensiyalar
to‘plamini aniqlash;
•
kreditlardagi o‘quv rejalariga nisbatan mehnat xarajatlarini qayta hisoblash;
•
kreditlar asosida o‘quv jarayonini tashkil etishni ta’minlovchi me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiqish;
•
kredit-modulli o‘qitish tizimi kontekstida O’zbekiston va Yevropa ta’lim
dasturlarini taqqoslash;
•
kredit-modul tizimiga o‘tishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni
aniqlash, o‘rganish va ularni hal qilish yo‘llarini topish;
•
bakalavr va magistr bo’lg’usi matematika o’qituvchilari uchun kompetensiya
modellarini ishlab chiqish;
•
kompetensiyalarga asoslangan yangi avlod davlat
standartlarini ishlab
chiqish.
Kreditlardan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil etish quyidagi
xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
•
fanlarni tanlash erkinligiga asoslangan individual o‘quv dasturini tuzishda har
bir talabaning shaxsiy ishtiroki;
•
o‘quv jarayonini barcha zarur o‘quv materiallari bilan bosma va elektron
shaklda to‘liq ta’minlash;
•
talabalarning o‘quv fanlarini o‘zlashtirishini
baholashda ball-reyting
tizimlaridan foydalanish;
•
talabalarga individual o‘quv strategiyasini tanlash va keyinchalik uni amalga
oshirishda yordam bera oladigan akademik xizmat, maslahatchilar (repetitorlar)
tizimini tashkil etish;
•
kurslar tarkibini modulli tashkil etish talabalarning mustaqil ishlashi uchun
imkon beradi, amaliyotga yo‘naltirilgan topshiriqlarni talabalarning o‘qitish
Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель
118
darajasini hisobga
olgan holda amalga oshirish, talabalarning o‘quv yutuqlari
samaradorligini monitoring qilish va baholash mezonlari modellari bilan ta’minlash.
Xulosa qilib aytganda,
bunday tizim, ta’lim g’oyasi va metodikasi nuqtai
nazaridan talabada talabalik davridan butun hayoti davomida shaxslararo
munosabatlar malaka va ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
Bitiruvchiga tayyor kadr sifatida o’z-o’ziga ishonch, o’z imkoniyatlari, qobiliyatlari
va kasbiy kompetentlikga tayyorligi to’g’risida o’zi
xulosa chiqarishiga asos
yaratadi.
Talabalar qobiliyatini to’la rivojlantiradi va o’qitishning yuqori natijalariga
erishadi
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Izyetayeva G.K. O'qitishning kredit texnologiyasi – matematika ta'limi
rivojlanishning omili sifatida. “Matematika fani va uni o'qitishning
dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman,
Andijon – 2011 yil 8-9 noyabr, 149-151 bet.
2.
Yunusova D.I., Raxmonov I.Y. “Bo’lajak matematika o’qituvchisi
metodik
tayyorgarligini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari”. Toshkent.2018.-160b.
3. Тищенко, Е.А. Внедрения и перспективы развития кредитных единиц в
процессе обучения ЮРГТУ (НПИ) [Текст]. ЕА.Тищенко // Инновационные
образовательные технологии в технических университетах Сборник научных
статей по проблемам высшей школы - Новочеркасск Изд ЮРГТУ (НПИ) - 2006
- 0,25п л.
Do'stlaringiz bilan baham: