30
galogen choʻkindilari shaklida berilgan, Ural togʻining etagida tuzlarning
quvvati 750 m.dan to 1000 m.gacha yyetadi, qozon qatlami dengiz boʻlib,
choʻkindilar transgressiv ravishda perm pastida ixtilof bilan joylashadi,
Ohaktosh, dolomitlar,
ohaktoshli loy, argillitlarni tuzlarni yorib chiqadi,
tuzlidir. Paleoural yaqinida, Uraloldi egilishida qozon qatlami katta
diametrli toshli konglomeratlar kesib oʻtib, gohida 1,5-2 metrli yumaloq
katta tosh Belebeyev dumi) shaklida boʻladi. Ularning ustiga diametri
kichraytirilgan,
maydalangan toshlar, tatar yarusi pastki qatlamda qum
zarralari va tepa qismida turli rangdagi qum zarralarining terrigen
choʻkindilari, loylar tushadi. Yuqori Perm quvati 5-6 km.ga yetadi.
Paleoural yoqasida bu quvvat turli chegaralarda oʻzgarib turadi. Masalan:
Artin choʻkindilari shimol tarafda 1200 m.ga yetadi, Kama daryosida 1000
m., Beloy daryosining oʻrta oqimida 1800 m.gacha va hokazo.
Rus
platformasining
janubida,
Donbassda
Perm
terrigen
choʻkindilarining qizil rangli kontinental qalinligi kabi xarakterlanib,
umumiy quvvati 3000 m.gacha boʻlgan qum, qum zarralari, gips
gorizontlari, angidrit va tuzlarda ifodalanadi. Asosan kesimning yuqori
qismida tuzlar boʻladi, bu Donbass qoʻltigʻining Rus platformasidan sharq
qismi perm davrining yakkaligini koʻrsatadi.
Perm
paleogeografiyasi issiq, quruq iqlim va shimol tarafdan
Pechora daryosi, boshqa tarafdan esa Shimoliy muz okeanining boshqa
dengiz havzalari bilan bogʻlangan yopiq suv havzasining paydo boʻlishida
xarakterlanadi. Suv kirib kelishi doimo boʻlmagan. Uncha chuqur
boʻlmagan dengiz havzasining keng oynasi Kungur davrida katta
maydonlardagi suv havzalarining intensiv bugʻlanishi va tuz
toʻplanishiga olib kelgan. Tuzlar bir tarafi Ural togʻ
tizmasining
etagigacha tarqalgan boʻlib, ikkinchi tarafi esa janubiy Kaspiy qoʻltigʻidan
to Oq dengiz janubigacha tarqalgandir.
Sakmaro-Artik hamda Qozon va Tatar davrlaridagi Paleoural
uzunasiga tarqalgan togʻ jinslarining toshlari va uning boʻlaklari
koʻtarilayotgan Uralning vayron boʻlishidan darak beradi. qoʻyi va yuqori
permning qoʻpol maydalangan materiallarini hisobga olgan holda vayron
boʻlayotgan Paleouralning quyi permda boʻyini 5-6 ming metr, yuqorisida
esa 7-8 ming metr hamda Kungur va Tatar davrida Paleouralni
31
nivelirgacha butunlay vayron boʻlgan deb taxmin qilish mumkin. Yaʻni
Paleoural doirasida Gersin buklanishidan soʻng (oʻrta toshkoʻmir davri-
sharqiy qiyalik, yuqori toshkoʻmir davri-gʻarbiy qiyalik)da ikki martadan
togʻ hosil boʻlish jarayonini va ikki martadan togʻlarni
negizigacha vayron
boʻlganini kuzatamiz.
Foydali qazilmalar: tuz, gips, angidrit, neft, sharqda terrigen
choʻkindilari-sochiq kon, Ural tub konlarining vayron boʻlishi hisobiga –
tilla, mis rudasi, titan, kobalt (pentlantid) xrom, temir (magnetit) va boshqa
elementlar.
Do'stlaringiz bilan baham: