II BOB. TUPROQLARNING TASNIFI, TASHXISI VA
UNUMDORLIGI
2.1. Tuproqlarni tasniflash
Yer yuzasi tuproq qoplami, o‘zining murakkab tuzilishi va
xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Tuproqlarni
o‘rganishda va
ulardan
oqilona foydalanishda, ulami to‘g‘ri aniqlash, ya’ni tasnif
lash muhim ahamiyatga ega.
Tuproqlarni o‘xshash belgilari, kelib chiqishi va unumdorligi
kabi xususiyatlariga ko‘ra muayyan guruhlarga birlashtirishga
tuproq tasnifi deyiladi.
Tuproqlarni tasniflashda ekologik — genetik, morfogenetik,
evolyutsion - genetik, tarixiy - genetik hamda g‘arbiy
Yevropacha
yondoshuvlar mavjud8.
Tuproqlarni ilmiy jihatdan tasniflash ulaming genetik
xossalariga asoslangan boiib, bu tasnif quyidagilami: tuproq paydo
bo‘lishining barcha shart-sharoitlari va jarayonlarini, tuproqlaming
hududlar bo‘yicha tarqalishini va tuproqlaming ishlab chiqarish
vositasi jihatidan ahamiyatli bo‘lgan (biologik, fizik va kimyoviy)
xossalarining umumiy tavsifmi aks ettirishi lozim. Tuproqlarni
tasniflash muammolari tuproqlar
geografiyasidagi dolzarb va
munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Fanning rivojlanishi va
yangi ilmiy dalillaming to‘planishi natijasida ilgari tuzilgan, bunday
qaraganda ilmiy asoslangan tasniflarga ayrim qo‘shimchalar kiritish
yoki ularni qayta toidirish zarur bo‘ladi. Bu muammolar qishloq va
o‘rmon xo‘jaligi talablari asosida ham yuzaga keladi. Ilmiy tasnif
fanning hozirgi holatini aks ettiradi. Ilm-fanning rivojlanishi bilan
tuproqlar tasnifi ham murakkablashib borishi tabiiy hoi.
V.V.Dokuchayevning tavsiya etgan tasnifida, asosiy birlik sifa-
tida tuproqlaming genetik tiplari olingan. 1890-yilda V.V.Doku
chayev tomonidan ishlab chiqilgan tuproqlar tasnifi geografik-
s Krasilnikov, P., Carre, F. & Montanarella, L (eds.) Soil geography and geostatistics. European Communities, 2008.
54
genetik tamoyil asosida tuzilgan boiib,
bunda tuproqlar uchta
sinfga boiinadi va har bir sinf, o‘z navbatida tuproqlaming qator
genetik tiplarini o‘z ichiga oladi. Bunda:
A -
meyoriy yoki zonal tuproqlar sinfi, unda yettita tuproq
tiplari ajratiladi;
Б -
о ‘tuvchi tuproqlar sinfida uchta tuproq tiplari;
С -
anormal (meyoriy bolmagan) tuproqlar sinfida uchta
tuproq tiplari ajratiladi.
V.V.Dokuchayevning tuproqlar tasnifi, uning shogirdi N.M.Si-
birsev tomonidan rivojlantirildi. N.M.Sibirsev
barcha tuproqlami
zonal, intrazonal va azonal kabi tuproq sinflariga bo‘lishni tavsiya
etadi. Bu tasnifdagi tuproq sinflari ham tiplarga, tipchalarga va
guruhlarga ajratiladi.
V.V.Dokuchayev va N.M.Sibirsevlaming genetik tasnifi ho-
zirga qadar o‘z mohiyatini yo‘qotmagan va jahonning barcha
mamlakatlarida qabul qilingan hamda
shu asosda qator yangi
tasniflar ishlab chiqilgan.
Tuproqlami tasniflash muammolari mashhur tuproqshunoslar:
P.S.Kossovich (1910), K.D.Glinka (1925), S.S.Neustruev (1925),
K.K.Gedroys (1927) va keyinchalik Ye.N.Ivanova va N.N.Rozov,
I.P.Gerasimov, A.A.Zavalishina va boshqalar tomonidan tadqiq
qilindi va yangi tasnifni ishlab chiqishda S.A.Shuvalov, N.V.Kim-
berg, B.V.Gorbunov va A.Z.Genusovlarning ham xizmatlari katta
boidi.
Respublikamizda qishloq xo‘jaligining yanada rivojlanishi,
vatanimizning yer fondlarini atroflicha o‘rganish, har bir xo4jalik
uchun mukammal tuproq xaritalari hamda yagona umumdavlat yer
kadastrini tuzish vazifalarini qo‘yadi. Bu yangi vazifalar tuproqni
tasniflash masalalarini qayta ko‘rib chiqish
va yangi tasnif ishlab
chiqish masalasini qo‘ydi. Tuproqshunos olimlarimizning ko‘p
yillik izlanishlari, tajribalari natijasida 1967 yilda tuproqlaming
yangi tasnifiga taalluqli „Tuproqlami tasnifi va diagnostikasi”ga
doir qoilanma nashr etildi, keyinchalik esa 1977 yilda nashr etilgan
,,MDH tuproqlarining tasnifi va diagnostikasi” qoilanmasida
tasniflashning yangi tizimi berildi. Unda MDH dagi 80 ga yaqin
tuproq tiplarining taksonomik (tuproq taksonomiyasi - turli
tuproqlaming guruhlarga boiinish birliklari tizimi) birliklari asosida
55
bo‘linishi va tashxisi diagnostikasi berilgan. Qo4llanmada tuproqlar
genetik tiplarining ro‘yxati, tuproq
tiplarining ancha kichik
taksonomik birliklari, tuproq tipchalarining fatsial (iqlim sharoitiga
ko‘ra) bo‘linishi va tuproqlar tashxis belgilarining qisqacha tavsifi
yoritilgan. Tuproq tasnifini o‘rganishning qulay bo‘lishi uchun qo‘l-
lanmada har bir tuproq tipining qaysi genetik qator va ekologik -
genetik sinfga kirishi ko‘rsatilgan. Bu yangi tasnifda ham tup
roqning genetik tiplari asos qilib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: