1976-yil
141. Akbarshoh tomonidan Hindiston shimolidagi Sind va Kashmirning egallanishini Buxoro xonligi Hindistonning Shayboniylar davlatining . . . chegarasiga yaqinlashuvi deb hisoblaganlar. *janubiy
142. Amerika qit’asini aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochgan dengizchi nomini toping. * F.Magellan
143. Amir Doniyolbiy davrida qaysi viloyatlarning mustaqillikka intilishlari kuchaygan? *Balx, Hisor, Ko’lob, O’ratepa
144. Amir Shohmurod soliq siyosatida qanday yol tutgan?*boj va xirojdan boshqa barcha soliqlar miqdorini kamaytirdi
145. Amir Temur . . . yildan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish qilgan, … yilda esa Xorazm uzil-kesil bo’ysundirilgan. *1372 / 1388
146. Amir Temur bilan diplomatik aloqalar o’rnatib, yozishmalar olib borgan Angliya qirolini aniqlang. *Genrix IV
147. Amir Temur davlatida qaysi lavozim harbiy lavozim hisoblanmagan?*xonsolar
148. Amir Temur davlatida tavochi qanday vazifalarni bajargan? *viloyatlardan askariy qismlar to’plagan
149. Amir Temur huzuriga yuborilgan ispan elchisi Klavixoning Samarqandga safari taassurotlari hikoya qilingan asarlarini aniqlang. *"Buyuk Temur tarixi"; " Temur qarorgohi"; "Samarqandga sayohat kundaligi".
150. Amir Temur markazlashgan davlat barpo etishdek ulkan maqsadini ro’yobga chiqarish ishini nimadan boshlagan edi? *avvalo ichki g’animlarga qarshi kurashdan
151. Amir Temur qo’shinlari tuzilishini esga oling. Quyidagi qaysi atama qo’shinning har bir qanoti yon tomonidagi qo’riqchi askariy qo’shilmani anglatgan? *qanbul
152. Amir Temur Tarozdan to Xo’tangacha bo’lgan hududlarni kimga suyurg’ol qilib bergan?*Ibrohim Sultonga
153. Amir Temurdan madad kutgan genuyaliklar qaysi davlatning fuqarolari hisoblangan? *Fransiya
154. Amir Umarxonning topshirig’i bilan "Umarnoma" dostonini yozgan tarixchi nomini ko’rsating. *Abdulkarim Fazliy Namangoniy
155. Andijonda Dukchi eshon qo’zg’oloni ko’tarilgan vaqtda Turkiston general-gubernatori bo’lgan shaxsni aniqlang.*A.Vrevskiy
156. Andijondagi Dukchi eshon qo’zg’oloni tufayli lavozimidan chetlashtirilgan A.Vrevskiy o’rniga kim Turkiston general-gubernatori etib tayinlandi?*S.Duxovskoy
157. Angliya parlamenti tomonidan qabul qilingan qaysi hujjatda qirolga sudning ruxsatisiz qamoqqa olishlarni taqiqlash majburiyati yuklatilgan edi? *Huquqlar to’g’risidagi bill
158. Angliyada "Oq va Qizil gullar urushi" necha yil davom etgan? *30 yil
159. Angliyada cherkov qachondan boshlab parlamentga bo’ysundirildi? *1646-yildan
160. Angliyada Genrix VIII Tyudor hukmronligi boshlangan yilda Movarounnahrda hukmronlik qilib turgan sulolani aniqlang. *Shayboniylar
161. Angliyada kontrreformatsiya yuz bergan vaqtda Vatanimiz tarixida sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Abdullaxon II Buxoro taxtini amalda egalladi.
162. Angliyada mutlaq monarxiya davrida mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishini . . . belgilar edi. *Maxfiy Kengash
163. Angliyada Tyudorlar sulolasi davri tarixiga oid quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri to’g’ri berilgan?*Toifaviy vakillik organi bo’lmish parlament butunlay bo’lmasa-da, o’z ahamiyatini yo’qotdi, yangi soliq joriy etish masalasida parlament roziligining shartligi belgilab qo’yildi
164. Angliyaning "Ost-Indiya" kompaniyasi vakillari Ch.Stoddart va A.Konnoli Buxoro amiri tomonidan qatl ettirilgan vaqtda Qo’qon xoni kim edi?*Sheralixon
165. Angliyaning qaysi qiroli 1337-yilda Fransiyaga qarshi (tarixga "Yuz yillik urush" nomi bilan kirgan) urush e’lon qilgan? *Eduard III
166. Anglosakson solnomasi qaysi hukmdor davrida tuzila boshlangan? *Buyuk Alfred
167. Antanta davlatlari tomonidan mustaqil Turkiya Respublikasi tan olingan anjuman va uning vaqti to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.* Lozanna konferensiyasi, 1923-yil
168. Antikomintern paktini imzolagan davlatlarni eslang. Ulardan birining (Italiya) tarixida 1162-yilda sodir bo’lgan voqea to’g’ri berilgan javobni toping. *Milan boshchiligida Lombardiya shaharlari bosqinchilarga qarshi qo’zg’olon ko’tardi.
169. ANZYUS harbiy siyosiy bloke tuzilganda uning tarkibiga qaysi davlatlar kirgan?*Avstraliya; Yangi Zelandiya; AQSH
170. AQSh (G.Guver davrida) tashqi savdoda import tovarlari uchun katta boj to’lovi joriy etgan yili bo’lib o’tgan voqealarni toping. *Argentinadagi harbiy to’ntarish natijasida I.Irigoyen hukumati ag’darildi;Turkiya Germaniya bilan savdo shartnomasini imzoladi;Buyuk Britaniya va Iroq o’rtasida yangi 25 yillik shartnoma imzolandi
171. AQSh Buyuk Britaniya harbiy dengiz flotining yetakchi mavqeini yo’qqa chiqarishga erishgan yilni aniqlang. *1930-yil
172. AQSh hukumati trestlarga qarshi 20 dan ortiq sud jarayonini tashkil etishi natijasida kimning temiryo’l kompaniyasi ikkiga bo’lindi? * Morganning
173. AQSh Kongressi Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy avf berish to’g’risida qonun qabul qilgan vaqtda mamlakat prezidenti kim edi? *U.Grand
174. AQSh prezidenti J.Kennedi tomonidan ilgari surilgan "Apollon" deb ataluvchi dastur nimani nazarda tutar edi? *kosmosda AQShning yetakchi davlat bo’lishini ta’minlash
175. AQSh sanoat ishchilarining soni jihatidan birinchi o’rinni egallagan davrda yuz bergan voqeani toping. *Meksikada dehqonlar g’alayoni boshlandi.
176. AQSHda aholining 2 foizini tashkil etgan sarmoyadorlar milliy boylikning 60 foiziga egalik qila boshlagan vaqtda mamlakat prezidenti kim edi? (1914) *V.Vilson
177. AQShda bir yilda qabul qilingan qonunlarni ko’rsating.* Vagner qonuni; Ijtimoiy sug’urta haqida; Betaraflik to’g’risida
178. AQShdagi kon ishchilari og’ir mehnat sharoitiga qarshi ish tashlashi natijasida Kolorado shtatida harbiy holat e’lon qilingan yili bo’lib o’tgan voqeani toping.?*Ikkinchi Bolqon urushidagi mag’lubiyat tufayli Bolgariyada hokimiyat tepasiga germanparast hukumat keldi.
179. AQSHning birinchi prezidenti saylangan yilda…*Fransiyada ta’sis majlisi “Inson va fuqoro huquqlari Deklaratsiyasi”ni qabul qildi.
180. AQShning mustamlakalar zabt etishga ishtiyoq bildirmasligining asosiy omillarini aniqlang.?*juda katta hududga ega ekanligi; boy xomashyo zahiralariga egaligi; keng ichki bozorga ega bo’lganligi;
181. AQSHning qaysi banki Buxoro neftni qayta ishlash zavodini bunyod etishda ishtirok etgan? *"Cheyz Manxetten"
182. AQShning quyidagi prezidentlari tomonidan ilgari surilgan dasturlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang * R.Reygan- Strategik mudofaa tashabbusi; G.Trumen-"Adolatli yo’l"; L.Jonson-"Buyuk jamiyat"; J.Kennedi-"Apollon";
183. Arab alifbosida yangi "Nasta’liq" xat uslubini yaratgan mashhur xattot nomini aniqlang. *Mirali Tabriziy
184. Arab Muhammadxonning o’g’illari otalariga qarshi isyon ko’targan yillarda Buxoroda hukmronlik qilgan shaxsni ko’rsating*Imomqulixon
185. Arab xalifaligi davrida 721-yilda Xurosonga noib etib tayinlangan shaxsni aniqlang. *Said Xaroshiy
186. Arab xalifaligi davrida aholidan daromadning 10 foizi hisobida undirilgan va idora ishlari uchun sarflangan soliq turini aniqlang.* ushr
187. Arab xalifaligi tomonidan istilo qilingan joylar yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. *Maymurg’-654-yil; Chag’oniyon-667-yil; Poykand-707-yil ; Marv-651-yil;
188. Arab xalifaligida Umaviylar sulolasi hukmronligining tugashi sabab bo’lgan qo’zg’olon rahbarini aniqlang?*Abu Muslim
189. Arab xalifaligidan birinchi mustaqil amirlik tashkil topgan vaqtda tarixda yana qanday voqea sodir bo’lgan?*Italiyada Rim papalari davlati - Papa viloyati tashkil topdi
190. Arablar tomonidan Xuroson deb atalgan hudud yerlari ko’rsatilgan javobni aniqlang. *Hozirgi Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlar
191. Arablarga qarshi qaysi davlatda bo’lgan qo’zg’olon 20 yildan ortiq davom etgan? (IX asr) *Ozarbayjonda
192. Argentina tarixiga oid quyidagi voqealarni to’g’ri xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1) “Immigratsiya va kolonizatsiya to’g’risida” qonun qabul qilindi; 2) Buenos-Ayresda milliy bank ochildi; 3) Argentina Sotsialistik partiyasi tuzildi *2, 1, 3
193. Argentinada P.Xusto hukumati tashqi siyosatda qaysi davlat bilan yaqinlashish yo’lini tutdi? * Buyuk Britaniya
194. Argentinada qaysi prezident davrida universitetlar faoliyati demokratik asosda qayta qurila boshlandi? *I.Irrigoyen
195. Argentinada Uriburi boshchiligida davlat to’ntarishi o’tkazilgandan so’ng yangi hukumat tomonidan amalga oshirilgan o’zgarishlarni ko’rsating*Kongress tarqatib yuborildi; Mamlakatda qamal holati joriy etildi; 8 soatlik ish kuni bekor qilindi; matbuot uchun qattiq senzura tartibi o’rnatildi; Mamlakat neft sanoatini milliylashtirish haqidagi qarori bekor qilindi
196. Asbob uskunalarni harakatga keltiruvchi bug’ mashinasi qachon ixtiro qilindi? *XVIII asrning II yarmida
197. Astraxanda Rossiya bosqini natijasida Yormuhammadxon hukmronligi tugagan yilda Hindistonda qaysi voqea sodir bo’lgan? *Boburiylar saltanati taxtiga Akbarshoh o’tirdi
198. Atigi 37 yil umr ko’rib, lekin o’z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yaratgan uyg’onish davri vakilini aniqlang. *Rafael Santi
199. Avestoning ilk qismi paydo bo’lgan davrda tarixda yuz bergan voqeani aniqlang.*Mamlakatimiz hududlarida temirdan yasalgan eng qadimgi qurollar paydo bo’ldi.
200. Avstriya-Vengriya hukumati tomonidan Chexiyada qamal holati joriy etilgan va Praga universitetida o’qitish 2 tilda olib boriladigan bo’lgan yillarni ko’rsating.*1868, 1882-yillar
201. Avstriya-Vengriya imperiyasi vujudga kelgach oradan necha yil o’tib imperiya poytaxti Vena shahrida ishchilarning demokratik erkinliklar berilishini talab qilgan ommaviy namoyishlari bo’lib o’tdi? * 2 yil
202. Avstriya-Vengriya imperiyasini Gabsburglar sulolasi boshqara boshlagan yilda. . . *inglizlar Efiopiya negusi Feodor II ning birlashtiruvchi siyosatiga putur yetkazdi
203. B. Dizraeli Buyuk Britaniya bosh vaziri bo’lgan davrda amalga oshirilgan tadbirlar to’gri ko’rsatilgan javobni toping. *Haftasiga 54 soatlik ish vaqti belgilandi. 10 yoshdan kichik bolalarni ishga qabul qilish taqiqlandi.
204. Baltimor-Ogayo rejasi qabul qilingandan so’ng AQSh kasaba uyushmalari o’z zimmalariga olgan majburiyatlar to’g’ri berilgan javobni toping *korxona egalari bilan kelishib, ish tashlashlarga yo’l qo’ymaslik; ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; ish kunini uzaytirishga rozilik berish;
205. Berdaq o’zining qaysi she’rlari orqali yoshlarni Vatanni sevishga, ma’rifat cho’qqilarini egallashga chaqiradi? *“O’g’limga”; “Ahmoq bo’lma”;
206. Berilgan voqealardan bir yilda sodir bo’lganlarini toping. *SSSRda alohida senzura organi - Glavlit tashkil etildi. SSSR davlati tashkil etildi. SSSRda mahsulotlarni taqsimot asosida berish bekor qilindi.
207. Bir yilda bo’lib o’tgan voqealarni toping. *Fransiyadagi soxta josus A.Dreyfus to’la oqlandi. Rossiyada P.A.Stolipin agrar islohoti o’tkazish boshlandi.
208. Bir yilda bo’lib o’tgan voqealarni toping.*Dunyoni qayta bo’lib olish yo’lidagi birinchi urush boshlandi; Kuba nomiga mustaqillik oldi; Fransuzlar G’arbiy Sudan ozodlik kurashi rahbari Samori Tureni taslim eta olishdi va Gabonga surgun qilishdi.
209. Bir yilda sodir bo’lgan voqealar keltirilgan javobni belgilang. *Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi e’lon qilindi. Turkiyada xalifalik tugatildi.
210. Bir yilda sodir bo’lgan voqealar keltirilgan javobni belgilang.*Marokashda “Marg’ibchilar bloke”siyosiy tashkiloti tuzildi.Meksikada “Agrar kodeks”kuchga kirdi. (1934)
211. Bir yilda sodir bo’lgan voqealar ko’rsatilgan javobni aniqlang. *Rus knyazi Yaroslav vafot etdi. Xristian cherkovi katolik va pravoslav cherkovlariga bo’lindi.
212. Bir yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. *AQShda prezidentlik saylovlarida A. Nikson g’alaba qozondi; Yaponiya va Xitoy o’rtasida diplomatic munosabatlar o’rnatildi
213. Bir yilda sodir bo’lgan voqealar keltirilgan javobni belgilang*Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi e’lon qilindi, Turkiyada xalifalik tugatildi
214. Bir yilda yuz bergan voqealar keltirilgan javobni aniqlang. *Yuan Shikay Konstitutsiyaviy kengash chaqirdi. Panama kanali ochildi.
215. Birinchi afg’on-ingliz urushi nechanchi yilda tugagan? *1842-yil
216. Birinchi jahon urushi qaysi davlatni G’arbiy Yevropaning birinchi davlatiga aylantirdi?*Fransiya
217. Birinchi jahon urushi tufayli Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o’sishiga sabab bo’lgan holatlarni toping* urushayotgan davlatlarda Lotin Amerikasi mamlakatlari xomashyosi va qishloq xo’jalik mahsulotlariga talabning ortib ketganligi urush tufayli Yevropadan keltiriladigan tayyor mahsulotlar keskin kamayib, Lotin Amerikasi davlatlarida qayta ishlash sanoatining kuchayishi;Jahon bozorida xomashyo va qishloq xo’jalik mahsulotlari narxining ko’tarilishi;
218. Birinchi jahon urushidan keyin AQSh iqtisodiyotida yangi yuksalish boshlangan vaqtni ko’rsating. *1922-yilning oxiri
219. Birinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniya va Fransiya Yevropa siyosatini belgilovchi bo’lib qolishini istamagan davlatni aniqlang.*AQSh
220. Birinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniyaning qaysi sanoati eng qoloq tarmoqa aylanib qolganligini toping. * ko’mir sanoati
221. Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyani G’arb davlatlari bilan yarashtirishga xizmat qilgan konferensiya va uning tashabbuskori bo’lgan davlatni toping.*Lokarno konferensiyasi, Buyuk Britaniya
222. Birinchi jahon urushidan keyin Millatlar Ligasi tomonidan Buyuk Britaniyaning dominioni hisoblangan Yangi Zelandiyaning boshqaruviga berilgan hududni aniqlang. *G’arbiy Samoa orollari
223. Birinchi jahon urushidan keyin Turkiyaning mustamlakasi bo’lgan qaysi davlatlar mustaqil davlatlarga aylandi?*Saudiya Arabistoni va Yaman
224. Birinchi jahon urushidan keyin Turkiyaning mustamlakasi bo’lgan qaysi davlatlar mustaqil davlatlarga aylandi? * Saudiya Arabistoni va Yaman
225. Birinchi jahon urushidan keyin Xitoyda aholi soni qancha bo’lganligini ko’rsating. *450 mln dan ortiq
226. Birinchi jahon urushidan keyingi davrda Buyuk Britaniya hayotini belgilash quyidagi qaysi partiyalar o’rtasidagi kurashga bog’liq bo’lib qoldi? *liberallar, konservatorlar va leyboristlar
227. Birinchi jahon urushidan so’ng Sen-Jermen saroyida imzolangan bitimga ko’ra, Avstriyaga tegishli bo’lgan quyidagi hududlar qaysi davlatga qo’shib berildi? *Bukovina- Ruminiya; Janubiy Tripolning bir qismi- Italiya; Moraviya- Chexoslovakiya;
228. Birinchi jahon urushidan so’ng Vengriya bilan imzolangan shartnomaga ko’ra, quyidagi davlatlar Vengriyaga tegishli qaysi hududga ega bo’ldi? *Yugoslaviya- Xorvatiya;Chexoslovakiya- Karpatorti Ukrainasi;Ruminiya-Transilvaniya;
229. Birinchi jahon urushudan keyin mustamlakachi davlatlar Osiyo va Afrikadagi o’z mustamlaklaridagi mavqeini saqlab qolishlariga quyidagilardan qaysilari sabab bo’lganligini toping. *mustamlakachilik tizimining yemirilishi uchun zarur xalqaro shart-sharoitlar to’la yetilmaganligi; *mustamlakalarda mustamlakachilarga qarshi kurashuvchi kuchlarning qaror topish jarayoni hali davom etayotganligi;
230. Bobur vorislari ichida eng mashhuri, buyuk islohotchi sifatida nom qoldirgan hukmdor Akbarshoh taxtga o’tirgan yilda(1556) Buyuk Britaniya hukmdori kim edi? *Mariya (1553-1558)
231. Boburiylardan bir xil muddatda hukmronlik qilganlarini aniqlang. *Akbarshoh va Avrangzeb
232. Bolasog’un shahri poytaxt bo’lib xizmat qilgan davlatlarni aniqlang.*Qoraxitoylar davlati; Qoraxoniylar davlati
233. Bolgariyaning Turkiyadan mustaqil davlat deb e’lon qilingani va hokimiyat tepasiga germanparast kuchlar kelgan yillar to’g’ri berilgan javobni toping*1908, 1913-yillar
234. Braziliyada S.Bernardis prezidentligi davrida qaysi shaharlarda harbiylar qo’zg’oloni boshlandi? *San-Paulo va Santo Anjelu
235. Buddaviylik dini paydo bo’lgan davrda jahon tarixida yuz bergan voqeani aniqlang. *Saklarning harbiy qabila ittifoqi vujudga keldi.
236. Butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga erishgan Bobil podshosini aniqlang. (mil. avv. XVIII asr) *Xammurapi
237. Buxoro aholisining qozoqlar bilan savdo aloqalarida kimlar vositachilik qilgan? (XIX asr) *qoraqalpoqlar
238. Buxoro amiri Muzaffarning tobelik siyosatidan norozi bo’lib, xalq qo’zg’oloniga boshchilik qilgan amirning katta o’g’li kim edi? *Abdumalik to’ra
239. Buxoro amiri Nasrulloning Qo’qon xonligidagi noibi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? *Ibrohim dodxoh
240. Buxoro amirlaridan kim Qur’oni Karimni yoddan bilgan va o’zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o’qib turgan?*Amir Haydar
241. Buxoro amirligi tashqi savdo aloqalariga oid quyidagi ma’lumotlardan qaysilari to’g’ri keltirilgan? *1844-yilda Buxoro amirligining Markaziy Osiyo-Rossiya tashqi savdosidagi ulushi 25 foizni tashkil etdi; Orenburgda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurilganidan 21 yil o’tib unda istiqomat qilayotgan xonadonlar soni 30 ta bo’ldi
242. Buxoro amirligi va Qo’qon xonligi tarixiga doir muhim manbalardan biri hisoblangan tarixiy asar va uning muallifini aniqlang. *"Muntaxab ut-tavorix", Muhammad Hakimxon To’ra ibn Sayid Ma’sumxon
243. Buxoro amirligida aminning asosiy vazifasi nimalardan iborat bo’lgan? *soliq va boshqa tushimlarni yig’ish; aholi ustidan nazorat olib borish; ariqlardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash;
244. Buxoro amirligida amir Nasrulloga qadar mavjud qo’shin qanday nomlangan? *qoracherik
245. Buxoro amirligida amlokdor boshqaruv ishida kimlarga tayangan? *qishloq oqsoqollari, amin va miroblarga
246. Buxoro amirligida davlat yerlarining taqsimlanishi va ulardan foydalanish qay tarzda bo’lgan? *suvsiz dasht va to’qayzorlar ko’chmanchilarga ijaraga berilgan va evaziga xiroj undirilgan; hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshilarga "suyurg’ol" shaklida in’om etilib, yerni boshqarish huquqi ham berilgan; "tanho" shaklida in’om etilib, mansabiga qarab yerdan olinadigan soliqning ma’lum qismiga egalik qilgan; dehqonlarga ijaraga berilgan va olinadigan soliq xazina tushumining katta qismini tashkil qilgan
247. Buxoro amirligida davlatning barcha boshqaruv idoralari qaysi amaldorga bo’ysungan? *qo’shbegi
248. Buxoro amirligida harbiy qo’shin bosh sarkardasi qanday atalgan? *parvonachi
249. Buxoro amirligida joylarda yetishtirilgan hosilning hisobini yuritish, soliqlar va boshqa tushumlarning belgilangan muddatda yig’ilishi uchun mas’ul bo’lgan amaldorni aniqlang. *amlokdor
250. Buxoro amirligida mavjud bo’lgan quyidagi lavozimlar ma’nosiga mos ravishda juftlangan javobni aniqlang.*1) devonbegi- moliya-xazina ishlarini boshqargan, soliq undirilishi ustidan nazorat olib borgan; 2) parvonachi- harbiy qo’shin bosh sarkardasi hisoblangan; 3) mushrif- xonga in’om etilgan buymlarni hamda harbiy anjomlarni ro’yxatga olgan, soliq tushumlarini yozib borgan; 4) sadr- vaqf mulklarini boshqargan;
251. Buxoro amirligida qanday soliq turlari faqat pul bilan olingan?* tanobona; zakot; qo’sh puli
252. Buxoro amirligida suyurg’ol egasi davlat xazinasiga xiroj to’lash bilan birga yana qanday majburiyatni bajarishi lozim edi? *oliy hukmdorning chaqirig’iga ko’ra o’z qo’shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi
253. Buxoro amirligida tanobona solig’ining miqdori nimaga asoslanib belgilangan? *ekinzorning bozorga uzoq-yaqinligiga
254. Buxoro amirligida vaqf mulklari kim tomonidan tasarruf etilgan? *mutavalli
255. Buxoro amirligida xiroj solig’ining to’lanish tartibini aniqlang?. (XIX asrgacha)*hosil ulushidan, asosan, mahsulot bilan to’langan
256. Buxoro amirligidagi eng quyi ma’muriy bo’linma to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *amlokdorlik
257. Buxoro hukmdori Nodir Muhammad toj-u taxtni o’g’li Abdulazizdan qaytarib olish maqsadida qaysi Hindiston podshosidan yordam so’raydi? *Shoh Jahondan
258. Buxoro taxti shayboniylardan bo’lgan Pirmuhammad tomonidan boshqarilayotgan davrda Samarqand hokimi bo’lgan shaxsni aniqlang. *Boqi Muhammad
259. Buxoro xonligi qaysi hukmdor davrida Boburiylar davlatini tan oldi hamda u bilan savdo va elchilik munosabatlarini o’rnatdi?* Ko’chkunchixon
260. Buxoro xonligida Ubaydullaxon hukmronlik qilgan yillarda Angliya qiroli bo’lgan shaxsni aniqlang.* Genrix VIII Tyudor
261. Buxoroda “Tarbiyai atfol” jamiyati tashkil etilgan vaqtda jahon tarixida sodir bo’lgan voqealarni aniqlang*Meksikada prezidentlik saylovi o’tkazildi, Yaponiya Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o’ziga qo’shib oldi, Janubiy Afrika Ittifoqi tashkil topdi
262. Buxoroda amirlik taxti Shohmurod qo’liga o’tgan yili tarixda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Koreyada "Qonunlarning buyuk to’plami" nomli hujjat tuzildi.
263. Buyuk ajdodlarimiz haqidagi "Alisher Navoiy" tarixiy-biografik filmi kim tomonidan yaratilgan? *K.Yormatov
264. Buyuk Alfred daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzgan yilda…*Amir ibn Lays safforiylar davlati hukmdori bo’ldi
265. Buyuk Britaniya 1997-yilda Xitoyga qaytarib bergan hududni aniqlang. *Gonkong
266. Buyuk Britaniya Bunoro davlatini qachon bosib olgan edi? *XIX asr oxirida
267. Buyuk Britaniya Eron neft konlaridan foydalanishi, tosh va temir yo’llar qurish konsessiyalarini qo’lga kiritgan va Eronda “Shahanshohbank” ochilishigan yillarni aniqlang. *1872, 1889-yillar
268. Buyuk Britaniya hukumati ikki davlat harbiy-dengiz flotiga teng keladigan flot saqlash an’anasidan voz kechishga majbur bo’lgan (a) va AQSh Buyuk Britaniya harbiy-dengiz flotining yetakchi mavqeini amalda yo’qqa chiqara olgan (b) yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. *a-1920-yil; b-1930-yil
269. Buyuk Britaniya hukumati o’zining Markaziy Osiyo xonliklaridagi ta’sirini qaror toptirishning asosiy yo’li sifatida nimaga ahamiyat qaratgan?* Hindiston bilan Markaziy Osiyo o’rtasida savdo aloqalarining kengayishiga
270. Buyuk Britaniya o’z armiyasini Eron hududlaridan olib ketishiga majbur qilgan voqeani aniqlang. *1919-1922-yillardagi milliy-ozodlik harakati
271. Buyuk Britaniya parlamenti hukumat tomonidan Irlandiyaga gomrul berish taklifini rad etgan yillar to’g’ri berilgan qatorni toping? *1886-, 1912-yillar
272. Buyuk Britaniya parlamenti Lloyd-Jorj hukumatiga ishchilar harakatini bostirish uchun favqulodda vakolatlar bergan yili bo’lib o’tgan voqeani aniqlang. *Sovet Rossiyasining M.Frunze boshchiligidagi Janubiy front qo’shinlari Qrimni to’la egalladi.
273. Buyuk Britaniya tarixida Parlamentning vakolati 5 yil qilib belgilanib, deputatlarga maosh to’lash joriy etilgan yilda . . . * Sun Yat Sen Xitoyga qaytib kelgach, Nankinda inqilobiy viloyatlar vakillaridan iborat Millat Majlisi to’pladi
274. Buyuk Britaniya tarixiga oid quyidagi voqealar orasidan bir yilda sodir bo’lganlarini toping. *
Do'stlaringiz bilan baham: |