Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti regional geologiya, geomorfologiya



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/59
Sana03.06.2022
Hajmi2,79 Mb.
#632951
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59
Bog'liq
Regionalgeologiyageomorfologiyavageotektonika

Devon davri 
Har qanday davrning paleogeografiyasini tiklash uchun choʻkindilar 
fasiyalari boʻyicha ajralib turgan va maydonning turli joylarda joylashgan 
geologik kesimlar kerak boʻladi. Devon boshlanishidan avval Rus 
platformasining relyefi quyidagicha boʻlgan: sharq qismi asosan jivet 
davridan boshlanib oʻrta devonning qattiq choʻkishi kuzatilgan. Choʻkkan 
tomonning usti asta-sekin gʻarb yoʻnalishida koʻtarilib, Polesk valigacha 
ogʻish burchagini hosil qilgan va Polsk-Germaniya choʻnqirlariga aylanib 
ketgan. 
Hududni 
markaziy 
qismi 
(Moskva 
viloyati) 
burchagi 
koʻtarilishida, oʻrtasi (markazi) chuqurlashgan (choʻkkan) tekislik 
xarakteriga ega boʻlgan. Shimoliy - sharqiy qism ahamiyatsiz, janubiy-
sharqiy tomon esa maksimal manfiy relyefga ega. Shimoliy-sharqiy va 
janubiy-sharqiy qismlarda poydevor blokini barqaror koʻtarilishi (Ufim 
amfiteatri), keyinchalik manfiy belgili tebranish harakatlari sinovlari 
oʻtkazadi. 
Sarmat mavzesi markaziy qismida keng graben Sarmat mavzesi va 
Voronej sineklizasi hamda Ukraina kristall qalqonini boʻlib turuvchi 
Dnepro-Donesk qoʻltigʻi paydo boʻlib, graben geosinklinal rejimga: devon 
ichida ham buklanish katta harakatli, intensiv tebranish kuchi va tezligi 
hamda vulqonizm joʻrligiga ega boʻlgan. 
Rus platformasini markazi (Moskva sineklazasi) quyi devon 
dolomitning glaukonit qavati bilan turli rangli terrigen jinslar turli 
qalinlikda koʻrsatilgan. Yuqoriroqda ikki gorizont: sulfat-galogen 
kaolinligi (angidriti, tosh tuzi) va kesimi karbonat (dolomit, ohak, loy) 
bilan tugallangan. Ushbu turli rangli jinslarning yoshi devon va quvvati 
475 m.gacha boʻlgan oʻrta devon yuqorisi bilan aniqlanadi. 
Yuqoriroqda jivet yarusi dengiz choʻkindilari: mergel, loy, ohak va 
yuqori devon: loy qatlamlarining karbonat choʻkindilari, qum,angidritlar 
keladi. Poles vali oraligʻida quyi devon oxiri yoʻq. Kesim quvvati 200 
m.gacha boʻlgan kvars zarralari, alevrolit, qizil dolomit (koblen, Eyfel 
choʻkindi)larida koʻrinadi. Dankovo-Lebyadskiy davrda quvvati 1000 
m.gacha boʻlgan tuz toʻplanishi qiziqarlidir. 


23 
Timan tizmasi devon kesimi jivet davridan boshlanib: Domanik 
bitumli choʻkindilar-dolomitlar, ohaktosh, loy, ularga yuqori devon 
ohaktoshi choʻkadi. Pechyora past tekisligida kesim quyi devondan qum, 
loy qatlami, ohaktoshdan boshlanib, devon oʻrta qismi va devon yuqori 
qismi – ohaktoshdir. 
Kesimning janubiy-sharqiy tarafi toʻla boʻlib, bunda ohaktoshlar 
koʻprogʻini tashkil yetadi. 
Donbass devoni asosiy oʻrinda turadi. Quyi devonda - qum zarralari, 
alevrolit, pastida-konglomerat, yuqori qismida dolomitlar, qum va loy 
orasida ohaktosh boʻladi. Yuqori devonda ohaktosh, mergel, dolomitlar 
bor. Oʻrta devonda – tuz olib yuruvchi jinslar (1100 m.gacha), kesimning 
terrigen qismida vulqonik jinslar (liparit, felzitlar) ishtirok yetadi. 
Dnepro-Donesk qoʻltigʻida asosan turli rangli ohaktosh, qumli va 
effuzivlar bilan dolomitlar terrigen jinslar katta qalinlikdagi (Pripyata 
daryosini oʻrta oqimi), quvvati 200 dan 3200 m.gacha boʻlgan gipslar, 
toshli tuzlar rivojlangan. Donbassdagi devon kesimi ichida ziddiyat va bir 
necha bazalt gorizontlari hosil boʻlishlar kuzatiladi. 
Keling, devonning ushbu kesimlari orasida ushbu davrning 
paleogeografiyasini tiklashga harakat qilamiz. 
Iqlim issiq, quruq edi. Relyef koʻtarilgan, gʻarb tomonidan esa 
tushgan edi. Baltika qalqoni Ukraina kristall qalqoni va Voronej antiklizasi 
nevelirlangan tepaligi tekislikdan iborat edi. Ushbu releʻf fonida, agarda 
poydevorni arzimas chuqurlikka tushirsak (manfiy tebranish harakati), 
Ural-Tyanshan geosinklinal zonasi tomonidan daryo havzasi transgressiya 
boʻladi, bu birinchi navbatda poydevorning janubiy-sharqiy va shimoliy-
sharqiy tomonida va devonning oʻrta va va oʻrta devonning quyi qismida 
Dnepro-Donesk qoʻltigʻida boʻladi. (5-rasm). 
Shu davr mobaynida markaziy qismda (Markaziy-Rus devon dalasi)
juda katta, uncha chuqur boʻlmagan, tubi sayoz qalinlik: turli rangli-tuzli-
dolomit-gipsli terrigen choʻkindili koʻl hosil boʻladi. qolgan qism (gʻarbiy 
qism) quruqlik boʻlib, kontinent rejimida boʻlgan. Poydevorning choʻkishi 
natijasida keyinchalik jivet davrida gʻarb tomondagi markazning, Timan 
qoʻltigʻi, tuzli qatlamini toʻldirishiga olib keluvchi dengiz havzasini 
kengayishiga olib kelgan. Bu frank davridagi transgressiya Polessk vali 


24 
oʻz ichiga olgan. Frank davrining ikkinchi yarmi tebranish belgisi oʻzgarib 
dengiz borgan sari sharqqa chekinishi kuzatiladi. Frank davrida Rus 
platformasining markazida, sharqda dengiz oʻzgarmaydi.
5-rasm
. Quyi Devon davri oxirida Rus platformasini maydonida dengiz 
havzasining koʻrinishi 
Qolgan qismlari dengiz rejimidan xalos boʻlib, chuqurlashgan 
joylarida dengizlar saqlanib qoladi tuz toʻplamlari paydo boʻladi.
Devon 
oxirida 
(dankovo-lebedyan 
davrida) 
dengiz 
havzasining 
sayozlashishi oqibatida suvlarning almashinishi paydo boʻlib, shu 
munosabati bilan markazning tekislik qismida bu chuqur tubli suv havzasi
devonning sharqiy suv havzasidan ajralmagan holda dolomitlar, gipslar, 
tuzlar paydo boʻladi, Donbass devon davri oqimining boshqa qismlarida 
geosinklinal zona sifatida xarakterlanadi. Devonda hosil boʻlgan bu zona 
turli terrigen choʻkindilari, ohaktosh, dolomitlar, vulqonizm (devonning 
bir necha oqimi) va buklanish bilan qoʻshilgan, bazalʻt gorizontlarni bir 


25 
necha marta paydo boʻlishi bilan bogʻliq ohakli intruziyalar bilan 
bogʻliqdir. 
Foydali qazilmalar, tuzlar (Moskva sineklizasida), tuzli suv 
(Leningrad viloyatida), neft (Timan qoʻltigʻi, Pechyora sineklizasida) va 
qurilish materiallari devon davri bilan bogʻliqdir.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish