50
10-mavzu.Ortish-tushirish vositalari
Reja:
1. Mexanik yuklagichlar tasnifi.
2. Vilkali elektr yuklagichning tuzilishi va vazifasi
3. Vilkali avtoyuklagichlarni tuzilishi va vazifasi
4. Mexanik yuklagichlaming almashinish yuk ilib olish moslamalari
5. Bir kovshli yuklagichlarni tuzilishi va vazifasi
6. Mexanik yuklagichlarning unumdorligini
va ularning yuritmasidagi
kuvvatini hisoblash
Tayanch so’z va iboralar: mexanik yuklagichlar; vilkali elektr yuklagich; bir
kovshli yuklagich; o‘rmalovchi zanjirli o‘zi yurar; nominal yuk
ko‘tarish; kichik gabaritli yukori manyovrli vilkali elektr
yuklagichlar.
1.
Mexanik yuklagichlar tasnifi.Mexanik yuklagichlar
g‘ildirakli yoki
o‘rmalovchi zanjirli o‘zi yurar, elektr dvigatellardan yoki ichki yonuv
dvigatellardan xarakatlanuvchi mashinalardir. Elektr dvigatellardan
xarakatlanuvchi mexanik yuklagichlar elektr energiyani o‘zida joylashgan
akkumulator batareyalaridan yoki yumshok kabel orkali tashki elektr tarmog‘idan
oladilar. Ichki yonuv dvigatelli mexanik yuklagichlar karbyuratorli yoki dizel
dvigatelli bo‘lish mumkin.
Xarakatga keltiruvchi energiya manbasiga ko‘ra mexanik yuklagichlar elektr
yuklagichlarga va avtoyuklagichlarga, ishchi organlarining
konstruksiyasiga
muvofik esa vilkali va kovshli yuklagichlarga bo‘linadilar. Vilkali
yuklagichlarning asosiy ishchi organi vilka bo‘lib uning yordamida yuklagich
donali yuklarni o‘ziga olib, bir joy dan ikkinchi joyga eltib beradi. SHuningdek,
vilkali yuklagichlar kovsh, greyfer va boshka ilib oluvchi ko‘shimcha almashinish
moslamalar bilan xam jixozlanishi mumkin. Bir kovshli
yuklagichlarning asosiy
ishchi organi kovsh bo‘lib, asosan, sochiluvchan va to‘kiluvchan yuklarni
xarakatdagi sostavlarga ortishda ishlatiladi. Lekin bir kovshli yuklagichlar xam
boshka turdagi ilib oluvchi ko‘shimcha almashinish moslamalar bilan xam
jixozlanishi mumkin.
Vilkali elektr va avtoyuklagichlar universal va maxsus turlarga bo‘linadilar.
Universal vilkali yuklagichlar normal turdagi va yukori manyovrli kichik gabaritli
rusumlarda ishlab chikariladi. Normal turdagi yuklagichlar barkaror bo‘ladilar va
burilish (aylanish) radiuslari kattarok bo‘lishi bois yukori tezliklarda xarakatlanishi
va yukni ko‘tarishi mumkin xamda bunday yuklagichlar
ancha yukori balandlikka
yukni ko‘tara oladilar. Normal turdagi yuklagichlar elektr sig‘imi katta bo‘lgan
akkumulyator batareyalari bilan jixozlanadilar.
Kichik gabaritli yukori manyovrli vilkali elektr yuklagichlardan tor, tang,
tiqilinch ombor sharoitlarida ishlashda va yopik vagonlarga yuklarni ortish va
ulardan yuklami tushirishda foydalaniladi. Bu yuklagichlar kichikrok gabarit
51
o‘lchamlarga ega xamda ularning xarakatlanish va yuk ko‘tarish tezliklari kamrok.
Kichik gabaritli yukori manyovrli vilkali elektr yuklagichlarning burilish
radiuslarini kichik bo‘lishi, tor va tang ombor binolari xamda yopik vagonlar
ichida ularni epchillik bilan xarakat kilishini ta’minlaydi. Uzun o‘lchamli, yirik
gabaritli yuklami
ortish-tushirish va tashishda, yuklami konteynerlarga ortish va
tushirishda, kema tryumlarida ishlashda, yuklami yukori balandliklarga (6m va
undan ortik) taxlashda va uzok masofalarga (100 m va undan ortik) yuklami
eltishda maxsus vilkali yuklagichlardan foydalaniladi. YUklami uzok masofalarga
tashiydigan vilkali transport yuklagichlami g‘ildirak bazasi keng, g‘ildiraklari
pnevmashinali, xarakat tezligi yukori va dvigatel kuvvati katta bo‘ladi.
Vilkali yuklagichlarni ishchi organlari yuklagichlarni oldi kismida (frontal)
va yon kismida joylashgan bo‘lishi mumkin. Elektr
yuklagichlarni nominal yuk
ko‘tarishi 0,75; 1,0; 1,25;
2,0 tonna, avtoyuklagichlarni 1,0; 2,0; 5,0; 10,0 va 25,0 tonnagacha, yuk
ko‘tarish balandligi esa 1,8; 2,0; 2,8; 3,0 va 4,5 metrgacha bo‘ladi. Vilkali
yuklagichlarni tashki gabarit bo‘yicha eng kam burilish radiusi ularning
manyovrligida katta axamiyat kasb etadi. Bu radiuslar elektr yuklagichlar
uchun1,1metrdan 3,5 metrgachani va avtoyuklagichlar uchun 1,7 metrdan 7,5
metrgachani tashkil etadi.
Bir kovshli yuklagichlar frontal, yarim buriluvchan
va traktor kurakli
turlarga bo‘linadi. Frontal yuklagichlar oldi tomonidan kovshni yuk bilan
to‘lg‘azib, oldi tomonidan kovshdagi yukni to‘kadi. YArim buriluvchan
yuklagichlar esa oldi tomonidan kovshni yuk bilan to‘lg‘azib yon tomoniga
kovshdagi yukni to‘kadi. Traktor kurakli yuklagichlar esa kovshni oldi tomonidan
yuk bilan to‘lg‘azib tepaga gorizontal xolatgacha ko‘taradi va orkaga xarakatlanib
ma’lum bir
masofaga yukni eltib, kovshni traktor ustidan olib o‘tib orka tomoniga
to‘kadi.
Bu mashinalar sanoatda seriyali ishlab chikarilayotgan o‘rmalovchi zanjirli
va g‘ildirakli traktorlar bazasi asosida yaratilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: