1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi

 
3-mavzu: Mehnat faoliyatining sabablari. 
 
Reja: 
1.Ehtiyoj va qiziqishlar mehnat xulqi omili sifatida  
2.Sabablarni asoslash jarayonida qadriyatlar va qadriyatli yo’nalishlar. 
3.Mehnat xulqi sabablarining tuzilishi 
 
Tayanch iboralar: 
 
ehtiyoj;  fiziologik,  ekziztentsional,  ijtimoiy,  obro’-e’tiborli  bo’lishga  ehtiyoj  va  shaxsiy 
ma’naviy  ehtiyojlar;    o’zini-o’zi  hurmat  qilishga,  o’zini-o’zi  qaror  toptirishga,  e’tirof 
etilishiga;  o’zini-o’zi  namoyon  qilishga;  faollikka,  naslni  davom  ettirishga,  dam  olish  va 
bo’  shvaqtga,  o’zini-o’zi  saqlashga,  barqarorlikka,  muomalada  bo’lishga,  ijtimoiy 
mavqyega  ega  bo’lishga,  ijtimoiy  birdamlikka  bo’lgan  ehtiyoj;  qiziqish;  moddiy  va 
nomoddiy qiziqishlar; qadriyatlar; ijtimoiy ideallar; normalar; mehnat sohasidagi sabablar; 
sabablar o’zagi. 
 
Ehtiyoj va qiziqishlar mehnat xulqi omili sifatida. 
Ehtiyoj-bu shaxsning  yashashi  va o’zini-o’zi saqlash  uchun zarur bo’ladigan  vosita 
va shart-sharoitlarni yaratish to’g’risida g’amxo’rlik qilishi, yashash muhiti bilan barqaror 
muvozanatni  saqlashga  intilishidir.  Ehtiyojlar  ierarxiyasini  (pog’onasini)  amerikalik 
psixolog  A.Maslou  ancha  to’liq  va  muvaffaqiyatli  tarzda  ishlab  chiqqan  bo’lib,  u  mehnat 
xulq-atvor  sabablarining  besh  darajasi  yoki  guruhini  muayyan  vaqtda  ustunlik  qiluvchi 
ehtiyojlarga  ko’ra  ajratadi:  1.Odamlarning  takror  ko’payishi,  oziq-ovqat,  nafas  olish, 


 
23 
jismoniy  harakat,  kiyim-bosh,  uy-joy,  dam  olish  va  hokazolarga  bo’lgan  fiziologik  va 
jinsiy ehtiyojlari. 2.Ekzistentsional ehtiyojlar-turmushning xavf-xatarsiz bo’lishiga ehtiyoj, 
ertangi  kunga  ishonch,  hayot  faoliyatining  barqarorligi,  insonni  qurshab  turgan 
sotsiumning  muayyan darajada doimiy va  muntazam bo’lishiga ehtiyoj, mehnat sohasida 
esa  kafolatlangan  bandlikka,  baxtsiz  hodisalardan  sug’urtalanishga  va  shu  kabilarga 
bo’lgan  ehtiyojdir.  3.Jamoaga  bog’liqlika,  unga  mansublikka,  muomalada  bo’lishga, 
boshqalar  to’g’risida  g’amxo’rlik  qilishga,  o’ziga  e’tibor  berilishiga,  birgalikdagi  mehnat 
faoliyatida  ishtirok  etishga  bo’lgan  ijtimoiy  ehtiyoj.  4.  O’z-o’zini  hurmat  qilinishi,  obro’-
e’tiborili    bo’lishiga  ehtiyoj-  bu  qadr-qimmatning  e’tirof  qilinishi,  xizmat  sohasida 
o’sishiga, jamiyatda maqomi, nufuzi ortishiga, tan olinish va munosib baholanish ehtiyoji. 
5.Shaxsiy,  ma’naviy  ehtiyojlar  o’zining  ijod  orqali  faollashuvi,  o’zini  namoyon  qili 
olishida ifodalanadi. 
 
A.Maslou  ehtiyojlarning  dastlabki  ikki  turini  boshlang’ich    (tug’ma),  qolgan 
uchtasini ikkilamchi (hosil qilingan) ehtiyojlar, deb atagan. 
 
Ehtiyojning  sotsiologiyada  har  xil  nuqtai  nazarlardan  o’rganiladigan  va  hisobga 
olinidagan ijtimoiy va ahloqIy turlari mavjud. Ular orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish 
mumkin:-o’z-o’zini hurmat qilishga ehtiyoj (ma’qullanish va obro’-e’tibor, o’ziga nisbatan 
boshqalarning  ijobiy  munosabatda  bo’lishi  tufayli  mehnatda  yuqori  miqdo  rva  sifat 
ko’rsatkichlariga  erishish);  -  e’tirof  etilishiga  ehtiyoj  (mehnat  xulq-atvorining  o’zining 
kasbga  yaroqligi  va  qobiliyatli  ekanligini  isboblashga  qaratilishi);-o’z-o’zini  namoyon 
qilishga  bo’lgan  ehtiyoj    (ishga  ijodiy  munosabatda  bo’lish  asosida  ishda  yuqori 
ko’rsatkichlarga  erishish,  ish  qandaydir  g’oyalar  va  bilimlarga  ega  bo’lish  vositasi 
sifatida);-faollikka ehtiyoj (faollik orqali  intilish); -naslni davom ettirishga va o’z-o’zidan 
ko’payishga bo’lgan ehtiyoj (ishda oilasi va qarindosh-urug’larining, yaqinlarining yaxshi 
kun  kechirishi,  ularning  jamiyatda  martabasi  ortishiga  ahamiyat  berish,  mehnat  natijalari 
orqali yaratilgan va nimanidir meros qilib berishga intilishni amalga oshirish); -dam olish 
va  bo’  shvaqtga  bo’lgan  ehtiyoj  (kamroq  ishlab,  ko’proq  bo’  shvaqt  bo’lishini  afzal 
ko’rish,  ishni  yashashni  asosiy  maqsadi  emas,  balki  qadriyat,  deb  bilish);  -o’zini-o’zi 
saqlashga ehtiyoj (kamroq va yaxshiroq sharoitda ishlashga ehtiyoj, o’z sog’lig’ini saqlash 
maqsadidi  kamroq  haq  olishga  ham  rozi  bo’lish);  barqarorlikka  ehtiyoj  (ishni  mavjud 
turmush  tarzini,  erishilgan  to’kinlik  darajasini  saqlab  qolish  usuli  sifatida  idrok  etish, 
tavakkalchilikni yoqtirmaslik); -muomalada bo’lishga ehtiyoj (mehnat faoliyatini odamlar 
bilan  aloqada  bo’lish  sharti  va  sababi,  deb  bilish);  -ijtimoiy  mavqyega  ega  bo’lishga 
ehtiyoj    (mehnat  faoliyatini  mansabga  erishish  maqsadlariga  bo’ysundirish,  mansab, 
boshqalar bilan o’zaro munosabatda bo’lishga xulq-atvorning asosiy hal qiluvchi omili); -
ijtimoiy  birdamlikka  ehtiyoj  (hamma  bilan  birdek  bo’lishga  istak,  halollik,  ish  joyidagi 
sheriklik, hamkasblar oldida javobgarlik sifatida). 
 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish