G'ovaklik tuproqning mexanik tarkibiga, tuzilmasiga, tuproq
jonivorlarining faoliyati
va organik moddalar miqdoriga, hayda-
ladigan yerlarda esa, yerni ishlash hamda tuproqni madaniylashtirish
usullariga bogiiq.
Tuproqda qanchalik boiakchalar ko‘p boisa, ular shunchalik
g‘ovak joylashadi va aksincha, tuzilmasiz
tuproqlarda esa mexanik
elementlar, qanday shaklda joylashishiga qaramay ular zich boiadi
va natijada umumiy g‘ovaklik keskin pasayadi. Odatda, gumusga
boy, tuzilmali tuproqlar eng katta g‘ovaklikka ega boiadi. Bunday
tuproqning ustki qatlamida umumiy g‘ovaklik 50-70
%
ni tashkil
etishi mumkin. Bu birinchidan, tuproqda katta g‘ovakliklar, har xil
hasharot
va hayvonlaming inlari, ildizlar qoldirgan bo‘shliqlar
hisobiga boisa, ikkinchidan, tuproqning har xil katta-kichiklikdagi
boiakchalarining g‘ovak joylashishi hisobiga boiadi. G‘ovaklik
tuproqning pastki qat iam lari da kamayib boradi.
Tuproqdagi hamma teshiklarning uning hajmiga nisbatan
olingan jami yigindisiga (% hisobida), umumiy g‘ovaklik deyiladi.
Tuproqning kapillyar suv bilan band boigan g‘ovaklari yigindisiga
kapillyar g‘ovaklik deyiladi. Nokapillyar g‘ovaklik esa umumiy
g‘ovaklik bilan kapillyar g'ovaklik o‘rtasidagi
farqni ifodalaydi va
hamma vaqt havo bilan band boiadi.
Tuproqning solishtirma va hajm ogirligi hamda g‘ovakligi uning
umumiy fizik xossalari deb yuritiladi. Tuproqning unumdorligini
oshirish, albatta mana shu umumiy fizik xossalarga bogiiq boiadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, tuproqning hajm ogirligini o‘z-
garishi, g‘ovakligi undagi suvga chidamli agregatlarning boiishiga
bogiiqdir. Binobarin, gumusga boy va tuzilmali tuproqlarda kapil-
lyarsiz va kapillyar bo‘shliqlar hamma vaqt mavjud.
Ular meyoriy
havo va suv almashuvini ta’minlab turadi. O g ir mexanik tarkibli va
tuzilmasiz tuproqlarda esa mikrobo‘shliqchalar ko‘p boiadi, ularda
suv va havoning erkin harakati juda past boiadi. Tuproqning fizik
xossalarini yaxshilashning bosh y o ii - agrotexnik talablarga javob
beradigan ishlov jarayonini amalga oshirish hisoblanadi.
Tuproqning fizik-mexanik xossalari. Tuproqqa sifatli ishlov
berish hamda o‘simlik ildizlarining tuproqning
turli qatlamlariga
kirib borishi uning plastikligi, yopishqoqligi, ko'pchishi, cho‘kishi,
52
ilashimligi, qattiqligi, solishtirma qarshiligi va fizikaviy yetilishi
- kabi fizik-mexanik xossalariga bog‘liq boiadi.
Fizik-mexanik xossalar, birinchidan tuproqning xususiyatlarini
o‘zida
aks ettirsa, ikkinchidan tuproqqa ishlov berish nuqtayi
nazaridan uni baholashda muhim rol o‘ynaydi. Bu xossalarni
o'rganish tuproqqa ishlov berishda qoilaniladigan xilma-xil ishlov
qurollarini joriy qilishda katta ahamiyatga ega. Haydov mashinalari,
ayniqsa ulaming ishchi qismlari,
tortish kuchi, ishlov berish uchun
sarf boiadigan yoqilgi miqdori yoki tuproq tuzilmasini saqlash
uchun kerakli namlik chegarasi, unga ishlov berish va boshqa
shunga o‘xshash muhim texnologik jarayonlar
tuproqning fizik-
mexanik xossalariga bogiiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: