«Mehnat iqtisodiyoti» iqtisodiy qonunlarning mehnat sohasida amal qilish mexanizmini,
ularning mehnatni ijtimoiy tashkil etishda namoyon bo’lish shallarini o’rganadi. Zero,
qiymatni yaratish jarayonining o’zi iqtisodiyotni qiziqtiradi. «Mehnat sotsiologiyasi»
ishlovchi inson organizmining funktsional tadqiq qiluvchi «Mehnat fiziologiyasi» bilan
mustahkam bog’liqdir. Bu har ikkala yo’nalish mehnatning bir xilligi xos bo’lgan salbiy
oqibatlarni bartaraf etish yo’llarini ishlab chiqadi. Sotsiologlar xodimlarning mehnat
adaptatsiyasini boshqarar ekanlar, fiziologlarning mehnat bo’yicha ko’nikmalar, mahorat,
bilimlarni shakllantirish qonuniyatlari, xodimlarda kasbiy jihatdan muhim sifatlarni ishlab
chiqish charchashni kamaytirish va butun ish vaqti mobaynida mehnat unumdorligini
yuqori darajada saqlash to’g’risidagi tavsiyalaridan foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |