1. "Al-izoh" jurnali . . . ning nashriy organi hisoblangan.*"Sho’royi Ulamo"
2. "Birlik va taraqqiyot" partiyasi a’zolarining yevropacha nomini belgilang. *yosh turklar
3. "Kitob at-tavhid" asari muallifini aniqlang. *Abu Mansur al-Moturidiy
4. "Mehnat xartiyasi" nomli hujjat qabul qilingan mamlakat tarixida 1861-yilda sodir bo’lgan voqeani toping.*Birlashgan qirollik tashkil topdi.
5. "Ost-Indiya" kompaniyasi Hindistonning Sind viloyatini bo’ysundirgan yilda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Qo’qon xonligi elchilari Xivaga keldi.
6. "Vatanparvarlik ittifoqi" deb nomlangan fashistik partiya tuzilgan davlatda 1986-yilda yuz bergan voqeani aniqlang. *Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo’ldi.
7. "Yangi usmonlilar harakati" ning ilg’or demokratik g’oyalari targ’ibotchisiga aylangan gazeta nomini ko’rsating. *"Ibrat"
8. “Avesto”ning 2700 yilligi keng nishonlangan yilni aniqlang?*2001 yil
9. “Buyuk chekinish” rus armiyasining og’ir talofotlar bilan chekinishi bo’lib, bu qachon yuz bergan edi? *1915-yilda
10. “G’alabadan xabar beruvchi shohnoma” asarining muallifini toping. Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy
11. “Ittifoqning nima ekanligini, yolg’iz o’z manfaati, shaxsiyati yo’lida bir-birini yeb-ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog’idan yo’qolmay turib bizning odam bo’lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holatda ketadigan, bir-birimizning tagimizga suv quyadigan bo’lsak, yaqindirki podsho istibdodi Turkistonimizni egallar”, degan fikrlar qaysi asarda keltirilgan? *“O’tgan kunlar”
12. “Kontributsiya”, “konsentratsiya” atamalari qaysi tildan olingan? *lotin
13. “Markaziy Osiyo Hamdo’stligi” (MOH) qayerda, qachon va nechta davlat ishtirokida tashkil etildi?*Toshkentda; 1993-yil yanvar; 5 ta davlat
14. “Milliy kongress inqilobdan arzonroq” degan fikr kim tomonidan aytilgan? *Dafferin
15. “Monopoliya” (1), “kartel” (2), “sindikat” (3) atamalarining qaysi tillardan olinganligini aniqlang. *(1)-yunon; (2)- italyan; (3)-yunon;
16. “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo’lgan buyuk alloma ismini aniqlang. *Abu Mansur al-Moturidiy
17. “O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risida”gi Prezident Farmoni qachon qabul qilingan? *1994-yil 16-iyunda
18. “O’zbeksanoat” davlat assotsiatsiyasi Hindistonning qaysi firmasi bilan yiliga 4000 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona qurgan?* “Xabar group”
19. “Oy fazolarining tengligi haqida risola” asari bilan astronomiya ilmi rivojiga hissa qo’shgan olimni toping*Mahmud ibn Ahmad Faroziy
20. “Papalarning Avinon tutquni” davri nechanchi yillarni o’z ichiga oladi? *1309-1377-yillar
21. “Risolai aziza” asarining muallifini aniqlang*So’fi Olloyor
22. “Rus haqiqati” deb atalgan konstitutsiya loyihasini kim yaratgan edi? *P.Pestel
23. “San’at va sanoatni rivojlantirish” jamiyati qaysi yilda yigiruv mashinasini ixtiro qilgan kishiga katta mukofot va’da qilgan edi? *1761-yil
24. “Shahanshohbank“ ochish to’g’risidagi shartnomaga ko’ra bank qanday huquqlarni olganligini toping. *qog’oz pullar chiqarish; mamlakat yer osti boyliklaridan erkin foydalanish;
25. “Shimoliy Germaniya Ittifoqini tuzish haqida shartnoma” imzolangan yilda tarixda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *AQSh Kongressi tomonidan Konstitutsiyaga tuzatish kiritildi.
26. “Taypin tyango” davlatining markazi qaysi shahar bo’lgan? *Nankin
27. “Xitoy uyushmalari ittifoqi” siyosiy tashkiloti qabul qilgan dasturida ko’zda tutgan masalalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.*Sin monarxiyasini ag’darish; respublika ta’sis etish; yerga egalik huquqini tenglashtirish; mustaqillikni tiklash
28. “Yulduzlar axboroti” kitobi muallifini aniqlang. *G.Galiley
29. «Toshkent traktor zavodi» qaysi zavod negizida tashkil etilgan? *“Tashavtomash” zavodi
30. … - Islomda oxirzamon bo’lganida kelib, yerda adolat o’rnatadi, deb ishoniluvchi payg’ambar hisoblanadi.*Mahdiy
31. 13 shtat vakillari Filadelfiya shahrida I Kontinental Kongressida Buyuk Britaniyaning majbur etuvchi qonunlariga itoat etish majburiy emasligi haqida qaror qabul qilingan yilda Rossiya tarixida quyidagi voqealarning qaysi biri yuz bergan? (1774) *Rossiya Turkiyani “Kuchukqaynarji” shartnomasini imzolashga majbur etdi
32. 1441-1442-yillarda Shohrux Mirzo Hindistonga yuborgan elchilarga kim rahbarlik qilgan? *Abdurazzoq Samarqandiy
33. 1451-yida temuriy shahzodalar Abu Said bilan Mirzo Abdulla o’rtasida jang qayerda bo’lgan? *Sheroz qishlog’i yaqinida
34. 1512-yilda kimning ra’yiga ko’ra Samarqand Ko’chkunchixonga, Toshkent viloyati Suyunchxo’jaga, Buxoro va uning atroflari Ubaydullo Sultonga doimiy merosiy mulk qilib berildi? *Jonibek Sultonning
35. 1512-yilda Shayboniylar Movarounnahrni tamoman egallagach, shayboniy sultonlar mamlakat viloyatlarini qayta taqsimlashni kimga topshirgan? * Jonibek Sultonga
36. 1543-yilda Bungo viloyati hukmdori bilan Yaponiyaga turli tovarlar qatori qurol-aslaha, porox olib kelish va ularni oltin hamda kumushga ayirboshlash to’g’risida shartnoma imzolagan portugaliyalik shaxs kim edi? *Mendish Pintu
37. 1566-yil Gollandiyada qo’zg’olon boshlanganda qo’zg’olonchilar Ispaniya zulmining tayanchi bo’lgan nimalarni vayron qildilar? *cherkov va monastirlarni
38. 1583-1600-yillarda Xiva elchilari necha marta Moskvada bo’lishgan? *2 marta
39. 1601-yilda Jonibek Sultonning ikkinchi o’g’li, . . . hokimi Boqi Muhammad Buxoro taxtiga o’tqazildi.* Samarqand
40. 1614-yilda xristian dinini ta’qiqlovchi qonun chiqargan syoguni toping*Toyotomo Xidiyosi
41. 1689-yildagi Nercha shartnomasi qaysi davlatlar o’rtasida imzolangan? *Rossiya va Manjurlar o’rtasida
42. 1723-yilda Toshkentni ko’chmanchi jung’orlar egallab oladi va bu qaramlik qachongacha davom etadi?*1758-yilgacha
43. 1723-yildagi jug’orlarning bostirib kelishi oqibatida vujudga kelgan quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo va Amudaryo o’rtasida bo’sh yotgan yerlarda joylashib bu yerda qaysi daryodan suv chiqarib dehqonchilik bilan shug’ullangan?*Quvondaryo
44. 1791-1795-yillarda Rossiya tarkibiga o’tgan hududni ko’rsating. *Rech Pospolitaning bir qismi
45. 1795-yilda Fransiya Konventi qabul qilgan Konstitutsiya qanday o’zgarishlarni amalga oshirdi?* Respublika tuzumini mustahkamlandi; Feodal tartiblarni tugatish haqidagi barcha qarorlar tasdiqlandi; Ikki palatali parlament joriy etildi;
46. 1804-yilda ko’tarilgan Dinnosirbek yetakchiligidagi qo’zg’olonni bostirish uchun Amir Haydar kim boshchiligida qo’shin jo’natgan? *Niyozbek parvonachi
47. 1811-1812-yillarda Xivaga Buxorodan tashrif buyurgan elchilar ko’rsatilgan javobni aniqlang. *Ibrohim Dodxoh va Shayx Abdulla
48. 1814-yildagi Vena kongressiga ko’ra shimoliy Italiya hududlarida mustahkamlanib olgan davlatni ko’rsating. *Avstriya
49. 1821-yilda Gveniya qirg’oqlarida tashkil etilgan manzilgoh qanday atalgan?*Monroviya
50. 1827-yilda Turkiyaga qaram Gretsiyaga muxtoriyat huquqi berilishini ko’zda tutuvchi bitim qayerda imzolangan? *Londonda
51. 1843-1844-yillarda Xiva xonligi qaysi davlat bilan hamdo’stlik o’rnatishga va o’zaro savdo aloqalarini rivojlantirishga kelishildi?*Qo’qon xonligi
52. 1845-yilda qaysi shahar aholisi soliqlarning haddan tashqari og’irligidan norozi bo’lib qo’zg’olon ko’targan? *O’sh
53. 1847-yilda Yettisuv Olatog’ida qurilgan istehkom qanday ataladi? *Kopal
54. 1856-yilda imzolangan qaysi shartnoma Turkiya ustidan amalda G’arb davlatlarining “homiyligini” o’rnatdi? *Parij tinchlik shartnomasi
55. 1857-yilda imzolangan Parij Tinchlik shartnomasidan keyin Eron va Afg’oniston o’rtasida nizo kelib chiqqudek bo’lsa, bu nizo qaysi davlat vositachiligida hal etiladigan bo’ldi?*Buyuk Britaniya
56. 1875-yilda Nasriddinbek va fon Kaufman o’rtasida imzolangan shartnomada quyidagi qaysi shartlar belgilab qo’yilgan edi?*Nasriddinbek o’zini rus imperatorining sodiq quli deb tan olishi; Nasriddinbek tashqi siyosatda hech qanday bitimlar tuza olmasligi; Sirdaryoning o’ng sohilidagi yerlar - Namangan va Chust Rossiya ixtiyoriga o’tganligi; Rossiyaga ikki million rubl tovon to’lashi
57. 1878-yil 13-iyunida ish boshlagan Berlin kongressida ishtirok etgan davlatlar sonini toping. *7 ta
58. 1878-yildagi Berlin kongressida Bolgariya masalasida qabul qilingan qaror to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *Bolgariya ega bo'lgan hududlarni qisqartirish
59. 1880-yilda qaysi dovon ostida 15 kilometrlik temiryo’l tunneli qurilgan?*Sent-Gotard
60. 1882-yilda “Uchlar Ittifoqi”ning tashkil etilganligi Fransiya va Rossiyaning yaqinlashishiga majbur etdi va nechanchi yilda ular o’rtasida ittifoq tuzildi? *1891-y.
61. 1882-yilda Bremen savdogarlari Afrikaning . . . yetib keldilar va 200 ta eski miltiq, 2000 marka evaziga yerli qabila boshlig’idan anchagina hududni sotib oldilar. *janubi-g’arbiy sohilidagi Angra-Peken buxtasiga
62. 1887-yilda Transvaal oltin va mis konlari ochilgan edi. Quyidagi shaxslardan qaysi biri unga egalik qilgan? *Sesil
63. 1889-yil tashkil topgan Avstriya sotsial-demokratik partiyasi dasturida qanday talablar bor edi? *siyosiy erkinliklar joriy etish; parlamentni umumiy va teng ovoz berish yo’li bilan saylash to’g’risida qonun qabul qilish; cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish; ish kunini qisqartirish.
64. 1889-yilda qabul qilingan Yaponiya konstitutsiyasiga ko’ra imperator qanday huquqlarni o’ziga saqlab qoldi? *parlament chaqirish, ochish, tarqatib yuborish; qonunlar o’rniga oliy farmonlar chiqarish; qo’shinlarning oliy bosh qo’mondoni bo’lish; urush e’lon qilish va sulh tuzish;
65. 1895-yilda qaysi davlatlarda elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan tramvaylardan foydalanila boshlandi? *Angliya, AQSh
66. 1897-1898-yillarda Germaniya tomonidan egallangan bandargohni aniqlang. *Sindao
67. 1902-yilda quyidagi qaysi davlatlar o’rtasida shartnoma va bitimlar imzolangan?*Italiya va Fransiya; Buyuk Britaniya va Yaponiya;
68. 1904-yildagi Fransiya va Buyuk Britaniya o’rtasidagi bitimga ko’ra, Marokash sultoni o’z vazifasini bajara olmaslik ehtimoli borligi va shunday bo’lib qolsa Marokash hududining Gibraltar bo’g’oziga bevosita tutash bo’lgan qismini quyidagi qaysi davlatga berish belgilab qo’yildi? *Ispaniyaga
69. 1907-1911-yillar Eron inqilobining ikkinchi davrida kata ta’sirga ega bo’lgan mujohidlar ilgari surgan talablar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *yashirin saylov huquqi; shaxs erkinligini joriy qilish; shoh yerlarini musodara qilish; ish vaqtini 8 soat qilib cheklash; bepul va majburiy ta’lim joriy qilish.
70. 1915-yil 26-aprelda qaysi shaharda Italiya va Antanta o’rtasida shartnoma imzolandi? *London
71. 1915-yilda Germaniya suvosti kemalari tomonidan Buyuk Britaniyaning “Luzitaniya” deb ataluvchi yo’lovchilar kemasi cho’ktirib yuborilgan vaqtda uning bortida qancha AQSh fuqarosi bo’lgan? 126 nafar
72. 1917-yil 25-dekabr kuni Qo’qonda bo’lib o’tgan o’lka musulmon ishchi, askar va dehqonlarning favqulodda qurultoyi qanday shior ostida o’tkazildi?*Muhtoriyatni har tomonlama quvvatlash, unga moddiy va ma’naviy madad ko’rsatish
73. 1917-yilda Turkistonda paydo bo’lgan ommaviy axborot vositalarini aniqlang.*"Hurriyat", "Turon
74. 1918-1920-yillar oralig’ida Ispaniya hukumati necha marotaba almashganligini toping.*8 marotaba
75. 1918-1921-yillarda O’zbekiston madaniy hayotida qanday o’zgarishlar yuz berdi? *Toshkentda Turkiston xalq universiteti ochildi; Sharq instituti faoliyat yurita boshladi; «Chig’atoy gurungi» adabiy uyushmasi qizg’in ish boshladi;
76. 1918-yilda Buyuk Britaniya parlamentiga o’tkazilgan saylovlar davrida Leyboristlar partiyasi o’z saylovchilariga bergan va’dalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?*ishlab chiqarish vositalariga jamaoviy egalik qilishga imkon beruvchi yangi jamiyat qurish; ishchilar hukumatini tuzish; milliy transport, energiya manbalari va banklarni egalaridan sotib olish orqali milliylashtirish
77. 1918-yilda Orlando hukumati Italiya qo’shinlarini harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun quyidagi qaysi hududlarga yuborgan edi? *Odessa, Murmansk va Vladivostok
78. 1919-yil Fransiya saylovlarida g’alaba qozongan "Milliy blok" saylovchilarga bergan va’dalarini bajarmaganligiga nima sabab b’ldi? * jahon iqtisodiy inqirozining boshlanishi
79. 1919-yilda HMK syezdi saylovni boykot qilish haqida qaror qilgan edi. Boykotda yana nimalar nazarda tutilgan edi? *ingliz tovarlarini sotib olmaslikni; inglizlar joriy etgan unvonlar va mansablardan voz kechishni; ingliz maktablariga , o’qimaslikni; ingliz sudlarini rad etishni; davlat soliqlarini to’lamaslikni;
80. 1920-yilning aprelida Ispaniya hukumati tomonidan joriy etilgan tadbirlarni aniqlang.*8 soatlik ish kuni; ish haqini oshirish; bolalar mehnati taqiqlash; qarilik va nogironlik sug’urtalari;
81. 1921-yilda imzolangan shartnomalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. * AQSh-Germaniya tinchlik shartnomasi; Buyuk Britaniya-Sovet Rossiyasi savdo shartnomasi; Sovet-afg’on do’stlik shatnomasi; To’rtlar shartnomasi;
82. 1921-yilda martida joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat Tuskiston uchun bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, jumladan, …zarur edi?*Turkiston asosan qishloq xo’jaligi o’lkasi bo’lib, bu yerda zamanoviy qishloq xo’jaligi va sanoatni yangidan barpo etish; o’lkada milliy ishchilar sinfini shakllantirish;ko’p millatli o’lkadagi yerli xalqlarning urf-odatlari, qadriyatlari, an’analarini hisobga olish
83. 1924-yilda Sovet davlatini…? *Yevropaning barcha davlatlari tan oldilar
84. 1925-yilda Xitoyda boshlangan xorijiy bosqinchi davlatlarga qarshi milliy inqilobning asosiy shiorlarini ko’rsating.* Xitoy suverenitetini tiklash; mustamlakachi davlatlar bilan hamkorlik qilayotgan militaristik katta yer egalari hukmronligini ag’darish;demokratik milliy harakat hokimiyati ostida Xitoyning butunligini ta’minlash;
85. 1925-yilgi Shanxaydagi talabalar namoyishi kim tomonidan o’qqa tutildi?*ingliz politsiyasi tomonidan
86. 1926-yilda Buyuk Britaniya kon egalari konchi ishchilar oldiga qo’ygan ultumatumda quyidagilardan qaysilari aks etganligini aniqlang.* 1) ish haqining kamaytirilishiga rozi bo’lish; 4) ish kunini bir soatga oshirilishiga rozi bo’lish; 5) shaxta egalari bilan tred-yunionlar o’rtasida mamlakat miqyosida jamoaviy shartnomalar imzolanishining bekor qilinishiga rozi bo’lish
87. 1927-yil martida Xitoyga o’z qurolli kuchlarini kiritgan davlatlarni aniqlang. *AQSh; Buyuk Britaniya;
88. 1927-yil martida Xitoyga o’z qurolli kuchlarini kiritgan davlatlarni aniqlang. *AQSh; Buyuk Britaniya;
89. 1930-yilga kelib quyidagi qaysi davlat ikki jahon urushi oralig’idagi eng yuqori sanoat ishlab chiqarishiga va savdo aylanmasiga erishgan? *Fransiya
90. 1934-yilda jamoaviy xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqqan mamlakatlarni eslang. Ulardan birining tarixida 1923-yil yanvarida sodir bo’lgan voqeani toping. *Rur viloyatiga qo’shin kiritdi va uni bosib oldi.
91. 1934-yilda Tunisda tuzilgan “Yangi dastur” partiyasi rahbari Habib Burg’iba qaysi kasb egasi bo’lgan? *advokat
92. 1935-yil 30-iyundagi Buyuk Britaniya-Germaniya dengiz bitimiga ko’ra. . . * Germaniya Buyuk Britaniyaning uchdan bir qismiga teng harbiy-dengiz flotini tuzish imkoniga ega bo’ldi
93. 1936-yilgi Fransiya parlamentiga o’tkazilgan saylovlarida g’olib chiqqan "Xalq fronti" ichida kelishmovchilikning yuzaga kelishiga nima sabab bo’lganligini toping.*xalqaro va ichki siyosatda yagona fikrga kela olmaganlik
94. 1936-yilning avgust oyida Misr va Buyuk Britaniya o’rtasida imzolangan shartnomaga ko’ra, inglizlarga Qohira va Aleksandriya shaharlarida qanday huquq berildi?*o’z armiyasini saqlash
95. 1938-yilning 3-noyabrida Yaponiya. . .Sharqiy Osiyoda tartib o’rnatish haqida deklaratsiya e’lon qildi
96. 1940-yil 27-sentyabrda “uchlar ittifoqi” shartnomasi tuzilgach, Germaniya tez orada qaysi davlatlar hududida armiyasini joylashtirgan?*Vengriya; Bolgariya; Ruminiya
97. 1941-45-yillar oralig’ida O’zbekiston hududida qurilgan zavodlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *Quvasoy kimyo zavodi; Qo’qon superfosfat zavodi; Bekobod metallurgiya zavodi; Farg’ona gidroliz zavodi
98. 1944-yil yanvar oyida gitlerchilar harbiy asirlardan tuzilgan "Turkiston legioni" otryadini qaysi hududdagi partizanlarga qarshi jangga soladilar? * Chernogoriyadagi
99. 1944-yil yanvardayoq ammiyak ishlab chiqarishni boshlagan Chirchiq elektrkimyo kombinatining ikkinchi navbati qaysi shaharlardan olib keltirilgan uskunalar asosida qurilgan?*Gorkiy va Stalinogorsk
100. 1945-yil fevralda qaysi davlatning Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qilishi unga Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’sis konferensiyasida qatnashish huquqini berdi? *Misr
101. 1946-yil Yaponiya parlamenti tomonidan qabul qilingan agrar islohot to’g’risidagi qonunning maqsadi nima edi? * pomeshchik yer egaligini tugatish
102. 1947-yil 14-martda qabul qilingan "Trumen doktrinasi" qanday maqsadga mo’ljallanganligini aniqlang. *Gretsiya va Turkiyaga yordam berish
103. 1947-yilda O’zbekistonning qaysi shaharlarida ochilgan ikki yillik kurslar kolxoz raislari va brigadirlar tayyorlab berib turgan? *Toshkent va Samarqand
104. 1951-yilda Jizzax viloyati Forish tumanidan topilgan “Uchquloch” rangli metallar konidagi tog’ jinslari qaysi shaharga tashib keltirilgan va ulardan qo’rg’oshin, rux, mis ajratib olish yo’lga qo’yilgan?*Olmaliq
105. 1952-yilda “Yevropa Mudofaa Hamkorligi” haqida shartnoma qaysi davlat poytaxtida imzolangan? * Fransiya
106. 1952-yilda Parijda “Yevropa mudofaa hamkorligi” haqida imzolangan shartnoma amalda qaysi davlatni qayta qurollantirish uchun yo’l ochgan edi? *GFR
107. 1954-yilning aprel-iyul oylarida Jenevada bo’lib o’tgan Konferensiya qanday masalaga bag’ishlanganligini aniqlang. *Hindixitoyda tinchlik o’rnatish
108. 1955-yilda Yevropa tarixida yuz bergan voqeani aniqlang*Varshava shartnomasi tuzildi
109. 1961-yilda SSSR va AQSh munosabatlarini nihoyatda keskinlashtirib yuborgan voqeani aniqlang. *Berlin devorining qurilishi
110. 1970-yilda qaysi davlatlar GFR bilan Yevropada tinchlikni mustahkamlashga katta hissa qo’shgan shartnomalar imzolagan? *Polsha; SSSR; Chexoslovakiya
111. 1979-yilda AQSHning mustamlakachilik tayanchlari ag’darilgan davlatlarni belgilang.* Eron va Nikaragua
112. 1984-yil Janubiy Afrika Respublikasida….*uch palatali parlament joriy etildi
113. 1985-yilda O’zbekiston oziq-ovqat sanoati kompleksida qaysi tarmoq sanoati yetakchi o’rinda turardi? *yog’-moy
114. 1988-yilda Pokiston Bosh vaziri etib saylangan Benazir Bxutto qaysi partiya rahbari edi?* Xalq partiyasi
115. 1995-yilda O’zbekiston Prezidenti huzurida tuzilgan mamlakatimiz milliy xavfsizligini ta’minlash, zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi maslahat organini aniqlang. *Milliy xavfsizlik kengashi
116. 1996-yilda Shoh Muzaffariddin tasdiqlagan Eron Konstitutsiyasining birinchi qismida shohga qanday huquqlar berilganligini ko’rsatilgan javobni toping?*barcha qonunlarni tasdiqlash; byudjet qabul qilish; byudjet ijrisi ustidan nazorat qilish;
117. 2009-yilda Respublikamizda 2200 yilligi nishonlangan shaharni ko’rsating. *Toshkent
118. A.Griffit tomonidan “Shinfeyn” partiyasi tuzilgan yilda sodir bo’lgan voqeani belgilang. *Germaniya qurolli kuchlari Bosh shtabi ikki frontda urush olib borish rejasini ishlab chiqdi.
119. Abdulla Avloniy muxarrirligida “Shuhrat”, Ahmadjon Bektemirov muharrirligida “Osiyo” gazetalari chop etilgan yillarda tarixda sodir bo’lgan voqeani ko’rsating*Turkiyada inqilobiy vaziyat yuzaga keldi
120. Abdulla Qahhorning ikkinchi jahon urushi yillarida yaratilgan va jamoatchilikning yuksak bahosiga sazavor bo’lgan asarlarini aniqlang* “Xotinlar”, “Oltin yulduz”
121. Abdullaxon II saroyida xizmat qilgan qaysi shoir o’z she’rlarida yuqori tabaqa vakillarining adolatsizliklarini ayovsiz fosh etgan? *Mushfiqiy
122. Abdullaxon II vafotidan necha yil o’tib Shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topdi? *3 yil
123. Abruy boshchiligida ko’tarilgan qo’zg’olonni bostirish uchun Turk xoqoni tomonidan Buxoroga yuborilgan qoshinga kim sarkardalik qilgan? *Sheri Kishvar
124. Abu Said Mirzo o’z hukmronligi davrida Umarshayx Mirzoni qaysi viloyatlarga hokim etib tayinlagan? *dastlab Qobul, so’ngra Farg’onaga
125. Abu Said Mirzo o’z hukmronligi davrida Umarshayx Mirzoni qaysi viloyatlarga hokim etib tayinlagan? *dastlab Qobul, so’ngra Farg’onaga
126. Abulfayzxon hukmronligi davrida amalda mustaqil bo’lib olgan hududlarni ko’rsating. *Samarqand; Qarshi; Balx; Farg’ona; Badaxshon
127. Abulfayzxonning Pyotr I ga shvedlar ustidan qozongan g’alabasi munosabati bilan yozilgan qutlov maktubini kim topshirgan?*Qulibek
128. Abulxayrxon o’z davlati poytaxtini Turadan qaysi shaharga ko’chirgan? *Sig’noqqa
129. Afg’on hukmdori Ahmadshox hukmronligi davrida Amudaryoning janubiy hududlarida istiqomat qilib turgan o’zbeklar qo’zg’olon ko’targan yilni toping. *1768-y.
130. Afg’oniston hukmdori Temurshox necha yil hukmronlik qilgan? *20 yil
131. Afg’oniston mustaqil davlat deb e’lon qilingan yilni toping. *1919-yil
132. Afg’oniston o’z mustaqilligiga erishgan vaqtda Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egallab turgan shaxsni aniqlang. *D.Lloyd-Jorj
133. Afg’onistonda amir Abdurahmon hukmronlik qilgan davrda quyidagi qaysi voqea sodir bo’lganligi toping.*Transvaalda oltin va mis konlari ochildi.
134. Afg’onistonda hokimiyat uchun kurashayotgan Shoh Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishiga yordam bergan Xiva xonini aniqlang.*Muhammad Rahimxon I
135. Afg’onistondagi kurash maydoniga "tolibonlar" nechanchi yildan qo’shildi? *1994-yil
136. Afinada xalq hokimiyatini bekor qilgan qonunlarni yozgan hukmdorni aniqlang. *Drakont
137. Afrika tarixiga doir quyidagi tarixiy ma’lumotlarning qaysilari bir yilda sodir bo’lgan? *Jazoirliklar yo’lboshchisi Abdulqodir qo’shinining fransuzlar tomonidan qurshab olinishi va Abdulqodirning jangda halok bo’lishi; Qora tanli ozodlikka erishgan sobiq qullarning Liberiya ozod davlati tuzilganligini e’lon qilinishi;
138. Afrika xalqlari Yevropa mustamlakachilariga qarshi olib borgan kurashlarida ularga rahbarlik qilgan shaxslar mos ravishda to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. *1) Muhammad Ahmad- sudanliklar; 2) Ketchvayo- zuluslar; 3) Xendrik Vitboy- namalar; 4) Samuil Magarero- gererolar;
139. Afrikada o’rta asrlarda yashagan qabilalarni hududlari bilan mos ravishda ko’rsating. *1) barbar va tuareglar- Sahroning janubi; 2) fulbe- G’arbiy Afrika; 3) masai, galla, sidamo, tigre- Sharqiy Afrika;
140. Akademik I.Mo’minov boshchiligida “Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo’lgan tarixi” asari qachon yaratilgan?*
Do'stlaringiz bilan baham: |