*Muhammad Alixon
808. Rossiyada Ivan IVni G’arbiy Yevropa qirollari bilan bir qatorga qo’ygan xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan voqea sodir bo’lgan yilni aniqlang.* 1547-yil
809. Rossiyada natural xo’jalik negizlariga zarba bergan omillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.* hunarmandlarning bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga o’tishi; g’allaning hamma yerda tovarga aylanishi; ayrim pomeshchiklarning qishloq xo’jalik mahsulotlari savdosi bilan shug’ullana boshlashi; obrok mahsulot bilan emas, balki pul bilan olina boshlanishi;
810. Rossiyada samoderjavie va krepostnoylikka qarshi aniq dastur bilan kurash boshlagan Dekabristlar nechta maxfiy jamiyat tuzgan edi? *ikkita
811. Rossiyada samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurash davrida vujudga kelgan “Shimoliy jamiyat”da konstitutsiya loyihasini kim tayyorlagan edi? *N.Muravyov
812. Rossiyaning Kavkazortida mustahkam o’rnashib olishiga imkon bergan Rus-Eron shatnomasi imzolangan yilni toping.*1813-yil
813. Rus hukmdori Boris Godunov vafot etgan yilda quyidagi hukmdorlardan qaysilarining hukmronligi tugagan edi? *Akbarshoh; Boqi Muhammad;
814. Rus podshosi Pyotr I tomonidan uyushtirilgan I.Buxgols ekspeditsiyasi Yorkentga yo’l olgan yilni aniqlang. *1715-yil
815. Rus podshosi tomonidan "Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom" tasdiqlanganidan yangi "Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom" tasdiqlangan yillar oralig’i to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. *1865-1886-yillar
816. Rus qo’shinlari Kattaqo’rg’onga hujum uyushtirishdan oldin Buxoro amirligining qaysi shahrida mahalliy aholining qarshiligiga duch kelgan? *Urgut
817. Rus qo’shinlari tomonidan qaysi qal’aning egallanishi ularga Toshkent shahri aholisini suv ta’minotidan uzib qo’yish imkonini berdi? *Niyozbek
818. Rus qo’shinlari Xo’jand qal’asini qamal qilib, egallagan yilda tarixda yana qanday voqea sodir bo’lgan? *Erjar qishlog’i yaqinida Buxoro amiri va chor Rossiyasi qo’shinlari o’rtasida jang bo’ldi.
819. Rus qo’shinlarining birinchi jahon urushidagi “Buyuk chekinishi” quyidagi qaysi davlatning urushga kirish masalasini hal etdi? *Bolgariyaning
820. Rus va fransuz qo’shinlari o’rtasidagi Moskva yaqinidagi Borodino qishlog’ida bo’lib o’tgan jangda rus qo’shinlariga qo’mondonlik qilgan sarkardani aniqlang. *Kutuzov
821. Ruslar Irtish daryosi sohilida 7 ta istehkom qurib bitkazgan davrda Xiva hukmdori kim bo’lgan? *Sherg’ozixon
822. Safaviylar sulolasi vakillaridan qaysi birining hukmronligi davrida yirik yer-mulk egalarining mustaqilligi tugatilib, davlat o’z qudratining cho’qqisiga erishdi? *Abbos I
823. Safaviylar xazinaga tushadigan daromadlar kamayishining oldini olish maqsadida XVIII asrdan boshlab qanday yo’l tutganliklarini aniqlang. *dehqonlar to’laydigan soliqlarni oshirish.
824. Salavkiylar davlatida strateg qanday vazifani bajargan?*davlat mudofaasi va qo’sinlarni tashkil etish
825. Samarqand yaqinida barpo etilgan Ulug’bek rasadxonasi etagidagi ikkita chorbog’ qanday atalgan? *Bog’i Maydon, Chinnixona
826. Samarqandda Amir Temur ko’rsatmasi bilan barpo etilgan bog’larning qaysi birida mehmonlar qabul qilinadigan oltin taxtli qarorgoh bo’lgan? *Bog’i Dilkusho
827. Samarqandda istilochilarga qarshi Rofe ibn Lays qo’zg’oloni yuz bergan paytda arab xalifasi bo’lgan shaxsni aniqlang?*Xorun ar-Rashid
828. Samarqandga dastlabki poyezd kelganidan temiryo’l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazilgan yillar oralig’i to’g’ri korsatilgan javobni toping. *1888-1899-yillar
829. Sardiniya qirolligi bosh vaziri K.Kovur qanday davlat tuzumi tarafdori edi? *konstitutsiyaviy monarxiya
830. Semekexon boshchiligidagi O’rta juz qozoqlari Rossiya tobeligiga o’tgan davrda Xiva xonligida hukmronlik qilgan shaxsni aniqlang. *Elbarsxon
831. Shaharlarning shitob bilan rivojlanishi – urbanizatsiya jarayonining avj olishi Germaniyada va AQShda qachon boshlandi? * XIX asrning 70-yillarida
832. Sharqiy Turkistonliklarning Sin imperiyasiga qarshi Jahongirxo’ja boshliq milliy ozodlik kurashi boshlangan yilni toping. *1825-yil
833. Sharqiy turkistonliklarning Xitoyga qarshi ozodlik kurashini qo’llab-quvatlagan o’rta osiyolik hukmdorni aniqlang*Muhammad Ali
834. Shayboniylar davrida Oqchob suv omborining qayerda qurilganligini aniqlang. *Nurota tog’ida
835. Shayboniylar hukmdori Abdullaxon II vafot etgan yili tarixda sodir bo’lgan voqeani aniqlang.(1598) * Nant edikti imzolandi.
836. Shayboniylar tomonidan ta’limni rivojlantirish sohasida islohot o’tkazilishining sababini aniqlang. *barcha sohalar bo’yicha ilmli amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish
837. Shayboniylarga amakivachcha bo’lgan ashtarxoniylar qachondan boshlab Ashtarxon xonligida hukmronlik qila boshlagan? *XIV asrning 80-yillaridan
838. Shayboniyxon Farg’onani egallagach Axsi va Andijonni kimga tortiq etgan? *Jonibek Sultonga
839. Shayboniyxon o’limidan so’ng taxtga bevosita uning avlodlari emas, balki amakisi Ko’chkunchi Sulton o’tqazilishi sababini aniqlang. *Shayboniylar urf-odatiga ko’ra, vafot etgan xon o’rniga taxtga yoshi katta shayboniy o’tqazilishi lozim bo’lgan
840. Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag’islangan asaryozgan mualliflarni aniqlang.*Muhammad Solih va Hofiz Tanish Buxoriy
841. Sho’royi Islomiyaning tashabbusi bilan Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyi chaqirilgan vaqtda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Nivel qirg’ini yuz berdi.
842. Silla qirolligi o’z taraqqiyotining cho’qqisiga erishgan asrni aniqlang. *VIII asr
843. Slovakiya Yevropa Ittifoqi va NATOga qabul qilingan yil sodir bo’lgan voqeani aniqlang?*M.Karzay Afg’oniston Prezidenti qilib saylandi.
844. Soliqlarning haddan tashqari ko’pligidan norozi bo’lgan O’sh aholisi qo’zg’olon ko’targan vaqtda (1845-yil) Namangan hokimi bo’lib turgan shaxsni aniqlang. *Xudoyorxon
845. Somoniylar davrida markaziy boshqaruv idorasini bildirgan atamani aniqlang. *devon
846. Somoniylar hukmdori Nuh ibn Mansur G’azna noibi Sobuqteginni qaysi xizmatlari evaziga Xuroson noibi etib tayinlaydi? *qoraxoniylarga qarshi kurashda yigirma mingli qo’shin bilan kelib yordam berganligi
847. Sopollitepa manzilgohi qaysi davrga oid?*mil.avv. 2-mingyillikka
848. Sovet hokimiyati o’lka hayotiga biroz moslashib, tomir yozib olgach, o’zbek xalqi ma’naviy hayotining uzviy tarkibiy qismi bo’lib kelgan eski maktab va madrasa ta’lim-tarbiya tizimini barham toptirgan vaqtni aniqlang. *XX asr 20-yillari o’rtalaridan
849. SSSRda "rivojlangan sotsializm" nazariyasi ilgari surilgan yilda. . . *Bangladesh Xalq Respublikasi tuzildi
850. Subhonqulixon hukmronligi davrida kinlarga qarshi kurash olib borganligi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang*Balx viloyatida hukmronlik qilayotgan o’g’illariga qarshi; Movarounnahr viloyatlaridagi amir va beklarga qarshi; Xiva xoni Anushaxon qo’shinlariga qarshi
851. Surunkasiga 4 marotaba AQSh prezidentligiga saylangan F.Ruzvelt yashagan yillarni ko’rsating.*1882-1945-yillar
852. Tarixda aynan bir vaqtda sodir bo’lgan voqealar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *Xan imperiyasi uchga bo’linib ketdi. Kushon davlati inqirozga yuz tutdi. (III asr)
853. Tarixdan ma’lumki, 1592-yilda Yaponiya qo’shini Koreya hududiga bostirib kirib, dastlab Seul, keyinroq Pxenyanni egallagan edi. Oradan qancha vaqt o’tib Xitoy va Koreyaning birlashgan qo’shinlari ularni ozod qildi? *bir yil
854. Tarixdan ma’lumki, Chig’atoy xonlaridan Kebekxon davrida ma’muriy va pul islohotlari o’tkazilgan bo’lib, mamlakatda yagona pul joriy qilingan. Samarqand va Buxoroda zarb etilib, muomalaga chiqarilgan tanga pul qanday atalgan? *”kepaki”
855. Tarixdan ma’lumki, Rossiya 1877-yilda Turkiyaga qarshi urush e’lon qildi va katta talofot yetkazdi. Rossiyaning muvaffaqiyatlari Buyuk Britaniyani tashvishga solib qo’ydi va. . .*o’z harbiy kemalarini Marmar dengiziga kiritdi; rus armiyasi Konstantinopolga bostirib kirsa, Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzishini ma’lum qildi;
856. Tarixdan ma’lumki, Shayboniylar sulolasidan taxt vorisi qolmagach, Buxoro taxtiga eng munosib nomzod Jonibek Sulton bo’lib qoladi. Lekin u kimning foydasiga taxtdan voz kechadi? *Din Muhammad
857. Tarixdan ma’lumki, Turk xoqonligi ikkiga: Sharqiy va G’arbiy turk xoqonliklariga bo’linib ketgan. Sharqiy turk xoqonligining poytaxti qaysi hududda qaror topgan?*Mo’g’ulistonda
858. Tarixga "Loy jangi" nomi bilan kirgan jang (1365-yil) qayerda bo’lgan? *Toshkent va Chinoz oralig’ida
859. Tarixga “Chartistlar harakati” nomi bilan kirgan harakat qanday maqsadda boshlanganligini toping. *barcha erkaklarga umumiy saylov huquqi birilishini so’rab
860. Taypinlar qo’zg’oloni 1850-yilda Xitoyning qaysi tomonida boshlangan edi? * janubida
861. Taypinlar qo’zg’oloni necha yil davom etgan? *14 yil
862. To’g’ri ma’lumot keltirilgan javobni toping. *1919-yil o’rtalariga kelib Skobelev, Marg’ilon, Andijon, Namangan va O’sh kabi hududlarda harakat qilayotgan taniqli rahnamolar, ularning jangchilari Madaminbekning yashil bayrog’i ostida birlashayotgan edi.
863. Tohiriylar davlatida Abul Abbos Abdulloh hukmronligi davrida yangi poytaxtga aylangan shaharni aniqlang. *Nishopur
864. Toshkent bekligida Yunusxo’ja huzurida tuzilgan xon kengashi tarkibiga kimlar kirgan? *4 daha mingboshilari
865. Toshkent hokimligi elchilari Sankt-Peterburgga borib, Imperator Aleksandr I qabulida bo’lgan yilda….* Toshkent hokimligi taxtiga Sultonxo’ja o’tirdi
866. Toshkent hokimligining Katta qozoq juzi ustidan nazoratni kuchaytirishi qaysi davlatning iqtisodiy va siyosiy mavqeyini chegaralab qo’ydi? *Qo’qon xonligining
867. Toshkentda "Qo’shchi" uyushmalarining birinchi respublika qurultoyi bo’lib o’tgan vaqtda jahon sahnasida bo’lgan voqeani aniqlang. *Tinch okeanidagi qaram orollar va mulklar xavfsizligining kafolatlari to’g’risidagi "To’rtlar shartnomasi" imzolandi.
868. Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi va birinchi gimnaziya ochilgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping*1884-, 1896-yillar
869. Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi, Turkiston muzeyi tashkil etilgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?*1870, 1876 yillar
870. Tropik Afrika davlatlari tarkibiga kirmagan davlatni aniqlang.* Serra-Leone
871. Tropik Afrika hududlari Yevropa davlatlari tomonidan bosib olingan davr to’gri ko’rsatilgan javobni toping. *XVII-XIX asrlar
872. Tropik Afrikada joylashgan Nyasalend qaysi davlat mustamlakasi bo’lgan?*Buyuk Britaniya
873. Turk sultoni Salim I nechanchi yilda Misr poytaxti Qohira shahrini egalladi?*1517-yilda
874. Turk xoqonligining Sosoniylar va Vizantiya bilan yaqinlashuviga sabab bo’lgan siyosiy vaziyatni aniqlang*Eftallar bilan to’qnashuvning muqarrarligi
875. Turkiston general-gubernatori bosh qo’mondonlikdan tashqari yana qanday lavozimni egallagan? *bosh sudya
876. Turkiston jadidlarining fikricha mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashda zarur hisoblangan choralarni aniqlang.?* 1) yer, suv, yerusti va yerosti boyliklarini Turkiston xalqining umumiy boyligi deb e’lon qilish; 3) barcha sohalarni rivojlantirishga qodir mahalliy kadrlarni tayyorlash; 4) zavod va fabrikalar qurish, mahsulotlarni o’lkaning o’zida ishlab chiqarish;
877. Turkiston o’lkasining quyidagi viloyatlaridan Rossiyaga mardikorlikka olinganlarning soni mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping*Sirdaryo-87 ming; Samarqand-38 ming; Farg’ona-50 ming
878. Turkiston Sovetlarining qaysi syezdida o’lkada yer-suv islohoti masalasi ko’rib chiqilib, unda aholining boy qismi qo’lidagi katta yerlarni musodara qilish, ovrupolik aholi bilan yerli xalqlar o’rtasida yer-suv masalasida vujudga kelgan tengsizlikka barham berish, mehnatkash aholini sovetlar tevaragiga jipslashtirish zarur deb topilgan edi? *1920-yil sentabrdagi XI syezdida
879. Turkistonda dastlabki rus qishlog’i va Buxoro amirligi hududida birinchi rus qishlog’i paydo bo’lgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.*1875, 1888-yillar
880. Turkistonda mustamlaka davrigacha boshlang’ich ta’limdan keyingi bosqichda o’quvchilarga o’qitilgan kitoblar ketma-ketligi to’g’ri berilgan javobni toping. *"Haftiyak", "Chor kitob", "Risolai aziza"
881. Turkistondagi milliy-ozodlik harakati yo’lboshchilari ichida noyob qobiliyati bilan ajralib turuvchi Madaminbek Ahmadbek o’g’li bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotlar ko’rsatilgan javobni toping. *Uning o’z "boshqaruv apparati", "tribunali" va "genshtabi" bo’lgan; 1919-yil yanvarida Marg’ilon uning qo’shinlari tomonidan egallandi; 1919-yil aprelida uning qo’shinlari Namangan va Qo’qon shaharlari atrofidagi janglarda g’olib kelishdi.
882. Turkistondagi sovet hokimiyati rahbarlari tomonidan Amudaryo bo’limida Xiva xonligi tuzumiga qarshi kurashish maqsadida tuzilgan harbiy dastalarga kimlar boshchilik qilgan?*N.A.Shaydakov va N.M.Sherbakov
883. Turkiy xalqlarni birlashtirish g’oyasiga Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalari, shuningdek, sobiq Ittifoq tomonidan berilgan rasmiy nom qaysi javobda to’g’ri keltirilgan? *Panturkizm
884. Turkiyada nechanchi yillarda harbiy to’ntarish bo’lib o’tgan? *1960-yil; 1971-yil;
885. Turklar Yoyiq va Itil bo’ylarini zabt etgan davrda Sosoniylar davlatini boshqargan hukmdorni aniqlang. *Aneshervon
886. Turkman qabilalari bilan bo’lgan jangda Mironshoh Mirzo halok bo’lgach (1408-yil), qaysi hududlar temuriylar tasarrufidan chiqib ketdi? *Ozarbayjon va Iroq
887. Tushpa shahri qaysi qadimgi davlatning poytaxti bo’lgan? *Urartu
888. Uesseks qiroli Buyuk Alfred vafot etgan yili. . . *butun Xuroson Somoniylar qo’l ostiga o’tdi
889. Ulug’bek rasadxonasining ulkan sekstanti o’rnatilishida qaysi olim boshchilik qilgan? *G’iyosiddin Jamshid Koshoniy
890. Umum Hindiston kasaba uyushmalari kongressi qachon tashkil etilgan? *1920-yilda
891. Usmonli turklar davlati kuch-qudratga nimalar hisobiga erishganligini ko’rsating.* sultonlarning oqilona siyosati; mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilish; mustamlaka o’lkalardan tashib kelingan ulkan miqdordagi boyliklar;
892. V asr o’rtalariga kelib mamlakatimiz hududlaridagi ziroatkor vohalarda ekin yerlarining asosiy qismi kimlarning qaramog’ida edi? *qishloq jamoalari
893. Venetsiyalik sayyoh Marko Poloning Uzoq Sharq va Xitoyga qilgan safari davriga to’g’ri keluvchi voqeani aniqlang. *Movarounnahr noibi Ma’sudbek pul islohotini amalga oshirdi.
894. Vengriya hukumati tomonidan Xorvatiya Seymi tarqatib yuborilib, Konstitutsiyasi to’xtatib qo’yilgan yilda quyidagi qaysi voqea ro’y bergan?*Avstriya-Vengriyada og’ir iqtisodiy inqiroz yuz berdi
895. Versal shahrida Germaniya bilan Antanta davlatlari o’rtasida shartnoma imzolangan yilda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang.* Andijon yaqinidagi Oyimqishloqda vodiylik qarshilik ko’rsatish harakati yo’lboshchilarining qurultoyi bo’lib o’tdi.
896. Versal tinchlik shartnomasiga ko’ra, Germaniya ixtiyorida 100 ming qo’shin saqlashi mumkin edi. V.Vilson fikricha, bu qo’shin Germaniyaga nima maqsadda zarur bo’lgan? *ichki tartibni saqlash va bolshevizm xavfiga qarshi turish
897. Vetnamda urush boshlangan va to’xtagan yillarda AQShda prezident bo’lib turgan shaxslarni aniqlang. *L.Jonson, R.Nikson
898. Veymar Konstitutsiyasiga ko’ra Germaniyada yalpi saylov huquqi necha yoshdan va kimlarga berilganligini aniqlang. * 20 yoshdan boshlab erkak va ayollarga
899. Vizantiya tarixchilari tomonidan “slavyanlar” atamasi qachondan boshlab ishlatilgan?*VI asrdan
900. Vizantiyada Yustinian I ning hukmronlik yillarini aniqlang.*527-565-yillar
901. Vudro Vilson davrida o’tkazilgan parlament islohotiga ko’ra… * oldin ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanadigan senatorlar endi xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan bo’ldi
902. X.Kolumb ochgan qit’aga “Yangi dunyo” deb nom bergan dengizchi qayerlik edi? *Italiyalik
903. Xalq qahramoni Juzeppe Garibaldi o’z harbiy kuchi bilan Sitsiliya oroliga kelib tushgan yilda bo’lib o’tgan voqeani belgilang. *Avraam Linkoln prezidentlikka saylovda g’alaba qozondi
904. Xalqlarning buyuk ko’chishlari jarayoni qaysi davrda bo’lib o’tgan? *IV-VI asrlar
905. Xan sulolasi davrida Xitoyda mavjud yerlar kimning mulki hisoblangan? *hukmdorning
906. XII asrda Buxoroning Darvozai Mansur mahallasida "Faqihlar madrasasi" qurilgan asrga oid ma’lumotni aniqlang.* Yevropaning yirik shaharlarida oliy maktab - universitetlar ochila boshladi.
907. XII asrdayoq lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat musulmon sharqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab bergan asarni aniqlang. *"Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum"
908. XIII asr boshlarida Orolbo’yi qoraqalpoqlarining bir qismini Volga va Ural daryolari bo’ylariga, Sirdaryo vohalariga ko’chib ketishga majbur qilgan voqeani aniqlang. *Chingizxon tomonidan Amudaryo to’g’oni buzdirib tashlangach, Amudaryo o’zani o’zgarib, bu yerlarning suvsiz qolishi
909. Xitoy hududida ilk sivilizatsiya qachon va qayerda vujudga kelgan? *mil.avv. III-II mingyillikda Xuanxe va Yanszi daryolari bo’ylarida
910. Xitoy tarixchisi Syuan Szyan Hindistonda bo’lgan davrda tarixda yana qanday voqea sodir bo’lganligini aniqlang. *G’arbiy Turk hoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko’chirdi.
911. Xitoy tarixiga oid quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri boshqalariga nisbatan keyinroq yuz berganini toping.*Xitoyning Shandun viloyati Germaniya ta’sir doirasiga o’tdi.
912. Xitoyda “Minbao” gazetasi chiqa boshlagan va “Yangi Xitoy konstitutsiyasi” qabul qilingan yillarni aniqlang?*1905, 1914-yy.
913. Xitoyda fuqarolar urushining ikkinchi bosqichi qaysi voqeadan boshlandi?*Gomindan va XKP o’rtasidagi umummilliy birlashgan frontning barham topishi
914. Xitoyda Gomindan va XKP o’rtasida a) umummilliy birlashgan inqilobiy fronti hamda b) yagona antiyapon milliy fronti vujudga kelgan yillarni toping.*a-1924-yil; b-1937-yil
915. Xitoyda katta yer egaligi qay tariqa tugatildi? *1950-yil 30-iyundagi qonun asosidagi islohot natijasida
916. Xitoyda manjurlarning Sin sulolasi hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.*1644-1911-yillar
917. Xitoyda milliy buyuk inqilobdan keyin Gomindan partiyasi faoliyati bilan bog’liq holatlar to’gri ko’rsatilgan javobni toping. *iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurish; xususiy mulkni himoya qilish; milliy bozor rivojiga g’ov bo’layotgan ichki boj to’siqlarini bekor qilish
918. Xitoyda milliy buyuk inqilobdan keyin Gomindan partiyasi faoliyati bilan bog’liq holatlar to’gri ko’rsatilgan javobni toping. *iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurish;xususiy mulkni himoya qilish; milliy bozor rivojiga g’ov bo’layotgan ichki boj to’siqlarini bekor qilish
919. Xitoyda Min sulolasi boshqaruvi davrida qaysi davlat bilan munosabatlari buzilgan? (XV asr boshi)* Amir Temur saltanti bilan
920. Xitoyda mo’g’ullar zulmi barham topgandan keyin mamlakat xo’jaligini tiklash maqsadida o’tkazilgan tadbirlarni aniqlang. *hunarmand va savdogarlardan olinadigan to’lovlar kamaytirildi, qullarni ozod qilish haqida qonun qabul qilindi
921. Xitoyda mo’g’ullarga qarshi xalq ozodlik harakatlari kuchaygan davrda yuz bergan voqeani aniqlang?*Germaniyaning shimolidagi shaharlar Ganza Ittifoqiga birlashdi.
922. Xitoyda shoyi gazlama ishlab chiqarila boshlanganidan qancha o’tib paxtadan mato tayyorlana boshlangan? *2 asr
923. Xitoyda Sin sulolasini ag’darib tashlash va demokratik milliy davlat tuzish uchun kurash olib borgan tashkilotni ko’rsating. * “Xitoy uyg’onish jamiyati” tashkiloti
924. Xitoyda to’rt asr davom etgan o’zaro urushlarga barham berilib, yagona davlatga birlashish qachon yuz bergan? *VI asrning II yarmida
925. Xitoyda yozuv uchun bambuk o’rnida shoyi matodan foydalanishga o’tilgan davrda Yunoniston tarixida yuz bergan voqeani aniqlang. *Teatr dunyoga keldi.
926. Xitoyliklar selitradan porox olishni ixtiro qilgan asrda quyidagi qaysi voqea yuz berdi? (X asr) *Buxoroda musulmonlarning ilk ilmgohi - Farjak madrasasi bunyod etildi.
927. Xitoyni XVIII asrda tashqi dunyodan ajratib qo’yish siyosati boshlangan yilni toping. *1757-y
928. Xitoyning Sin imperiyasi tomonidan Sharqiy Turkistonni o’ziga bo’ysundirish harakatlari olib borilgan yillarni ko’rsating. *1755-1759-yillar
929. XIV asr oxirida tashkil topgan No’g’ay xonligi chegaralari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *Volga daryosidan Irtish daryosigacha; Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha;
930. Xiva elchisi Xoja Nafas Astraxanga kelgan yil va Or qal’asi barpo etilgan yillar to’g’ri berilgan javobni toping.*1713, 1735-yillar
931. Xiva hududlarida Kaspiyorti temiryo’lining qurilishi va Amudaryo flotiliyasining tashkil etilishi yillari oralig’i to’g’ri berilgan javobni toping. *1885-1887-yillar
932. Xiva xonlari kutubxonalarida qachondan xattotlik, husnixat maktabi shakllandi?*XVIasrda
933. Xiva xonligi tarixi to’g’risidagi asarlar bilan bog’liq quyidagi ma’lumotlar orasidan to’g’rilarini belgilang. *“Firdavs-ul iqbol” asari Xivaning XVI asrdan 1812-yilgacha bo’lgan tarixini qamrab olgan. Xiva xonligining 1872-1911-yillardagi tarixi Yusufbek Bayoniy tomonidan yaratilgan.
934. Xiva xonligida “Islohotlar loyihasi” qabul qilingan yilda tarixda sodir bo’lgan voqeani aniqlang.* Yaponiya Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o’ziga qo’shib oldi.
935. Xiva xonligida faoliyat yuritgan Oliy Kengash majlislari qancha muddatda o’tkazilgan?*haftasiga bir marta
936. Xiva xonligida kimlar bevatan deb atlgan?*davlat yerlarini ijaraga oluvchilar
937. Xiva xonligida mamlakat miqyosida soliqlar yig’ilishiga javobgar bo’lgan amaldorlarni belgilang. *mehtar va qo’shbegi
938. Xiva xonligida Olloqulixon hukmronlik qilgan davrda jahon tarixida quyidagi qaysi voqea bo’lib o’tgan? *Karl X tomonidan Fransiya parlamenti tarqatib yuborildi.
939. Xiva xonligida tashkil etilgan Kichik Kengash tarkibiga qaysi amaldorlar kiritilgan? * xon; mehtar; qo’shbegi; naqib; devonbegi; shayxulislom;
940. Xiva xonligida XIX asr boshlarida barpo etilgan kanal nomini belgilang. *Lavzan
941. Xiva xonligida xonlik hayotiga oid kundalik masalalar….. tomonidan ko’rib chiqilgan. *Kichik Kengash
942. Xiva xonligida yerlarni ijaraga oluvchilar yer turiga qarab qanday atalgan?*davlat yerlarini ijaraga oluvchi-bevatan; xususiy yerlarni ijaraga oluvchilar-koranda; vaqf yerlarni ijaraga oluvchilar-vaqfchi
943. XIX asr Afrikadagi eng muhim qul savdosi bazalari quyidagi qaysi davlatning mustamlakasi edi?*Portugaliya
944. XIX asr boshlarida Samarqand shahri baland devor bilan o’ralgan bo’lib, oltita darvozasi mvjud edi. Ushbu darvozalar nomlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.*Buxoro; Paykobod; Shohizinda; Qalandarxona; So’zangaron; Xo’ja Ahror;
945. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligida faoliyat yuritgan amaldorlarning vazifalari mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping. *devonbegi- moliya va xazina ishlari, soliqlar to’planishini boshqargan; mushrif- soliqlarni o’z vaqtida yig’ish va ularni hisobga olib borish bilan shug’ullangan ; muhtasib- shariat qoidalarining bajarilishi va ularga amal qilinishi masalalari bilan shug’ullangan; mirzaboshi-amirlik hujjatlarini yuritishga mas’ul hisoblangan;
946. XIX asr o’rtalarida qaysi jarayon ishlab chiqarishda inqilobga teng ixtiro sanalganligini aniqlang. *mashinasozlikda turli xil dastgohlarning yaratilishi
947. XIX asr o’rtalarida Xivada rivoj topgan hunarmandchilik turlari sonini aniqlang* 50 dan ortiq
948. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Osiyo davlatlari tarixini eslang va quyidagi ma’lumotlarni to’g’ri xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. *Yaponiyada ikki palatali parlament joriy qilindi. "Xitoy uyushmalari ittifoqi" siyosiy tashkiloti tuzildi. Eronda Majlisga saylov o’tkazildi, Muzaffariddin Konstitutsiyaning birinchi qismini tasdiqladi. "Hindiston kengashlari haqida qonun" nomli hujjat qabul qilindi
949. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rossiya tarixiga oid ma’lumotlardan to’g’rilarini toping. *Rossiyada qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish ham o’sgan bo’lib, asosiy eksport mahsuloti g’alla edi. Rossiya neft qazib chiqarish bo’yicha dunyoda birirnchi o’ringa chiqib oldi.
950. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Yaponiya taraqqiyotining qaysi xususiyatlari jihatidan Rossiyaga o’xshab ketardi? *monopolistik kapitalizm feodal-monarxiya qoldiqlari bilan chirmashib ketganligi
951. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Yaponiyada sanoat ishlab chiqarishi Rossiyadan necha barobar tezroq rivojlandi? *10 barobar
952. XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi Shimoliy Afrika mamlakatlari tarixiga oid to’g’ri ma’lumotni toping. *1888-yildagi konvensiyaga ko’ra Suvaysh kanalidan barcha davlatlar xoh urush, xoh tinchlik vaqtida bo’lsin, erkin foydalanish huquqini olishdi.
953. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xiva xonligida dehqonlarning chiqishlari stixiyali isyonlar tarzida bo’lib, quyidagi qaysi holat bilan kechgan?*amaldorlarning uylarini vayron qilish; qarz tilxatlarini yirtib tashlash; soliq yig’uvchilarni quvib yuborish
954. XIX asr oxirida AQShda faoliyat yuritgan monopoliyalar sonini aniqlang. *185 ta
955. XIX asr oxirida quyidagilardan qaysi biri Buyuk Britaniya tomonidan ijaraga olingan? *Veyxayvey porti
956. XIX asr oxirida Rossiya podshosi hokimiyatining asosiy tayanchi ... *pomeshiklar hamda pravoslav cherkovi edi
957. XIX asr oxirida tashkil etilgan Buyuk Markaziy Amerika Respublikasi qaysi davlat monopoliyalari tomonidan tarqatib yuborildi? C) AQSh
958. XIX asr oxirlarida Germaniya qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish va hosildorlikning ortishini ta’minlagan omillarni to’g’ri ko’rsating*. Yunkerlar xo’jalik yuritishda yollanma mehnatdan foydalanishga o’tdi.; Qishloq xo’jaligida qo’llash uchun yaratilgan texnikadan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.; Keng miqyosda mineral o’g’itlardan foydalanishga o’tildi.
959. XIX asr oxirlarida qaysi mamlakat hukmron doiralari “quyoshning hammaning yelkasiga birday nur sochishi” talabi bilan chiqdilar? *Germaniya
960. XIX asr oxirlarida Rossiya Buxoro amirligi hududlari orqali Afg’onistonga qanday buyumlarni katta miqdorda chiqarib turgan? *movut; chinni buyumlar; baxmal; chit; gugurt; kerosin;
961. XIX asr oxirlarida Shimoliy Afrikadagi fransuz mustamlakalari to’g’ri berilgan javobni toping. * Tunis, Jazoir
962. XIX asr oxirlarida Turkiya iqtisodining taraqiyyotiga to’siq bo’lgan sabablarni ko’rsating. *eski tartiblar va xorijiy tovarlarning ko’pligi
963. XIX asr oxirlariga kelib qaysi davlat Uzoq Sharqda Yaponiyaning asosiy raqobatchisiga aylandi? *Rossiya
964. XIX asrda Buyuk Britaniya tarixida bir yilda yuz bergan voqealarni toping.*Shaharda o’z uyiga ega bo’lgan hamda alohida xonadonda turadigan barcha erkaklarga saylov huquqi berilishi; Kanadaga dominion maqomi berilishi.
965. XIX asrda Janubiy Afrikada olmos (1)- *70-yillarda va oltin (2)- *80-yillarda konlari topilgan vaqtlarni belgilang.
966. XIX asrda qoraqalpoq hunarmandlari necha yoshli bolalarni shogirdlikga qabul qilib, ularga hunar sirlarini o’rgatgan? *12-13 yoshli
967. XIX asrda qoraqalpoqlarda boshlang’ich ma’muriy bo’g’in hisoblangan ovul hayotiga kim rahbarlik qilgan?* oqsoqollar kengashi
968. XIX asrda Xiva xonligida . . . obro’li oqsoqollar, qozilar va miroblar tomonidan boshqarilgan. * Masjid qavmlari
969. XIX asrlarga kelib Buxoroda ichki va shaharlararo savdo amalga oshilgan tim va chorsular soni nechta bo’lgan?*to’qqizta
970. XIX asrning 50-yillarida Buyuk Britaniyaga mustamlakalari ustidan hukmronlikni mustahkamlash va ularni kengaytirish imkonini bergan omilni ko’rsating.*Buyuk Britaniya sanoatining rivojlanish darajasi, savdoning ko’lami va dengizdagi qudrati
971. XIX asrning 70-yillarida quyidagi qaysi slavyan xalqining bir qismi Gabsburglar sulolasining, ikkinchi qismi Germaniyaning, uchinchi qismi esa Podsho Rossiyasining zulmidan azob chekardi? *polyak
972. XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Usmoniylar imperiyasida aholining ... boshqa barcha davlat xizmatchilari sultonning quli hisoblangan. *ruhoniylardan
973. XIX asrning 80-yillarida O.Bismark quyidagi qaysi davlatni o’z siyosiy rejalarini amalga oshirish yo’lidagi asosiy g’ov deb bilardi? *Rossiyani
974. XIX asrning 80-yillarida Xiva xonligining qaysi tumanlarida dehqon uyshmalari vujudga keldi?*Pitnak; Hazorasp; Yangi Urganch; Ko’hna Urganch;
975. XIX asrning 90-yillariga kelib Germaniya hukmron doiralari tomonidan Tinch okeanida qo’lga kiritilgan hududlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *Karolina orollari; Mariana orollari; Samoa orolining bir qismi; Marshall orollari;
976. XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligi va Buxoro, Qo’qon, Afg’oniston, Eron, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar o’rtasida savdo-iqtisodiy va elchilik munosabatlarining rivojlanishi sabablarini aniqlang.*Xiva xonligi hududining o’rtaosiyolik savdogarlar va haj safariga boruvchilar uchun Kaspiy dengizi orqali boshqa shaharlarga o’tish manzilgohiga aylanganligi; savdoning rivojlanishi davlat xazinasiga katta daromad keltirayotganligi;
977. XIX asrning boshlariga kelib, Eron xalqaro siyosatda muhim o’rin tuta boshladi, bunga sabab nima edi? *Buyuk Britaniya va Fransiyaning sharqda hukmronlikni o’z qo’llariga olish uchun boshlagan kurashlari hamda Rossiyaning Kavkazni qo’lga kiritishga urinayotgani
978. XIX asrning I yarmida Buyuk Britaniya Afg’onistonga qarshi harbiy harakat boshlagan yilda….*Rossiya Xiva xonligiga qarshi harbiy yurish boshladi
979. XIX asrning I yarmida Liberiya ozod davlati tuzilgan yilda….* Jazoirliklar yo’lboshchisi Abdulqodir qo’shini qurshab olindi va tor-mor etildi
980. XIX asrning I yarmida Toshkentda muhtasham me’moriy inshootlar qurilib, eskilarini ta’mirlash ishlari olib borildi. Mazkur ishlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? *Shayx Xovandi Tohur me’moriy majmuasi hozirgi ko’rinishda shakllantirildi; Zayniddin Bobo uchun yangi maqbara qad ko’tarildi; Baroqxon madrasasi qayta ta’mirlandi; Qo’qon O’rdasi bunyod etildi
981. XIX asrning I yarmida Xiva xonligida mavjud bo’lgan uchta devon qanday sohalar bilan shug’ullangan?* xo’jalik; ijtimoiy-siyosiy ishlar; harbiy ishlar;
982. XIX asrning I yarmida Xiva xonligida xon va uning qarindoshlari, oliy martabali amaldorlar, ruhoniylar, savdo-sotiq tabaqalari barcha yerlarning qancha qismiga egalik qilishardi?*deyarli yarmiga
983. XIX asrning I yarmida Xiva xonligining ichki va tashqi siyosatiga oid muhim masalalar qanday hal etilgan? *Oliy Kengash majlislarida
984. XIX asrning I yarmida Xivada xon safarda bo’lgan vaqtlarda xonlikni kim boshqargan? *mehtar
985. XIX asrning II yarmida chorvachilik bilan shug’ullanuvchi har bir oiladan olingan zakot miqdori qanchani tashkil etgan?*40 bosh qoramol uchun 9 so’m, 40 bosh qo’y va echki uchun 2 so’m 50 tiyin
986. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda mustamlaka tartibi qay tarzda o’rnatildi? *harbiy kuch, politsiya tizimi joriy etildi; temiryo’llar qurildi; paxta ekiladigan maydonlar kengaytirildi;
987. XIX asrning o’rtalarida qaysi davlatning ichki vaziyatidan kelib chiqib, missionerlardan biri o’z yashirin xabarida “Kichik bir uchqun shunday yong’in keltirib chiqarishi mumkinki, uning oqibatlarini hatto hisobga olib ham bo’lmaydi” deb yozgan? *AKoreya
988. XIX asrning oxirida Fransiya Guamchjuvan ko’rfazini egalladi va quyidagi qaysi viloyatga hukmronlik ta’sirini o’tkaza boshladi? *Yunan
989. XIX asrning oxirida Yaponiya to’qimachilik sanoati juda tez rivojlandi. 1890-yilda u barcha sanoat tarmoqlarining necha foizini tashkil etdi? *45
990. XIX asrning oxirlarida Xitoy-Fransiya munosabatlarining yomonlashuviga nima sabab bo’lganini toping.* Fransiya tomonidan Vyetnamning bosib olinishi
991. XIX asrning so’nggi choragida Avstriya-Vengriya imperiyasining ilg’or Yevropa mamlakatlariga nisbatan sanoat taraqqiyoti sur’atlarining sekinlashuviga nima sabab bo’lgan edi? * mamlakatda feodalizm sarqitlarining saqlanib qolinganligi
992. XIX asrning so’nggi choragida Fransiya iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashuvining asosiy sababi qaysi javobda to’g’ri keltirilgan? *Fransiyaning chetga ko’p kapital chiqarishi
993. Xlodvig vorislari Burgundiya va Provansni istilo qilgan davrda sosoniylar hukmdori kim bo’lgan? *Xusrav I Anushervon
994. Xorazm davlatining qaysi shahri mo’g’ullar istilosi davrida suvga bostirilgan? *Urganch
995. Xorazmda Afrig’iylar suloasi davrida qanday tasvirlar tushirilgan tangalar zarb etilgan? *old tarafiga shoh surati, orqasiga suvoriy tasviri tushirilgan kumush tangalar
996. Xorazmda afrig’iylar sulolasi barham topib, ma’muniylar hukmronligi boshlangan yilni aniqlang. *995-yil
997. Xorazmda kim hukmron bo’lib turgan vaqtda Yevropada feodallarning II salib yurishlari yuz bergan? *Otsiz
998. Xorazmni bosqinchilardan himoya qilishga otlangan Sulton Jaloliddin G’aznaga yetib borguniga qadar qaysi shaharlarda mo’g’ullarga qaqshatqich zarbalar bergan? *Niso; Qandahor;
999. Xorazmshoh Takash Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etgan davrda quyidagi qaysi voqea yuz berdi?* Salohiddin Ayubiy salibchilardan Quddusni tortib oldi
1000. Xorazmshohlar davlatida qaysi amaldor harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni idora qilgan?* xo’jayi buzruk
1001. Xudoyorxon saroyi (xon o’rdasi) devorlaridagi xattotlik ishlarini bajargan shaxslarni aniqlang. *Turdi Ali va Mirzo Mahmud
1002. XVI asrda "Haq ish uchun" xalq partizan guruhlari tuzilgan mamlakat tarixida 1948-yil yuz bergan voqeani toping. *Respublika tuzumi o’rnatildi
1003. XVI asrda Koreyada markazlashgan mamlakat asta-sekin zaiflashib borayotganda, ayniqsa, janubdan qaysi davlatning xavfi kuchaydi?*Yaponiyaning
1004. XVI asrda Niderlandiya sanoati, savdosi, qishloq xo’jaligi, rivojlangan davlat bo’lsa ham qaysi davlatning mulkiga aylantirilgan edi?*Ispaniya
1005. XVI asrda Oydagi kraterlardan biriga Yevropada ham mashur bo’lgan qaysi allomaning nomi berilgan?*Ahmad al-Farg’oniy
1006. XVI asrda Rossiya hududi bosqinchilik urushlari olib boorish hisobiga qaysi tomonga qarab kengayib bordi? *sharq va janubga
1007. XVI asrda vujudga kelgan “quloqlar qabristoni” (o’ldirilgan koreyslardan kesib olingan 30 mingta quloq va burun ko’milgan) qaysi xalqning bosqinchilikdagi vahshiylikning isboti hisoblanadi? *yapon
1008. XVI asrda yaponlarga o’qotar qurollar yasash san’atini o’rgatgan yevropalikni aniqlang. *Mendish Pintu
1009. XVII asr Angliya tarixiga oid voqea to’g’ri keltirilgan javobni belgilang. *1649-yilgi inqilobdan so’ng parlament mamlakatda fuqarolar totuvligini ta’minlay olmadi.
1010. XVII asrda Fransiya viloyatlari ham o’z parlamentlariga ega edi. Mamlakat fuqarolariga bu parlamentlarga qanday masala yuzasidan shikoyat qilish huquqi berilgan?*viloyat sudlari hukmi ustidan
1011. XVII asrdagi Hindiston va Buxoro xonligi tarixiga oid ma’lumotlar ichidan bir yilda yuz berganlarini belgilang. *Hindistonda Akbarshoh hukmronligining tugashi; Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi vakillaridan Vali Muhammad hukmronligining boshlanishi
1012. XVIII asr oxirida Fransiyada asosan mayda va o’rta mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi partiyani toping. *Yakobinchilar
1013. XVIII asrda "Qonunlarning buyuk to’plami" yaratilgan mamlakatga qachon asos solingan deb hisoblanadi? *mil.avv. 2333-yil
1014. XVIII asrda Zarafshon daryosidan chiqarilgan (3-4 chaqirim uzunlikdagi) ariqlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? *Xurmo; Sarazm
1015. XVIII asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning Rossiya bilan aloqalar o’rnatishiga intilishlari sabablarini aniqlang*jug’orlar bosqinlaridan himoyalanish; savdo-tijorat ishlarini yo’lga qo’yishdan manfaatdorlik
1016. XVIII asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning Rossiya bilan aloqalar o’natishga intilishlari sabablarini aniqlang. jung’orlar bosqinlaridan himoyalanish; savdo-tijorat ishlarini yo’lga qo’yishdan manfaatdorlik;
1017. XVIII asrning I yarmida Sibirda istehkomlar barpo etgan harbiy guruh rahbarini aniqlang.*I.Kirillov
1018. XVIII asrning II yarmidan boshlab Rossiya savdo iqtisodiy aloqalarida Markaziy Osiyo xonliklarining ahamiyati yanada ortib bordi. Bunga sabab nimada edi?* Rossiyada rivojlanib borayotgan sanoat uchun xomashyo manbalari topishga intilish; Hindistonda Buyuk Britaniya ta’sirining kuchayib borayotganligi;
1019. XX asr 30-yillari oxirlariga kelib Lotin Amerikasi davlatlari xo’jaligining qaysi tarmoqlari AQSH sarmoyasiga qaram bo’lib qolganligini toping* elektrostansiyalar; temir yo’llar; pochta-telegraf; port va tog’ sanoati
1020. XX asr 30-yillarida Buyuk Britaniya tashqi siyosatda duch kelgan ikki asosiy muammoni aniqlang. *fashistlar Germaniyasining Yevropadagi agressiv tashqi siyosati; imperiya mustamlakalarida kuchaygan milliy-ozodlik harakati muammolari
1021. XX asr 30-yillarida Lotin Amerikasi davlatlari o’rtasida imzolangan o’zaro hujum qilmaslik va yarashuv to’g’risidagi shartnoma AQSh tomonidan ham imzolandi. Bu shartnoma tarixga qanday nom bilan kirdi? Savedro Lamas pakti
1022. XX asr 30-yillarida xalq fronti vujudga kelgan davlatlarni ko’rsating. *Ispaniya; Fransiya; Braziliya;
1023. XX asr 60-yillarida O’zbekistonning irrigatsiya mashinasozlik tarmog’i markaziga aylangan shaharni toping. * Andijon
1024. XX asr 80-yillari davomida Lotin Amerikasida harbiy diktatorlik hukumatlari birin-ketin tarix sahnasidan keta boshladi. Quyidagi davlatlarni harbiy-diktatorlar barham topgan yillariga ko’ra xronologik tartibda to’g’ri joylashtirilgan javobni toping. 1) Boliviya; 2) Argentina; 3) Gonduras; 4) Peru; 5) Salvador *4, 1, 2, 3, 5
1025. XX asr boshlarida "Yosh buxoroliklar" siyosiy harakat sifatida faoliyat ko’rsata boshlagan yilda jahon tarixida sodir bo’lgan voqeani toping. *Buenos-Ayresda IV Panamerika konferensiyasi o’tkazildi.
1026. XX asr boshlarida Avstriya-Vengriyaga qaysi davlatlar banklari qarz berish, sanoatga mablag’lar yo’naltirish orqali mamlakatni o’z kapitallari bilan to’ldirib tashladilar? *Fransiya, Belgiya, Germaniya
1027. XX asr boshlarida Fransiya eksportida fransuz vinolari (1), jun (2), ip gazlama (3), shoyi gazlama (4) mahsulotlarining egallagan o’rni qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?* (1) - 4-o’rin; (2) - 1-o’rin; (3) - 2-o’rin; (4) - 3-o’rin
1028. XX asr boshlarida Ispaniyada mavjud yer maydonlarining uchdan ikki qismi kimlarga tegishli bo’lganligini ko’rsating. *yirik yer egalari va katolik cherkoviga
1029. XX asr boshlarida Italiya hukumatini boshqargan J.Jolitti davrida qanday qonunlar qabul qilinganligini toping. *Kasaba uyushmalari tuzishga ruxsat etuvchi; Ish tashlash o’tkazilishiga ruxsat beruvchi; Tungi smenada bolalar va ayollar mehnatidan foydalanmaslik haqida; Saylovchilarning mulk va savodxonlik senzini bekor qilish haqida;
1030. XX asr boshlarida Yevropa mustamlakachilari Afrikadagi o’zlarining mustamlakalarida joriy qilgan boshqaruv haqidagi to’g’ri ma’lumotni aniqlang. *Buyuk Britaniya o’z mustamlakalarida mahalliy boshqaruv tizimlarini saqlab, ularni o’z manfaatlariga bo’ysundirdi
1031. XX asr boshlariga kelib sanoat ishchilarining soni jihatdan birinchi o’rinni egallagan davlatni ko’rsating. *AQSh
1032. XX asrning 20-yillari o’rtasida Xitoyda xorijiy bosqinchi davlatlarga qarshi kuchli harakatlar boshlanishiga turtki bo’lgan voqeani aniqlang.* talabalar namoyishining ingliz politsiyasi tomonidan o’qqa tutilishi
1033. XX asrning 20-yillarida Kubada qaysi siyosiy guruhlar hokimiyat uchun kurash olib borgan? *liberallar va konservatorlar
1034. XX asrning 20-yillarida Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiga xos xususiyatlar to’g’ri berilgan javobni toping. *qishloqda latifundiyachilar zo’ravonligi; ishlab chiqarishning asosan tashqi bozor ehtiyojlariga moslashib qolganligi; chet el kapitaliga qaramlik;
1035. XX asrning 20-yillarida Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiga xos xususiyatlar to’g’ri berilgan javobni toping.* qishloqda latifundiyachilar zo’ravonligi; ishlab chiqarishning asosan tashqi bozor ehtiyojlariga moslashib qolganligi; ; chet el kapitaliga qaramlik;
1036. XX asrning 30-yillarida “Halol raqobat kodeksi” deb nomlamgan hujjat qaysi davlatda ishlab chiqilgan? *AQShda
1037. XX asrning 30-yillarida Germaniya sarmoyalari Lotin Amerikasining quyidagi qaysi davlatlari iqtisodiyotiga joylashtirilgan? *Argentina; Braziliya; Chili; Paragvay
1038. XX asrning 30-yillarida Ispaniyada fuqarolar urushini keltirib chiqargan isyon qaysi hududda boshlanganligini aniqlang. *Marokashda
1039. XX asrning 50-80-yillarida qurib ishga tushirilgan O’rta Osiyoda eng yirik Qayroqqum GESi qaysi Respublika hududida joylashgan?* Tojikiston
1040. XX asrning 60-70-yillarida portret janrida ijod qilgan o’zbek rassomlarini aniqlang.*A) V.Kaydalov, M.Nabiyev
1041. XX asrning 60-yillarida Chexoslovakiya iqtisodiyotida bozor munosabatlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish rejasini e’lon qilgan siyosiy arbobni aniqlang. *A.Dubchek
1042. XX asrning I choragida Xiva xonligida dehqonlar g’alayonlari keng tus olgan davrda jahon tarixida qanday voqea yuz berdi? *Germaniya va Turkiya o’rtasida maxfiy suratda ittifoq shartnomasi imzolandi.
1043. Yangi tarix davrini eslang va quyidagi hukmdorlardan qaysilari turli sabablar tufayli o’z davlatini tashlab chet ellatrga ketishga majbur bo’lishgan edi. *Yakov II; Karl X; Lui Filipp;
1044. Yangi tarixning birinchi davrida Germaniya imperiyasida iqtisodiy tushkunlik boshlangan davrni aniqlang *XVI asrning ikkinchi yarmidan
1045. Yaponiya 1900-1913-yillarda sanoat ishlab chiqarishda …(1)dan o’zib ketib, …(2)ga yaqinlashdi.*(1)Italiya, (2)Fransiya
1046. Yaponiya floti Port-Arturga hujum uyushtirgan yilda sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Fransiya va Buyuk Britniya o’rtasida bitim imzolandi.
1047. Yaponiya pul birligi - iyen qachon mamlakatning yagona pul birligiga aylandi?*Meydzi islohotlari davrida
1048. Yaponiya sanoat ishlab chiqarish hajmi bo’yicha Italiyadan o’zib ketib, Fransiyaga yaqinlashgan yillarda sodir bo’lgan voqealarni ko’rsating. *Buyuk Britaniyada parlament islohoti o’tkazildi. Rossiyada agrar islohot o’tkazildi. Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari boshlandi.
1049. Yaponiya Seulda saroy to’ntarishi o’tkazgan va Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o’ziga qo’shib olgan yillar to’g’ri berilgan javobni ko’rsating *1894, 1910-yy.
1050. Yaponiya Seulda saroy to’ntarishi o’tkazgan va Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o’ziga qo’shib olgan yillar to’g’ri berilgan javobni ko’rsating. *1894, 1910-yy.
1051. Yaponiya Sovet davlati bilan betaraflik shartnomasini tuzgan yili.(1941).*Germaniya armiyasi Italiyaning Bolqon yarimorolidagi armiyasiga yordamga keldi
1052. Yaponiya tarixiga doir quyidagi ma’lumotlardan bir yilda sodir bo’lganlarini toping.*Simonoseki sulhi tuzildi.; 10 yillik qurollanish dasturi qabul qilindi.
1053. Yaponiyada aholining barcha tabaqalari - feodal zamindor, samuray, dehqon, hunarmand, savdogarlar rasman teng huquqli deb e’lon qilingan yilda. . . *Avstriya-Vengriya imperiyasi poytaxti Vena shahrida ishchilarning demokratik erkinliklar berilishini talab qilgan ommaviy namoyishlari o’tkazildi
1054. Yaponiyada modernizatsiya davri boshlangan yilda Buyuk Britaniyada . . . *erkak aholining 50 foizi saylov huquqiga ega bo’ldi
1055. Yaponiyada qishloq xo’jaligi sohasida islohotlar o’tkazilib, yerni erkin oldi-sotti qilishga, istalgan turdagi ekinlarni ekishga ruxsat berilgan davrda quyidagi qaysi voqea sodir bo’ldi? *Ural kazaklari hozirgi Qoraqalpog’iston hududlariga surgun qilindi. AQSh Kongressi Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy avf berish to’g’risida qonun qabul qildi. Germaniya sotsial-demokratik partiyasi tuzildi.
1056. Yaponiyaga birinchi bo’lib Yevropaning qaysi davlati? savdogarlari qachon kirib kelganligini aniqlang. *XVI asrda portugallar
1057. Yaponlar uchun Koreya ochiq mamlakat deb e’lon qilingan yilda…*Buyuk Britaniya o’z qirolichasi Viktoriyani Hindiston imperatori deb e’lon qildi
1058. Yaponlarning Koreyada amalga oshirgan shafqatsizliklarining dalili bo’lgan "quloqlar qabristoni" joylashgan shaharni aniqlang. *Kioto
1059. Yassaviya tariqatining asoslari qaysi asarda bayon etilgan? *"Hikmat"
1060. Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati oqibatida Birma quyidagi qaysi davlatning mustamlakasiga aylangan edi? *Buyuk Britaniya
1061. Yevropa Kengashining oliy organlarini aniqlang. *Tashqi ishlar vazirlari Qo’mitasi va Parlament Assambleyasi
1062. Yevropada dastlabki banklar qachon va qayerda paydo bo’lgan?*XIV-XV asrlarda Italiyada
1063. Yevropada xristian dinining tarqalish davrini aniqlang. *IV asrdan boshlab XIV asrgacha
1064. Yevropadagi ilk uyg’onish va gumanizm davri vakillarini aniqlang. (XIV-XV asrlar) *Petrarka, Bokachcho, Salyutati
1065. Yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurash davrida (XVI asr) quyidagi hududlarining qaysi birlari Ispaniya tomonidan keyinroq zabt etilgan? *Chili, Argentina
1066. Yevropaning kuchli mustamlakachi davlatlari tomonidan afrikaliklarni qullikka sotish qachongacha davom etgan? *XIX asr o’rtalarigacha
1067. Yozuvchi Daniel Defoning “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” asari bosh qahramoni Robinzon obrazida qanday fikr aks etgan? *yangi shakllanayotgan tadbirkorlar qatlami vakilining uddaburonligi va sog’lom fikrlashi
1068. Yuan Shikay inqilobiy harakatning tazyiqi bilan Sin sulolasi taxtdan voz kechishga majbur bo’lgan yilda. . .*Eron 1907-yil
dagi Rossiya va Buyuk Britaniyaning ta’sir doiralari haqidagi bitimni tan olishga majbur bo’ldi
1069. Yuliy Sezar o’limidan so’ng Rimda respublikani tiklashga uringan Brut qo’shinini tor-mor keltirgan ittifoqchilarni aniqlang. *Oktavian; Mark Antoniy.
1070. Yunon shahar-davlatlari ittifoqini tuzishga kelishilgan Korinf yig’ilishida qaysi davlat ishtirok etmagan? *Sparta
1071. Yunon-Baqtriya davlatida zarb qilingan tangalarga kim(nima)ning tasviri tushirilgan? *hukmdor
1072. Yunusxo’ja bilan yaqin aloqada bo’lgan qozoq sultoni Bukey qaysi bo’lisning sultoni edi? *Qorakesak
1073. Yuz yillik urush natijasida Angliya . . . tashqari Fransiyadagi barcha yerlaridan mahrum bo’ldi. *Kale portidan
1074. Zahiriddin Muhammad Boburning qaysi asari islom huquqshunosligi va islom dinining asoslari, xususan namoz va zakot, haj ziyoratlarining mezonlariga bag’ishlangan?* “Mubayyin”
1075. Yut qabilalari Kent viloyatini bosib olgan davrda mamlakatimiz tarixida yuz bergan voqeani aniqlang. eftal qabilalari kirib keldi
Do'stlaringiz bilan baham: |