Geografiyasi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/85
Sana01.06.2022
Hajmi5,22 Mb.
#624948
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   85
Bog'liq
fayl 195 20210327

Tuproq taksonomiyasi. 
Tuproq tipi asosiy taksonmik birlik. 
Har qanday boshqa tabiiy obyektlar singari, tuproqlarni tizimli 
ravishda ta’riflash va o‘rganishda tadqiqot ko'lamiga bogiiq 
bo‘lgan u yoki bu obyektni qanday darajada aniqlashga erishishni 
oldindan belgilash zarur. „Tuproq” so‘ziga yana nimanidir, ya’ni 
ushbu holatda aynan qanday tuproq ekanligini belgilaydigan 
qandaydir tushunchani qo‘shish lozim. Tuproq tizimining ushbu 
vazifasi taksonomik birliklar tizimi yoki bilish (ко4rib chiqish) 
darajasi yordamida yechiladi.
„Taksonomiya” 
so4zi grekcha 
„taxis” 
-
tuzilma, tartib
yoki 
lotincha 
„takso” 
-
baholayman
va 
„nomos” 
-
qonun
demakdir. 
Taksonomik birliklar (taksonlar)- bu qandaydir obyektlar tizimida 
sinf, daraja yoki o 4mini ko4rsatadigan, ulaming batafsillik yoki 
aniqlik darajasini belgilaydigan, tasniflash yoki tartibga solish 
birliklaridir. Tuproqshunoslikda taksonomik birliklar - tabiatda 
mavjud tuproq guruhini tasvirlaydigan, ketma-ketlikda bir-biriga 
teng tobe bo4lgan (bo4ysunilgan) tizimli toifalaridir.
Hozirgi zamon taksonomiyasining negizida tuproq tipi 
to4g4risidagi Dokuchayevning ta’limoti yotadi, keyinchalik bu 
tuproq tipi va tuproq paydo bo4lish jarayonining tipi haqidagi 
ta’limotlarda o4z rivojini topgan.
Tip 
- deyarli bir xildagi tuproq paydo bo‘lish jarayonlari 
kechadigan hamda o4xshash tabiiy - geografik sharoitlarda katta 
maydonlarda shakllangan aniq tuproqlardir. Tuproq tiplarining eng 
muhim belgilari: 1) tuproqda to4planadigan organik moddalar va 
ular parchalanish, o4zgarish jarayonlarining deyarli bir xil bo4lishi;
2) tuproqdagi mineral va organik-mineral moddalar sintezidagi 
jarayonlarning bir xilligi; 3) moddalar migratsiyasi; 4) tuproq 
kesmasi tuzilishining bir xilda bo4lishi hamda 5) tuproq
56


unumdorligini oshirish va saqlab qolishga qaratilgan tadbirlaming 
yagona yo'nalishda olib borilishi kabilar hisoblanadi.
Tabiiy sharoitga bogiiq boigan tuproqning ichki asosiy 
xossalariga qarab tiplar odatda ekologik-genetik sinflarga birlash- 
tiriladi. Ana shunday xossalarga tuproqning issiqlik tartibi, tuproq 
paydo boiishining bioenergetik xususiyatlari va atmosfera 
yoginlariga ko‘ra tuproq - suv tartibining o‘zgarishi singarilar 
kiradi. Tuproqning ekologik - genetik sinflari bilan dehqonchilik, 
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligining o‘ziga xos geografik 
xususiyatlari bog‘liq boiadi.
Har bir ekologik - geografik tiplar sinfidagi tuproqlar 4 ta 
genetik qator (avtomorf, yarimgidromorf, gidromorf, qayir- 
allyuvial)ga boiinadi. Tuproqlaming gidrologiyasiga asoslangan bu 
qatorlar qishloq xo‘jaligida tuproqlardan samarali foydalanishda 
katta amaliy ahamiyatga ega.
Hozir 0 ‘zbekistonda tuproqlaming 22 tiplari va 59 tipchalari 
(B.V.Gorbunov, N.V.Kimberg, 1962) ajratilgan. Ulaming ba'zilari 
avvaldan ma’lum va yaxshi o‘rganilgan boisa-da, ayrimlari kam 
tadqiq qilingan. Tuproqlar tizimi i tartibida tuproq tipidan quyi (past) 
boigan taksonomik birliklar: tipcha, avlod (rod), tur, xil va 
razryadlar ham ajratiladi.
Tipcha - tuproq tiplari orasida ajratiladigan taksonomik birlik 
boiib, 
asosiy hamda qo‘shimcha tuproq paydo qiluvchi 
jarayonlaming borishida ayrim sifatiy farqlar bilan xarakterlanadi. 
Tipchalarga boiayotganda tuproq paydo qiluvchi jarayonlaming 
zonal (shimoldan janubga qarab) o‘zgarishi bilan birga fatsial 
(sharqdan g‘arbga qarab) o‘zgarishi ham e’tiborga olinadi. Masalan, 
g‘arbdan sharqqa borgan sari tuproqning issiqlik, suv tartibi keskin 
o'zgaradi va bu o‘z navbatida tuproqning agronomik xossalariga 
ta’sir qiladi hamda ekinlarning turlarini tanlab ekishni va maxsus 
agrotexnikani qoilashni taqozo etadi.
Avlod - tipchalar orasida tuproq guruhlarini o‘ziga bir- 
lashtiradi. Tuproqlaming genetik xususiyatlari ko‘plab mahalliy 
sharoitlaming tuproq paydo boiish jarayonlariga ta’siri natijasida 
yuzaga keladi. Ona jinslarning tuzilishi va xossalari, sizot 
suvlarining kimyoviy tarkibi kabi omillar natijasida tuproqlarda
57


sho‘rxoklanish, sho‘rtoblanish va karbonatlanish singari jarayonlar- 
ning borishi ro‘y beradi.
Tur 
- avlodlar orasida ajratiladigan tuproq guruhlari boiib, 
tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning borish jadalligiga ko'ra 
ajratiladi. Masalan, podzollanish jarayonlarida gumus to'planishi- 
ning jadalligi va uning chuquriigi, sho‘rlanish, eroziyalanish 
darajasi singarilar turlami belgilovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. 
Demak, tur tuproq paydo boiish jarayonining miqdor jihatlarini aks 
ettiradi. Masalan, o‘rtacha va kam gumusli oddiy qora tuproq 
atamasida avlod ifodalangan.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish