Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


MOOC KURSLARI, ULARNING OMMALASHUVI VA AHAMIYATI



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/139
Sana04.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#634812
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   139
MOOC KURSLARI, ULARNING OMMALASHUVI VA AHAMIYATI 
Mamarajabov M.E. -TDPU dotsenti 
Toshpo`latov H.B. -TDPU magistranti 
Elmirzayeva M. -TDPU talabasi 
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim tizimining qay 
darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot 
yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va 
takomillashtirish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va 
ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son qarori ta’lim tizimini 
tubdan yaxshilashga, xalqaro standartlar darajasida kadrlarni tayyorlash mazmun-
mohiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishga yangi turtki bo‘ldi. 
Ma’lumki, uzluksiz ta’lim tizimi jamiyatning ma’naviy va intellektual 
salohiyatini kengaytiradi, davlatning ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotini 
takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini 
ta’minlaydi; har bir inson uchun axborot texnologiyalarining tez almashinuvi 
jarayonida o’z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytiradi. 
Uzluksiz ta’lim – chuqur, har taraflama asosli ta’lim-tarbiya berish, mutaxassis 
kadrlar tayyorlashning turli-tuman shakl, usul, vosita, uslub va yo’nalishlarining 
mukammal uyg’unligidan iboratdir. Uning turli komponentlari orasidagi o’zaro 
aloqadorlik, muayyan usul va uslublarning ta’lim sharoitiga oqilona tadbiq etilishi 
uzluksiz ta’lim sifatini ta’minlaydi. 
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish xolati, birinchi navbatda, 
jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining rivojlanishiga 
bog’liq. Ta’lim mazmuni va sifati masalalari jamiyatda ustuvor yo’nalish sifatida 
ko’rilmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni 
axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, ta’limni 


Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель 
101 
rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo’llari izlanmoqda, ta’limda yangi 
axborot texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashmoqda.
Yaxshi tayyorlangan masofali o'qitish kursi talabalrga nafaqat ma'ruza matnini 
va boshqa o'quv materiallarini taqdim qiladi, balki o'quv jarayonini talabalar uchun 
qulay va qiziqarli tarzda tashkil qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki faqat va faqat 
fanlarga bo’lgan kuchli qiziqish ularni o’rganishga bo’lgan kuchli hoxishni paydo 
qiladi va mana shu hoxish orqali talabalarning fanni o’zlashtirish darajalarini 
oshirish mumkin. Shuning uchun elektron ta’lim shakllaridan biri MOOClar haqida 
to‘xtalmoqchimiz.
Dunyo bo'ylab talabalar jamoatchiligini qamrab olgan MOOCning tez o'sib 
borayotgan tendentsiyasini muhokama qilishdan oldin, MOOC- abbreviaturasi 
nimani anglatishini tushunishimiz muhim. MOOC bu -Massiv Open Online 
Courses(Ochiq Ommaviy Online Kurslar) jumlasining bosh harflaridan olingan. 
MOOC- bu juda ko’p sonli odamlarga internet global tarmog’i orqali bepul taqdim 
etiladigan o’quv kurslaridir. Ushbu kurslarni dunyodagi eng nufuzli masalan MIT, 
Garvard, Kembrij va boshqa ko'plab universitetlar tomonidan ham taklif 
qilinayotganligi muhim axamiyatga ega. 
MOOC ning yaratilishining eng oddiy sabablaridan biri undan dunyoning 
istalgan burchagidagi istalgan kishi foydalana olishidadir. Siz MOOC yordamida 
dunyoning eng yaxshi universitetlari va professorlarining o’quv kursi materiallari va 
o’quv qo’llanmalaridan bilimlaringizni boyitish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Bu 
kurslarning aksariyat qismi bepul va qulay vaqtda va joyda o’rganish imkoniyatiga 
egaLIGIDIR.
Onlayn o'rganishning eng yaxshi tomoni shundaki, har qanday mavzu yoki 
kursda bilim olish, kurslarda qatnashish hech qanday test yoki imtixonlar topshirish 
talab etilmaydi. Tanlagan sohalar bo'yicha turli darajadagi kurslar mavjud, masalan 
yangi boshlovchilar uchun- boshlang'ich daraja kurslari, soha bo’yicha boshlang’ich 
bilimlarga ega bo’lgan o’quvchilar uchun esa- yuqori darajadagi kurslar. 
MOOC kursida qatnashish orqali dunyodagi talabalar bilan o'zaro muloqot va 
suhbatlar o'tkazish imkoniyati mavjud. Forumlar, taqrizlash va real vaqtda 


Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель 
102 
muhokamalar bugungi kunda mavjud bo'lgan Mooc kurslarining asosiy 
xususiyatlaridan biridir. Shuningdek, kurs o'qituvchilari talabalarni kursga qabul 
qilingan boshqa talabalarning ishlariga konstruktiv fikrlar bildirishga undaydilar. Bu 
maqsadga erishish hissini rivojlantirishga va jamoaviy o'rganish kontseptsiyasiga 
hissa qo'shishga yordam beradi. 
MOOClarning bugungi kundagi xolati raqamlarda qanday aks etayotganligini 
tahlil qilib ko’raylik. Buning uchun Class Central kompaniyasining 
(
https://www.classcentral.com/
) jamlagan statistik ma’lumotlaridan foydalanamiz. 
Class Central- bu online kurslar jadvalini shakllantirib borish faoliyati bilan 
shug’ullanadigan kompaniyadir. Ular foydalanuvchilarga o’zlariga kerakli kurslarni 
topishlari oson bo’lishi uchun deyarli barcha mavzular bo’yicha kurslarni 
provaderlardan yig’ib o’zlarida jamlashadi va taqdim etishadi. 
Class Central kurslar ro'yxatidan tashqari, MOOC va onlayn ta'limning 
umumiy holatini ham kuzatib boradi. Ularning MOOCReport nashri onlayn kurslar 
haqidagi statistik hisobotlarni yig’ib, tahlil qilib va yakunda foydalanuvchilarga 
yillik xisobotlarni taqdim qilib boradi. 
2019 yil oxirida MOOC kurslari foydalanuvchilari soni 110 million o'quvchiga 
yetdi. 2019 yildning o’zida provayderlar 2500 dan ortiq kurslarni, 11 onlayn 
darajalarni va 170 mikrokredit(sertifikat)larni foydalanuvchilarga taqdim etdi. 
2019 yil oxiriga qadar 13500 ta online kurslar dunyoning 900 dan ortiq 
universitetlari tomonidan e'lon qilinib, ishga tushirildi. Birgina 2019 yilning o'zida 
450 ta universitet tomonidan 2500 ga yakin kurslar ochildi. 
Hozirda MOOC-ga asoslangan ilmiy darajalarning umumiy soni 50 taga yetdi. 
Ushbu raqamga Udacity-da taqdim etiladigan va 9000 dan ortiq talabalarni qamrab 
oladigan Georgia Techning informatika bo'yicha onlayn (OMSCS) magistrlik 
darajasi ham kiradi. 
Hozirda MOOC asosidagi mikrokreditlarning umumiy soni 800 dan oshdi. 
2019 yilda 10 xil turdagi 170 dan ortiq yangi mikrokreditlar ishga tushirildi. 2018 
yilda bu ko’rsatkich 120 ta edi. 


Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель 
103 
2019 yilda kurslarni fanlar bo'yicha taqsimoti o'tgan yilga nisbatan deyarli 
o'zgarmadi. Kurslarning qirq foizi pul ishlash uchun nisbatan osonroq bo'lgan - 
biznes va texnologiya sohalariga tegishli. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida 
O’zbekiston Respublikasi qonun ҳujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. 
2.
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон 
давлатини биргаликда барпо этамиз. - Тошкент : O’збекистон, 2017. 
3.
E-learning: concepts, trends, applications. Corporation Trust Center by 
Epignosis LLC 2013.
4.
Ainoutdinova, I.N., Blagoveshchenskaya, A.A. (2017). The potential of 
Massive Open Online Courses (MOOCs) for revival of distance education in Russia 
[The Open-Air Courses (MOOCs) for the revival of distance education in Russia] // 
ICERI2017 Proceedings, Seville, Spain, Pp. 8335–8344. (In Russian) 
Internet saytlar 
1.
 
http://uz.infocom.uz/2018/07/27/ozbekistonda-masofadan-oqitishning-
innovatsion-texnologiyalari/ 
2.
 
https://www.xabar.uz/uz/talim/bu-qanday-amalga-oshiriladi 
3.
 
https://www.classcentral.com/report/mooc-stats-2019/ 


Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель 
104 
4. 
https://www.jagranjosh.com/articles/mooc-courses-reasons-for-their-gaining-
popularity-and-importance-1514456933-1 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish