33
hududning turli qismlarda joylashishi boʻlishi mumkin. Devon davri
boshlanishidan oldin Rus platformasining relyefi quyidagicha boʻlgan:
sharqy qismida kuchli choʻkish boʻlgan, ayniqsa, jivet asri (oʻrta
devon)da choʻkish yuzasi gʻarb yoʻnalishida asta koʻtarilib borgan qiya
yon bagʻr hosil
qilgan holda Poless valigacha, Polsha-Germaniya
vohasiga oʻtadi. Katta markaziy qismi (Moskva hududi), koʻtarilishi yon
bagʻrning shu qismining oʻrtasida (markazida) chuqurlashish tekislik
xususiyatiga ega boʻlgan. Shimoliy-Sharqiy qismi nisbatan sezilarsiz,
janubiy-Sharqiy qismi maksimal manfiy ishorali relyefdan iborat.
Shimoliy-sharq va janubiy-sharq
qismi orasida mustaxkamroq
poydevorning koʻtarilgan bloki (Ufa amriteatri), keyinchalik u yerda ham
manfiy ishorali tebranish harakatlari kuzatiladi (jivot asridan boshlab).
Bu kesimlar asosida devon davrining paleogeografiyasini tiklashga
harakat qilib koʻramiz.
Ob-havo issiq, quruq, relyef koʻtarilgan, Gʻarbiy qismi esa
choʻkkan. Boltiq qalqoni, Ukraina kristallik
qalqoni va Voronej tepaligi
nivelirlangan tekis yuzaga ega. Shu relyef asosida kesimni bir oz
chuqurlikka tushirsak (manfiy ishorali tebranish harakati), shu zaxoti
Ural-Tyan-Shan geosinklinal zonasi tarafidan dengiz suvlarining
transgressiyasi boshlanadi, birinchi navbatda, poydevorning janubiy-sharq
va Shimoliy-sharq qismi va Dnepr-Donesk vohasini (quyi devon va oʻrta
devonning quyi qismi) suv bosadi.
Shu davrda, platformani markaziy qismida (markaziy
Rus devon
maydoni) juda keng maydonda uncha chuqur boʻlmagan koʻl vujudga
keladi, qizil rangli tuzli dolomit-gipsli terrigen jinslar hosil boʻladi.
Boshqa qismida (Gʻarbiy qism) quruqlik boʻlib kontinental muxit
kuzatiladi. Keyingi poydevorning choʻkishi dengiz havzasini gʻarb
yoʻnalishida kengayishiga olib keladi. Timan koʻtarilishi jivet asrining
boshlanishidan, markaziy tuzli qatlamni suv bosadi.
Xuddi shu
tranegressiya
Poles valini frank
asrida
(shitrovek,
semiluk
qatlamlari)ni bosadi. Frank asrining ikkinchi yarmidan tebranish
harakatlar ishorasi oʻzgaradi va Sharqiy yoʻnalishda dengiz qaytadi. Frank
davrida markaziy, Sharqiy qismlarida dengiz saqlanib qoladi.
Boshqa
34
qismlar dengiz sharoitidan ozod boʻladi, ayrim chuqur yerlarda koʻllar
saqlanib qoladi, tuz yigʻilishi kuzatiladi.
Devon oxirida (dankov-lebedyansk asri) dengiz sathining
pasayishi natijasida suv almashinishi qiyinlashadi, Shuning uchun,
markaziy
tekis qismida dolomitlar, gips, tuz hosil boʻladi, Sharqiy
chuqurlik devonning suv havzasidan ajralmagan holda Donbassning
boshqa qismlardan farqli ularoq devon davrida geosinklinal zona
hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: