50
2. Кандыбович С. Л. Здоровье населения –
залог стабильности и
безопасности государства / С. Л. Кандыбович, М. Ф. Секач // Вестник
Московского университета. Серия 14. Психология. – 2011, №4. С.32-38.
3. Ушакова И.А. Здоровьесберегающая социализация иностранных
студентов в медицинских вузах России: автореф. докт. социол. наук.-
Волгоград , 2012. – 32 с.
NAFAS OLISH ORGANLARI MAVZULARINI O‘QITISHDA PISA
TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH
Azimov I.T., N.I.Toshpo‘latova, U.K.Tojiboyeva (TDPU)
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning 25.01.2020
sanasidagi Oliy majlisga
murojatnomasida ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratdilar.
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur
bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash,
raqobatbardosh
iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va
yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2020
yilni
“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”,
deb nom
berishi”. Barcha ilm ahlini va pedagogalr oldiga juda katta vazifalarni qo‘ydi.
Shu sababli maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida
takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro
standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish davr talabidir.
Joriy yilda matematika,
kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda
fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar
yaratib berilishi haqidagi fikrlari hamda
2021 yilgi xalqaro baholash jarayoniga
tayyorgarlik ko‘rishga alohida urg‘u berib o‘tganliklari har bir biologiya,
matematika, kimyo, fizika bo‘yicha o‘qituvchilarning
Xalqaro baholash tizimi
PIRLS, TIMSS, PISA, TALLIS haqidagi bilimlarini takomillashtirishga va TIMSS,
PISA bo‘yicha topshiriqlar bankini yaratish hamda ta’lim tizimiga tatbiq etish
muximligini ko‘rsatib berdi.
PIRLS - boshlang‘ich 4 - sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish
darajasini baholash; TIMSS - 4 va 8-sinf o‘quvchilarining
matematika va tabiiy
yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash; PISA - 15 yoshli
o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik
darajasini baholash; TALIS - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish
sharoitlarini o‘rganish. TIMSS, PISA yordamida o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlari:
bilish, qo‘llash, mulohaza yuritish kabi qobiliyatlari baholanadi.
Xalqaro
baholashning “Tabiiy fanlardan savodxonlik” yo‘nalishi o‘quvchilarning fizika,
biologiya, kimyo, geografiya fanlaridan egallagan bilim va ko‘nikmalarini kompleks
holda tekshiradi. O‘quvchilarga taklif etiladigan hayotiy vaziyatlar har bir insonning
shaxsiy hayotida uchraydigan dolzarb muammolar bilan bog‘liq (masalan, parhez
davomida iste’mol qilinadigan mahsulotlar), jamoa yoki jamiyatning a’zosi sifatida
51
(masalan, shaharga nisbatan elektrostansiyaning joylashgan o‘rnini aniqlash) yoki
dunyo fuqarosi sifatida (masalan, “parnik effekti”ning oqibatlarini anglash).
Xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etishga
tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘tgan yillarda foydalanilgan savollar mazmunini
o‘rganib chiqib, tahlil qilish va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish kerak. Odam
va uning salomatligi kursini o‘qitish davomida quyidagicha berilgan Xalqaro
baxolash topshiriqlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarimizda
biologik
savodxonlikni va biologiyaga bo‘lgan qarashlarini ijobiy tomonlarga
o‘zgartirishimiz mumkin.
Quyida berilgan topshiqlardan odam va uning salomatligi kursining nafas
olish sistemasi mavzularini o‘qitishda foydalanishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: