Qiziqish-bu anglab yetilgan ehtiyojlarning aniq ifodasidir. Ehtiyojlardan farqli
o’laroq, qiziqish shunday ijtimoiy munosabatlarga qaratilganki, xodim, ehtiyojlarning
qondirilishi shu munosabatlarga bog’liqdir. Agar ehtiyojlar insonning normal hayot
kechirish uchun nimalar kerakligini ko’rsatsa, qiziqish esa mazkur ehtiyojni qondirish
uchun qanday harakat qilish kerak, degan savolga javodg’b beradi.
Ehtiyojlar va qiziqishlar sub’yektlari qatoriga barcha xo’jalik yuritish sub’yektlari
kiradi, ular ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida muayyan funktsiyalar va maqsadlarga ega
bo’ladi. Har bir sub’yektga turli qiziqish majmui xosdir. Qiziqishlar moddiy (iqtisodiy)
bo’ladi-bular ehtiyojlarni qondirishning pul va moddiy buyum vositalariga qiziqishdir.
Bundan xodimlarning mehnat haqining tegishli darajasiga, mmiqdorlariga, noqulay
mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyozlar va kompensatsiyalarga, mehnat rejim
24
iva shu kabilarga bo’lgan qiziqish kelib chiqadi. Bundan tashqarii, qiziqishlar nomoddiy
ham bo’lishi mumkin: bular bo’limlarga, ilmga, san’atga, muomalada bo’lishga
madaniyatga, ijtimoiy-siyosiy faoliyatga vash u kabilarga bo’lgan qiziqishlardir.
Har qanday ehtiyoj xilma-xil qiziqishlarni vujudga keltirishi mumkin. Masalan,
bilimlarga bo’lgan qiziqish xodimlarda o’zining past mahoratini oshirishga bo’lgan
qiziqishni shakllantirishi mumkin; ijodiy, xilma-xil va mazmunli ishga bo’lgan qiziqish
o’zining kasbiy bilimlarni doimiy ravishda kengaytirib borishni talab qiladi; maxsus
adabiyotlarni, ilg’or tajribani umumlashtiruvchi va yorituvchi adabiyotlarga qiziqishni
oshiradi va hokazo. Shunday qilib ehtiyojlar va qiziqishlar mehnat xulq-atvorining ichki
tomondan bog’liqligini nazarda tutadi.
Sabablarni asoslash jarayonida qadriyatli yo’nalishlar.
Mehnat sababi jarayonining eng muhim elementlari qadriyatlar va xulq-atvor
normallaridir. Qadriyatlar–bu sub’yekt, jamiyat, sinf, ijtimoiyi guruhning hayot va
ishning asosiy eng muhim maqsadlari to’g’risidagi, shuningdek, ana shu maqsadlarga
erishishning asosiy vositalari haqidagi tasavvuridir. Qadriyatlar moddiy, ma’naviy,
ijtimoiy, siyosiy va hokazo bo’ladi. Ular ehtiyoj va manfaatlar asosida tarkib topadi.
Lekin, qadriyatlar ehtiyoj va manfaatlar asosida shakllansa-da, ulardan nusxa
ko’chirmaydi. Qadriyatlar ehtiyoj va manfaatlar mazmuniga mos kelishi ham, mos
kelmasligi ham mumkin. Ehtiyoj, manfaatlar va qadriyatning ehtimol tutilgan mos kelishi
yoki qarama-qarshiligi ongning nisbatan mustaqqillikka egaligiga yuog’liqdir.
Shaxsni jamiyat moddiy yoki ma’naviy madaniyatining u yoki bu qadriyatlariga
yo’naltirilganligi uning qadriyatli yo’nalishini aks ettiradi va inson xulq-atvorida umumiy
yo’nalish bo’lib xizmat qiladi. Kimlar uchundir eng muhim qadriyatli yo’nalish bu
mehnatning ijodiy xususiyati hisoblanib, ularni mehnatning shart-sharoitlari ortiqcha
qiziqtirmaydi moddiy farovonni eng muhim qadriyat, deb hisoblaydiganlar esa ish haqi
oldida boshqa barcha qadriyatlardan ham voz kechishlari mumkin.
Jamiyatdagi qadriyatlar mazmuni jamiyatda qaror topgan madaniyat, ma’naviy va
axloqiy hayot, hamda, ijtimoiy ongning rivojlanganlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
Qadriyatlarning o’ziga xos shakli ijtimoiy ideallar, ya’ni jamiyatda ijtimoiy
munosabatlar, hamda shu jamityada yashovchi shaxsning qanday bo’lishi lozimligi
haqidagi tasavvurlardir. Ideallarda faoliyat maqsadi ifodalangan bo’lib, ular hozirgi kun
Bilan kelajak o’rtasidagi bog’lovchilik vazifasini bajaradi. Ijtimoiy jihatdan e’tiroz
qilingan qadriyatlar va ideallar alohida qadriyatlarning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi va
ular ham mehnat xulq-atvorining sabab elementlaridan hisoblanadi.
Xodimning hatti-harakati, uning sababi, faqat jamiyat qadriyatlari va mehnat
qiladigan tashkilot (jamoa) qadriyatlari bilan bog’liq bo’lib qolmay, ayni bir vaqtda
stixiyali tarzda qaror topadigan ijtimoiy normalar yoki ongli ravishda belgilangan xulq-
atvor qoidalari bilan ham bog’liq bo’ladi. Agar qadriyatlar, guruh, inson, xodimining xulq-
atvoriga, uning sabablariga u yoki bu yo’nalishini kasb etsa,normalar aniq hatti-harakatlar
va faoliyat turlarini tartibga soladi. Mazmunli xilma-xil ijodiy mehnat qadriyat
hisoblansa zarur shart-sharoitlar yaratilgan ish joyini izlash norma bo’ladi. Yuqori
ma’lumotli xodimlarning malakali va ijodiy bo’lmagan ishdan qoniqmasligini ham norma,
deb hisoblash kerak. Ijtimoiy qadriyatlar va normalarning mehnat xulq-atvoriga ta’sir
ko’rsatishi qadriyatlar va normativlarni tartibga solishning butun bir tizimini hosil qiladi.
Mehnat xulqi sabablarining tuzilishi.
Xodim mehnat faoliyatida ishtirok etar ekan, ayni vaqtda bior qator ehtiyoj manfaat
va qadriyat yo’nalishlariga ega bo’ladi. Ular muhim yoki nomuhim turli darajada
25
ahamiyatla va qadrli bo’lishi mumkin bu hamma omillar ichida eng asosiylarini tanlash
ehtiyojlari qiziqishlar qadriyatlarni mehnat vaziyati bilan taqqoslash jarayonida sabablar
vositasida amalga oshiriladi.Mehnat sohasidagi sabablar xilma-xil funktsiyalarni bajaradi
va ular xodim xulq-atvorida ro’yobga chiqadi. Bular quyidagi funktsiyalardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |