statik va
dinamik usullarga
klassifikatsiyalanadi.
Ekstraksiyalashning statik usulida xom ashyoga vaqti-vaqti bilan ekstragent quyilib turadi
va ma‘lum vaqt tindiriladi.
Ekstraksiyalashning dinamik usulida esa yoki ekstragentni yoki ekstragent va xom
ashyoni doimiy ravishda almashtirib turilishi ko‗zda tutiladi.
Ularni o‗z navbatida davriy usullarga bo‗linadi. Bir yoki bir necha bo‗lak xom ashyoni
ekstraksiyalash ma‘lum vaqt oralig‗ida olib boriladi, ya‘ni ektraksion apparatlarga xom ashyoni
uzatilishi (ekstragent va/yoki o‗simlik materiali) davriy amalga oshiriladi
Statik davriy usullarga quyidagilar kiradi:
− bir pog‗onali −
matseratsiya − va ko‗p pog‗onali −
rematseratsiya, davriy ajratib olishli
serkulyasiya usuli (bu to‗g‗ridan−to‗g‗ri oqib chiquvchi ko‗p pog‗onali usuldir).
− ko‗p pog‗onali oqimga qarshi usul − davriy ajratib olishli
reperkolyasiya. Dinamik davriy usullarga − bir pog‗onali −
perkolyasiya va ko‗p pog‗onali − tugallangan va
tugallanmagan siklli
reperkolyasiya usullari kiradi.
Dinamik usullar ichida ayniqsa uzluksiz (xom ashyoni uzluksiz uzatiladigan) − tug‗ri oqib
chiquvchi (ekstragent va material bir oqimda) va oqimga qarshi (ekstragent va o‗simlik materialiga
nisbatan faol oqim) usullar ajratib ko‗rsatiladi.
Ekstraksiyalashning alohida usullarini o‗ziga xosliklarini ko‗rib chiqamiz. Ekstratsiyalashning eng oddiy usullari bu statik usullar bo‗lib, ular ichida eng oddiy usul bu −
tindirish, matseratsiya usulidir (lot. macerare – namlash, bo‗ktirish), bu usul ekstrakt va tindirmalar
(nastoykalar) olishda qo‗llaniladi.
Rematseratsion va qisman bismatseratsion usullar ancha murakkabroq usullar bo‗lib (bir necha
bor tindirish), quyuq va quruq ekstraktlarni ishlab chiqarishda keng qo‗llaniladi.
Xozirgi vaqtda matseratsiya o‗zining «mumtoz» ko‗rinishida ishlab chiqarish jarayonining
intensifikatsiyasiga etarli darajada javob bermaganligi uchun, kam xollarda qo‗llanmayapti.
Diffuziyaning
barcha
ko‗rinishlarini maksimal dinamikasini oshirgan xolda
matseratsiyaning yangi shakllari kashf etilmoqda va ishlab chiqarishga joriy etilmoqda.
Matseratsiyaning ana shunday modifikatsiyalangan usullaridan, bular:
1. Girdobli ekstraksiya − turboekstraksiya;
2. Ultratovush ishtirokidagi ekstraksiya (akustik);
Z. Elektroimpulsli va xom ashyoni impulsli qayta ishlashning boshqa usullari;
4. Markazdan qochuvchi ekstraksiya va b.q.