1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“SOTSIOLOGIYA VA MADANIYATSHUNOSLIK”
kafedrasi
G’ULOMOVA SAODAT TOLIBOVNA
(sotsiologiya ta’lim yo’nalishi III-bosqich talabalari uchun
mo’ljallangan o’quv uslubiy qo’llanma)
BUXORO-2007
2
Kirish.
Hozirgi kunda ijtimoiy fanlar qatorida, xususan, «Sotsiologiya» fani oldida
shakllanib kelayotgan yangi ijtimoiy munosabatlar va ularning xususiyatlari, bozor bozor
munosabatlariga o`tish jarayoni hamda uning kelgusida ijtimoiy oqibatlarini, mehnat
munosabatlarining yangi sharoitdagi o`ziga xos jihatlarini o`rganish masalasi ko`dalang
bo`lib turibdi. «Sotsiologiya» va uning maxsus nazariyasi-mehnat sotsiologiyasi doirasida
bu muammolarning ham nazariy, ham amaliy tomonlari o`zaro dialektik bog`liq holda
qaralishi lozim. Mehnat faoliyati bilan bog`liq jamiyat hayotining barcha jihatlari,
jarayonlari konkret sotsiologik tadqiqot asosida o`rganiladi.
O`zbekiston davlati iqtisodiy asoslarini, ularning tarkibiy funktsional qatlamini
mehnat sotsiologiyasi doirasida o`rganish muammosi hozirgi kunning eng muhim
masalalaridan biridir. Chunki, hozirda mehnatning mazmuni, xarakteri va unga bo`lgan
munosabat o`zgarmoqda. Boshlanayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy davr talablaridan biri
«Ishlab chiqaruvchilarning ham, iste`molchilarning ham ruhiyatini o`zgartirishi lozim»
bo`lgan vazifa hisoblanadi.
Mehnat sotsiologiyasining vazifasi uning predmeti bilan bog`liq bo`lgan
kishilarning ijtimoiy hayot qonnuniyatlari, mehnatning ijtimoiy muammolari, mehnat
faoliyati jarayolarini o`rganishdan iborat. Sotsiologiyaning bu maxsus nazariyasi mehnat
sohasidagi tadqiqotlarning xususiy tamoyillari, kategoriyalari va usullaridan foydalanadi.
Mehnat sotsiologiyasining tarkib topishi va rivojlanishi g`arb sotsiologiyasi bilan
marksistik sotsiologiyada deyarli bir davrda –XX asrning 20-yillaridan boshlandi.
AQSHda
mehnat
sotsiologiyasi
F.Teylor,
e.Meyo,
K.Levin,
Dj.Moreno,
F.Xertsberglarning sotsiologik kontseptsiyalari asosida shakllanib, o`zining yuksak ilmiy
darajasiga erishdi.
Rossiyada esa shu davrdan boshlab akademik S.G.Strumilin, akademik
V.M.Bexterev, A.K.Gastev, P.K.Korjentsev, O.A.Ermanskiy, N.A.Veyke, V.V.Dobrinin,
e.K.Drezin kabi yirik olimlarning ilmiy tadqiqotlari asosidagi mehnat sotsiologiyasi
rivojlandi.
AQSHda Qarbiy Ovro`poda mehnat sotsiologiyasiga e`tiborning ortishiga, asosan
Rossiya va bir qator Ovro`po mamlakatlarida ro`y bergan ijtimoiy inqiloblarning sodir
bo`lishi, mehnatkashlarning mavjud siyosiy-iqtisodiy tuzumga qarshi bosh ko`tarib
chiqishi va sinfiy kurash ko`lamining ortishi sabab bo`ldi XX asrning 20-yillarida bir qator
kapitalistik mamlakatlarda bir necha bor takrorlangan iqtisodiy inqirozlar esa vaziyatni
yanada keskinlashtirib qo`ygan edi.
Qanday bo`lmasin siyosiy vaziyatni yumshatish va iqtisodiy tanglikdan chiqish
muammosi mavjud kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzumining hayot-mamot masalasiga
aylanib qoldi.
Bularning barchasi eski ishlab chiqarish munosabatlarini isloh qilish yo`li bilan,
tadrijiy suratda yangilanib borish, ya`ni zamonaviy mehnat munosabatlarining tarkib
topishiga olib keldi. Mehnat sotsiologiyasi xuddi shu tarixiy missiyani bajarishga xizmat
qildi. AQSHda mehnat sotsiologiyasi asosan boshqaruv sotsiologiyasi doirasida o`rganib
kelindi. G`arbiy Ovro`po mamlakatlarida esa alohida fan sifatida o`rganilib kelinmoqda.
XX asrning 70-yillaridan boshlab g`arb mehnat sotsiologiyasi doirasida mehnatni
gumanizatsiyalash tendetsiyasi o`rganila boshlandi. Mehnat sharoiti yaxshilashga ko`proq
e`tibor berildi. G`arb sotsiologlarining fikricha, mehnat insonga azob-uqubat emas, balki,
huzur bag`ishlashi kerak. Bu tamoyil ayniqsa bizda, kelajagi buyuk davlat qurish yo`lida
yanada muhim ahamiyat kasb etmog`i lozim. O`tish davrining hozirgi bosqichida asosiy
vazifalardan biri «.. sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag`bat bilan imkoniyatlar
3
yaratishdan, iqtisodiy yo`l tanlash va faoliyat ko`rsatish erkinligiga bo`lgan kafolatli
huquqni qaror toptirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham
iboratdir».
Bu yo`lda, mehnat sotsiologiyasining muhim vazifalaridan biri mehnat
unumdorligini oshiruvchi sotsiologik omillarni va zaxiralarni tahlil qilib o`rganishdir.
Uning asosiy ijtimoiy vazifalaridan yana biri, jamiyat hayotida, xalq xo`jaligidagi iqtisodiy
munosabatlarni, mehnat sohasi bilan bog`liq bo`lgan barcha ijtimoiy munosabatlarni
o`rganishni o`z ichiga oladi.
Mehnat sotsiologiyasi quyidagi asosiy ijtimoiy munosabatlar jarayonini o`rganadi:
ishlab chiqarish vositalariga va mulkka bo`lga munosabatlar, mehnat kooperatsiyasi va
taqsimoti, bajarilayotgan mehnatning sharoiti va mazmuni, mehnat turlarining o`zgarishi,
mehnatga qarab taqsimlash, jamiyat a`zolarining ijtimoiy foydali mehnatga bo`lgan
ehtiyojlarining o`sib borishi, ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoiti va turmush tarziga
qarab, turli ijtimoiy shart-sharoit va omillar motivlari va turlari, shaxsiy daromadlarning
miqdori va uni olish yo`llari, mehnat qadriyatlari va boshqalardir. Respublikamiz
Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek: «Bozorga o`tish dasturini ro`yobga chiqarishdagi
ijtimoiy tayanchlardan biri, birinchi navbatda, jamiyatning ijtimoiy faol qatlamlaridir. Shu
bois islohotlar ikkinchi bosqichining eng muhim vazifasi har bir kishi mehnatining qadrii
oshirish, uning ijodiy faoliyat ko`rsatish imkoniyatlarini namoyo etishi uchun sharoit
yaratishdan iborat. Har bir kishining iqtisodiy erkiligini uning o`z muvaffaqiyati hamda
o`z oilasining farovonligi uchun iqtisodiy mas`ulligi bilan qovushtirib borishga asoslangan
iqtisodiy munosabatlarni qaror toptirish kerak. O`z ijodiy qobiliyatlari va imkoniyatlariga
tayaishni nazarda tutgan munosabatlar har bir kishi farovonligining muhim va yagona
manbaidir».
4
1-mavzu: «Mehnat sotsiologiyasi» fanining maqsadi, vazifalari va ijtimoiy–iqtisodiy
fanlar bilan uzviy bog’liqligi.
Reja:
1.«Mehnat sotsiologiyasi» fanining maqsad va vazifalari.
2.«Mehnat sotsiologiyasi» fanining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqadorligi.
3.Mehnat tushunchasi, uning mazmuni va xususiyati.
Tayanch iboralar:
mehnat; mehnat sotsiologiyasi; kasblar sotsiologiyasi; sanoat sotsiologiyasi tashkilotlar
sotsiologiyasi; mehnat jamoasi sotsiologiyasi; tadbirkorlik faoliyati sotsiologiyasi; mehnat
bozori sotsiologiyasi, mehnat psixologiyasi; mehnat iqtisodiyoti; mehnat fiziologiyasi,
mehnat huquqi; mehnat jarayoni; mehnat predmeti; mehnat vositalari; jonli mehnat
sarflari; mehnat mazmuni; mehnat reduktsiyasi; mehnat xarakteri; mehnat funktsiyalari.
«Mehnat sotsiologiyasi» fanining maqsad va vazifalari.
«Mehnat sotsiologiyasi» mehnatni ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida, hamda
jamiyatning mehnat sohasini, uning ijtimoiy institutlar bilan aloqalarini qamrab olgan
holda o’rganuvchi ijtimoiy fan hisoblanadi. «Mehnat sotsiologiyasi» fanining maqsadi-bu
ijtimoiy jarayonlari tadqiq qilish va ularni tartibga solish, boshqarish, prognozlash va
rejalashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo’lib, ular jamiyat, jamoa,
mehnat guruhlari, xodimlarning faoliyat yuritishi va shu asosda ularning manfaatlarini,
yanada to’laroq ro’yobga chiqarish, hamda, maqbul tarzda uyg’unlashtirib olib borishga
qaratilgan.
«Mehnat sotsiologiyasi» fanining vazifalari, esa quyidagilardan iborat:
-jamiyat, mehnat tashkiloti (jamoa)ning ijtimoiy strukturasini o’rganish va
optimallashtirish;
-mehnat resurslarining eng maqbul va oqilona xarakatchanligini tahlil etish.
-zamonaviy xodimning mehnat imkoniyatlarini eng maqbul tarzda ro’yobga
chiqarish yo’llarini izlash;
-bozor iqtisodiyoti sharoitida-mehnatga moddiy va ma’naviy rag’batlantirishni
optimal tarzda qo’shib olib bori shva mehnatga bo’lgan munosabatni takomillashtirish;
-ijtimoiy nazoratni kuchaytirish va mehnat sohasidagi me’yoriy tamoyillardan
chetga chiqishlarning oldini olish;
-mehnat nizolarining sabablarini o’rganish, ularning oldini olish va hal qilish
bo’yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
-mehnat sohasida ijtimoiy tadqiqotlar o’tkazish;
-jamiyatda, mehnat tashkilotida xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini
yaratish va hokazolar.
«Mehnat sotsiologiyasi» fanining ijtimoiy–iqtisodiy
fanlar bilan uzviy aloqadorligi.
-«Mehnat sotsiologiyasi» fani mehnatga oid sotsiologik va nosotsiologik yo’nalishdagi
fanlar bilan chambarchas bog’liq. Binobarin, ular o’rganadigan soha, aksariyat hollarda,
«Mehnat sotsiologiyasi»da o’rganiladigan muammolar bilan muvofiq keladi, chunki
ularning ko’plari «Mehnat sotsiologiyasi» doirasida rivoj topadi. Ammo, shuni ham eslatib
o’tish kerakki, hozir bu fanlar ushbu fan mavzusiga kiritilmay qo’yilgan muammolarni
ko’tarmoqda. Masalan, «Kasblar sotsiologiyasi» doirasida u yoki bu kasbning o’rni va
5
ahamiyati, xodim uchun istiqbolliligi, jamiyatning kasb strukturalari statiklari va
dinamiklari, kasb tanlash motivlari, kasblarning nufuzi, kasbiy madaniyat muammolari,
turli kasb uyushmalarining o’zaro aloqalari o’rganilayotir. «Sanoat sotsiologiyasi»
sanoatning ijtimoiy muammolarini uch bosqichda o’rganadi. Bular umumiy (jamiyatdagi
industrial munosabatlar), xususiy yoki tarmoq (sanoatdagi ijtimoiy hodisalar va
jarayonlarga yo’naltirilgan) hamda, korxona doirasidagi ijtimoiy hodisalarga (korxona
doirasida «insonlararo munosabatlar») oid bosqichlardir. «Tashkilotlar sotsiologiyasi»
tashkilotda ishlab chiqarishni boshqarish tuzilmalari, rasmiy va norasmiy guruhlar,
boshqarish va ijro etish tizimi, adaptatsiya, yetakchilik, martaba kabilarni o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |