1-AMALIY MASHG’ULOT
1.Sintaktik munosabat turlari.
Sintaksis grammatikaning ikkinchi qismi bo’lib, unda so’zlarning bir-biriga bog’lanib, so’z birikmalari hosil qilinishi, gap turlari o’rganiladi. "Sintaksis" grekcha so’z bo’lib, "tuzish” demakdir.
Sintaksis o’z navbatida a) so’z birikmasi sintaksisi va b) gap sintaksisi kabi ikkita bo’limga ajraladi.
Mustaqil so’zlar ma’no va grammatik jihatdan bir-biriga bog’lanib, so’z qo’shilmasini hosil qiladi. Maydonda erkaklar va ayollar to’planishdi degan gapda quyidagi so’z qo’shilmalari mavjud: 1) erkaklar va ayollar; 2) erkaklar to’planishdi; 3) ayollar to’planishdi; 4) maydonda to’planishdi.
So’z qo’shilmasidagi so’zlar bir-biri bilan ikki xil bog’lanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |