2-mavzu: Yaylovlar urug‘chiligi Reja: O‘tlarni ekish, yangidan ekilgan o‘tzorlar barpo etish



Download 43,99 Kb.
bet1/6
Sana11.06.2022
Hajmi43,99 Kb.
#653711
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma\'ruza


2-mavzu: Yaylovlar urug‘chiligi
Reja:
1. O‘tlarni ekish, yangidan ekilgan o‘tzorlar barpo etish.
2. Tajriba dalalarida yetishtiriladigan ko‘p va bir yillik o‘tlar.
3. Yaylov o‘simliklarini urug’chiligini rivojlantirish.

Urug‘shunoslik – urug‘larning rivojlanishi va hayotini, ularning muhit omillariga talabini, yuqori sifatli urug‘larni etishtirish va ularni ekishga tayyorlash usullarini o‘rganadigan fan.


Urug‘shunoslikda ekologik va agrotexnik omillarning urug‘ sifa­tiga ta’siri, urug‘ morfologiyasi, biologiyasi (urug‘ hosil bo‘lish ja­rayoni), fiziologiyasi va biokimiyosi, shuningdek, donning ekinboplik sifatlarining nazorati o‘rganiladi va amalga oshiriladi.
Urug‘shunoslikning tadqiqot predmeti – urug‘lik material, va­zi­fasi – ekiladigan materialning sifatini oshirish, tadqiqot uslub­lari – ekish materialining sifatini baholash uslublari. U alohida, mustaqil fan sifatida mavjud va o‘simlikshunoslikka yaqin turadi.
Urug‘lik – o‘simlikning biologik va xo‘jalik xossalarini o‘zida saqlaydigan, embrional holatdagi o‘simlikdir. SHuning uchun hosildorlik urug‘ sifatiga bog‘liq. O‘simlikshunoslikda urug‘lik deb ekish uchun mo‘ljallangan urug‘lik material tushiniladi. Haqiqiy urug‘ (don, dukkakli), mevalar yoki ularning bir qismi (g‘alladoshlar doni va boshq.) to‘pmeva (lavlagi), boshoqchalar (tulkidum), tuganaklar (kar­toshka).
Ekishga tayyorlangan urug‘lar tegishli navdorlik va ekinboplik (ekish) sifatlariga hamda yuqori hosildorlik xossalariga ega bo‘lishi lozim.
Urug‘ning ekinboplik sifati – uning ekishga yaroqlilik xususi­yat­lari majmuasi (unuvchanlik, o‘sish energiyasi, tozaligi, namligi, ka­sal­lik va zararkunandalar bilan zararlanganligi va boshq.)dan iborat. Nav­dorlik sifati – urug‘ning nav tozaligi, tipikligi, reproduksiyasi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablarga javob berishidir. Hosildorlik sifati – urug‘ning aniq ishlab chiqarish sharoitida ma’lum miqdordagi hosil berish xususiyatidir. Ekin hosildorligi urug‘ning irsiy, modifikatsiya o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘ladi va u o‘stirish sharoitlariga bog‘liq holda shakllanadi. Bir xil genotip (nav)ga ega turli urug‘lar bir xil o‘stirish texnologiyasi sharoitida tur­licha hosil berishi mumkin. Navdorlik, ekinboplik, hosildorlik si­fati yuqori bo‘lgan urug‘lar yaxshi etishtirish texnologiyasi qo‘llanilganda mo‘l va sifatli hosil olishni ta’minlaydi.
Urug‘shunoslikda urug‘larning ekishga bop-nobopligini bilish maqsadida tahlil qilishning maxsus uslublari mavjud va ular Davlat Standartlarida belgilangan. O‘zbekistonda urug‘lik sifatini nazorat qilishda Davlat Standartlaridan foydalaniladi. Urug‘lar nazorati bo‘yicha analizning usul-amallari, metodlarini ishlab chiqish va stan­dartlash ishlarini urug‘lar nazorati bo‘yicha xalqaro assotsiatsiya – ISTA olib boradi.
«Qishloq xo‘jalik ekinlarining urug‘i, sifatini aniqlash usul­lari» kitobida urug‘lar sifatini aniqlash usullari bo‘yicha davlat standartlari belgilangan. «Urug‘larning navdorlik va ekinboplik si­fatlari» kitobida hamma dala ekinlarining sifatiga qo‘yilgan talab­lar keltirilgan: tozalik, namlik, urug‘lar kasalliklari va boshqa ko‘rsatkichlar.
Ekinboplik sifatlariga ko‘ra urug‘lik sinflarga bo‘linadi. Urug‘lik uchun ekilgan dalalarda faqat I sinf urug‘lar, ishlab chiqarishda I va II sinf talablariga javob beradigan urug‘lar ekiladi. Ko‘pgina ekinlar uchun I sinf urug‘larda unuvchanlik 95 %, tozaligi 99 % dan kam bo‘lmasligi kerak, III sinf urug‘lari ayrim hollardagina umu­miy ekin­zorlarga ekish uchun ruxsat etilishi mumkin.
O‘zbekistonda urug‘lik sifatlarini aniqlashni «O‘zDavurug‘nazo-ratmarkaz» va uning viloyat hamda tumanlardagi bo‘limlari amalga oshi­radi.
Urug‘larning ekinboplik va hosildorlik sifatlariga ekologik hamda agrotexnik omillar katta ta’sir ko‘rsatadi. Urug‘lik etishtirila­yotgan mintaqa va ob-havo sharoiti ekologik omillarning asosini tash­kil qiladi.
Urug‘lik ob-havo sharoiti qulay, unumdor tuproqli dalalarda etish­tirilishi maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston sharoitida sug‘oriladigan erlarda etishtirilgan urug‘lik sifati lalmikorlikda etishtirilgandagiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Ko‘plab o‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, mahalliy sha­ro­itda etishtirilgan urug‘lar boshqa mintaqa yoki respublikadan kelti­ril­gan urug‘larga nisbatan yuqori hosil etishtirishni ta’minlaydi.
Donning to‘lish va pishish davrida issiq va havo nisbiy namligi op­timal bo‘lsa, bunday urug‘larning ekinboplik va hosildorlik sifat­lari yuqori bo‘ladi. Namlik yuqori, havo salqin, yoki juda issiq sha­ro­itda etishtirilgan urug‘larning ekinboplik va hosildorlik xususiyat­lari past bo‘ladi.
O‘simliklarning yotib qolishi, bir tomonlama azotli o‘g‘itlarning ko‘p qo‘llanishi, o‘simliklarning qalin bo‘lishi urug‘larning ekinboplik va hosildorlik sifatlarini pasaytiradi. O‘simliklar yotib qolishining oldini olishda retardantlar qo‘llaniladi.
Urug‘chilik xo‘jaliklarining asosiy maqsadi faqat sifatli urug‘ etishtirishgina emas, balki har gektar erdan maksimal hosil olish hamdir. O‘simlik yuqori hosil va sifatli urug‘larni faqat hamma texno­logik usullar o‘z vaqtida, tez va sifatli o‘tkazilgandagina shakllanti­radi.
Urug‘larning hosildorlik sifati uning yirikligi, bir tekisligi, o‘sish energiyasi, unuvchanligi, o‘sish kuchi, oqsil miqdori, kasalliklarga chidamliligi va boshqa ko‘rsatkichlardan iborat. SHuning uchun urug‘lik ekinzorlar parvarishi bo‘yicha alohida texnologiya qo‘llanilishi zarur.
Urug‘lik ekinzorlar eng yaxshi o‘tmishdoshlardan keyin joylashti­ri­lishi kerak. Bunda o‘tmishdoshlar o‘simliklarning o‘sishi, rivojla­nishi uchun qulay sharoit yaratishlari hamda tur va navlarning iflosla­nishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’minlashlari juda muhim.
O‘zbekistonda kuzgi boshoqli don ekinlarini urug‘ uchun etishti­rishda eng yaxshi o‘tmishdoshlar – g‘o‘za, makkajo‘xori, sabzavot ekinlari, kartoshka, beda, dukkakli don ekinlari hisoblanadi.

Download 43,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish