Xom ashyoni bo‗kish tezligini va xajmi (xom ashyoni bo‗kish xajmi xom ashyoni ekstragentni
yutish tezligini belgilab beradi, bu o‗z navbatida ekstraksiya jarayonining boshida massa almashinuv
konstantasiga ta‘sir etadi);
-
Ekstragentni xom ashyoga yutiluvchanligi (yutiluvchanlik xom ashyo tomonidan bo‗kish
davrida va undan so‗ng shimib olingan ekstragentni miqdorini aniqlab beradi);
-
Zichlik, xom ashyoning xajmiy va sepiluvchan massasi, g‗ovakliligi (quruq va bo‗kkan xom
ashyo egallagan xajmni aniqlashga yordam beradi, bu o‗z navbatida xom ashyo va ekstragentningzarur
nisbatini, xom ashyoni bo‗kishdagi ichki va tashqi suyuqligini xajmini o‗zgarishini, tashqi va ichki
suyuqlikni xajmi o‗zgarganda moddalar konsentratsiyasini aniqlab beradi).
-
Xom ashyo maydalanganlik darajasi (maydalanganlik darajasi xom ashyo zarrachalarini
xajmini tavsiflaydi. Xom ashyo zarrachalari va ekstragent orasidagi birikish yuzasini oshishiga sabab
bo‗ladi. Maydalanganlik darajasi elaklash taxlili orqali aniqlanadi va turli fraksiyalarning
maydalanganlikning turli darajasining miqdori bilan ifodalanadi. Ammo, har doim ham maydalash
so‗nggi maxsulotni chiqishini oshirmaydi);
−
yuvilish koeffitsienti (parchalangan hujayralardan yuvilib chiqadigan moddalarning miqdori
hisoblanadi, uning asosida ekstraksiyalash jarayonining birinchi bosqichi intensivlik darajasi
aniqlanadi);
-
Xom ashyo ichidagi moddalarning diffuziya koeffitsienti (xom ashyodan ekstraksiyalash
jarayonining tezligi aniqlanadi).
EKSTRAGENT VA XOM ASHYO ZARRACHALARI ICHIDAGI MASSA ALMASHINUV JARAYONLARIGA TA‘SIR ETUVCHI OMILLAR -
Konsentratsiyalar farqi (xarakatlantiruvchi kuch);
-
Gidrodinamik sharoitlar;
- Xarorat (xarorat oshishi bilan ekstragentni o‗simlik materialining ichiga kirish xarakati oshib
boradi. Qizdirish natijasida bo‗kish vaqti 2-3 baravar qisqaradi., bu o‗z navbatida ishlab chiqarish
jarayonini qisqartiradi. Dori vositalarini ekstraksiyalashda ularning termolabilligi va boshqa o‗ziga
xosliklarini inobatga olish zarurdir);
- eritma qovushqoqligi
- Davomiyligi (ko‗p vaqt davom etuvchi ekstratsiya ko‗pgina xollarda zararlidir va iqtisodiy
jixatdan o‗zini oqlamaydi.)
Konsentratsiyalar farqi diffuzion jarayonning bosh omili hisoblanadi, ekstraksiya vaqtida
konsentratsiyalarning maksimal farqiga erishmoq zarur.
Agarda, ekstragent zarracha atrofida xarakatsiz xolatda bo‗lsa, ekstratsiyalanadigan
moddalarning yuqori konsentratsiyasi to‗planadi, bu esa konsentratsiyalar farqini pasayishiga olib
keladi va natijada xarakatlanuvchi kuchni pasayishiga sabab bo‗ladi.
Ajratish fazasining chegarasida konsentratsiyalar farqining yuqori darajasi