Rag’batlantirish-bu harakat uchun turtkidir. Rag’batlantirishlar ijobiy bo’lishi
mumkin, bunda xodim ham moddiy (mukofot, foydaning bir qismini olish, birmuncha
yuqori haq to’lanadigan ishga o’tkazish), ham ma’naviy (maqtash, xizmatlarini ko’pchilik
oldida e’tirof etish va shu kabilar) rag’batlantiriladi. Shu bilan birga, salbiy: moddiy
(yaroqsiz mahsulot ishlab chiqilgan taqdirda yoki asbob-uskunalarga shikast yetkazilganda
va hokazolardan ish haqi yoki mukofotni qisqartirish) va ma’naviy (e’tiroz, xayfsan
berilishi, ishdagi o’rtoqlari tomonidan mehnat xulqining qoralanishi) bo’lishi mumkin.
Mehnat sharoitlari va mehnatni normalashning ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |