«Mehnat huquqi» mehnat munosabatlarining yuridik tomonini belgilab beradi va
mehnat sohasidagi xulq-atvorni nazorat qilish orqali amalga oshiradi.
Mehnat tushunchasi, uning mazmuni va xususiyati.
«Mehnat» tushunchasi fiziologik nuqtai nazardan aytilganda-bu organizmda
yig’ilib qolgan hayot energiyasi tufayli sodir bo’ladigan asab va mushaklar xarakati,
hamda oqsil moddalarning mexanik ishga kirishuv jarayonidir. Ayni vaqtda, mehnat–bu
murakkab ijtimoiy–psixologik jarayon bo’lib, u kishilarning yashashi uchun shart bo’lgan
abadiy tabiiy zaruriyat.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |