unumdorligini oshirish va saqlab qolishga qaratilgan tadbirlaming
yagona yo'nalishda olib borilishi kabilar hisoblanadi.
Tabiiy sharoitga bogiiq boigan
tuproqning ichki asosiy
xossalariga qarab tiplar odatda ekologik-genetik sinflarga birlash-
tiriladi. Ana shunday xossalarga tuproqning issiqlik tartibi, tuproq
paydo boiishining bioenergetik xususiyatlari va atmosfera
yoginlariga ko‘ra tuproq - suv tartibining o‘zgarishi singarilar
kiradi. Tuproqning ekologik - genetik sinflari bilan dehqonchilik,
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligining o‘ziga
xos geografik
xususiyatlari bog‘liq boiadi.
Har bir ekologik - geografik tiplar sinfidagi tuproqlar 4 ta
genetik qator (avtomorf, yarimgidromorf, gidromorf, qayir-
allyuvial)ga boiinadi. Tuproqlaming gidrologiyasiga asoslangan bu
qatorlar qishloq xo‘jaligida tuproqlardan samarali foydalanishda
katta amaliy ahamiyatga ega.
Hozir 0 ‘zbekistonda tuproqlaming 22 tiplari va 59 tipchalari
(B.V.Gorbunov, N.V.Kimberg, 1962) ajratilgan. Ulaming ba'zilari
avvaldan ma’lum va yaxshi o‘rganilgan boisa-da,
ayrimlari kam
tadqiq qilingan. Tuproqlar tizimi i tartibida tuproq tipidan quyi (past)
boigan taksonomik birliklar: tipcha, avlod (rod), tur, xil va
razryadlar ham ajratiladi.
Tipcha - tuproq tiplari orasida ajratiladigan taksonomik birlik
boiib,
asosiy hamda qo‘shimcha tuproq paydo qiluvchi
jarayonlaming borishida ayrim sifatiy farqlar bilan xarakterlanadi.
Tipchalarga boiayotganda tuproq paydo qiluvchi jarayonlaming
zonal (shimoldan janubga qarab) o‘zgarishi bilan birga fatsial
(sharqdan g‘arbga qarab) o‘zgarishi ham e’tiborga olinadi. Masalan,
g‘arbdan sharqqa borgan sari tuproqning issiqlik, suv tartibi keskin
o'zgaradi va bu o‘z navbatida tuproqning
agronomik xossalariga
ta’sir qiladi hamda ekinlarning turlarini tanlab ekishni va maxsus
agrotexnikani qoilashni taqozo etadi.
Avlod - tipchalar orasida tuproq guruhlarini o‘ziga bir-
lashtiradi. Tuproqlaming genetik xususiyatlari ko‘plab mahalliy
sharoitlaming tuproq paydo boiish jarayonlariga ta’siri natijasida
yuzaga keladi. Ona jinslarning tuzilishi va xossalari, sizot
suvlarining kimyoviy tarkibi kabi omillar natijasida tuproqlarda
57
sho‘rxoklanish, sho‘rtoblanish va karbonatlanish
singari jarayonlar-
ning borishi ro‘y beradi.
Tur
- avlodlar orasida ajratiladigan tuproq guruhlari boiib,
tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning borish jadalligiga ko'ra
ajratiladi. Masalan, podzollanish jarayonlarida gumus to'planishi-
ning jadalligi va uning chuquriigi, sho‘rlanish, eroziyalanish
darajasi singarilar turlami belgilovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Demak, tur tuproq paydo boiish jarayonining miqdor jihatlarini aks
ettiradi. Masalan, o‘rtacha va kam gumusli oddiy qora tuproq
atamasida avlod ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: