58
rassomlik, me'morlik, haykaltaroshlik san'atlarining
mahsulotlaridan bahramand
bo'ladi, tabiat go'zalliklaridan zavqlanadi.
Ko'rish odamning mehnat faoliyatida muhim o'rin tutadi. Ko'rish orqali inson
o'qishni, yozishni va mehnatning boshqa turlarini o'rganadi, bilim oladi, hunar
egallaydi.
Binobarin, ko'rish orqali odamning ichki dunyosi, uning tevarak-atrof,
tabiat, san'at haqidagi tushunchasi, fikrlash qobiliyati, aql-idroki, ongi rivojlanadi.
1. Turli xil vitaminlarni ovqat orqali qabul
qilish organizmning normal
faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Quyidagi berilgan vitaminlarning qaysi birlari
ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi va ular qaysi maxsulotlar tarkibida ko‘p bo‘ladi?
A) Vitamin V, D – baliq moyi, sabzi, jigar, tuxum
V) Vitamin A, S – sabzi , limon .karam , piyoz ,sarisoq piyoz.
S) Vitamin S, D – baliq moyi sabzi, baliq jigari, limon, karam, piyoz, sarimsoq piyoz
D) Vitamin A- sabzi. Baliq moy , sarimsoq piyoz, namatak, sariyog‘
2. Ko‘zning normal faoliyatini ta’minlash uchun quyidagi gigienik talablarga
ya’ni yotib o‘qish, transportda kitob o‘qish, bir sutkada 2.5-3 m masofada 2 soatdan
ortiq televizor ko‘rish kabilarga rioya qilish kerak. Agar bu yuqoridagi barcha
talablarga rioya qilinmasa ko‘z kasalliklarini vujudga kelish imkoniyati ortadimi?
HA yoki YO‘Q deb javob bering.
-Kon’yunktivit «HA» «YO‘Q
»
- Yaqindan ko‘rish «HA» «YO‘Q»
-Uzoqdan ko‘rish «HA» «YO‘Q»
To‘r pardadagi yorug‘likni sezuvchi fotoretseptorlarda yorug‘lik nurini nerv
impulslariga aylanishi kuzatiladi. Bu nerv impulslari ko‘rish
nervi orqali bosh
miyaga o‘tkaziladi. Odam qattiq yiqilib ensa qismi zarb bilan urildi.
Savol № 1 Agar ko‘rish analizatorini ikkinchi qismi shikastlangan bo‘lsa
odam ko‘radimi? Nima uchun? Agarda bosh miya po‘stlog‘ining ensa qismi
shikastlansachi?
Savol №2 Odamning ko‘rish organidagi fiziologik jarayonlarni normal
kechishida qaysi optik jarayonlar rol o‘ynaydi?
Savol № 3 Nima uchun yangi mashina haydashni
boshlagan haydovchilar
doimo mashina qismlaridagi ko‘rsatkichlarini kuzatishi va yo‘l xolatiga qarashi
natijasida ularning ko‘zi tez toladi?
- Ko‘rish organi bizni o‘qishimizga, xarita va tablitsalarni kuzatishga kompyu’ter
bilan ishlashga imkon beradi.
Savol: odamning hilma-xil mehnat turlarini ayting va unda qo‘rish organi
qanday rol o‘ynashinii tushuntirib bering
Aytish joizki, shu vaqtga qadar mamlakatimiz ta’limi PISA baholash tizimi
doirasiga tushmagan. Prezidentimizning 25.01.2020
sanadagi murojatnomasida
o‘quvchilarimizning 2021 yilgi xalqaro baholash dasturida ishtirok etishi haqidagi
murojatlari tasdig‘idir. Bu o‘qituvchilar zimmasiga mamlakatimiz ta’lim tizimi
59
sifatini yanada oshirish o‘quvchilarimizni xalqaro sinovlarda ishtirok etishga har
tomonlama ilmiy,
pedagogik, psixologik jihatdan tayyorlash, 2020-2021 yillar
oralig‘ida o‘quvchilarning Xalqaro baxolash tadqiqotlarida qatnashish uchun amaliy
ko‘nikmalar shakllantirilishga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish,
kabi bir qator vazifalar yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: