57
Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga
chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali
yangi avlod kadrlarini
tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv
yurtigacha – ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik.
Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini
oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda
qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi”. Prezidentimizning bu
fikrlari ilm – fan, ta’lim soxasida faoliyat ko‘rsatayotgan olim va pedagoglarga
yuksak ma’suliyat qo‘yish bilan bir qatorda ishonchni bildiradi.
“Joriy
yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda
fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar
yaratib berish va 2021 yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishga
aloxida urg‘u berishlari biologiya o‘qitish tizimi bo‘yicha xalqaro baholash
topshiriqlarini shakllantirish va amaliyotga tatbiq etish zarurligini ko‘rsatadi.
Shu
sababli maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish,
o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni
xalqaro standartlarga
moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish davr talabidir.
SHuningdek 2021 yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishga
alohida urg‘u berib o‘tganliklari har bir biologiya, matematika, kimyo, fizika
bo‘yicha o‘qituvchilarning Xalqaro baholash tizimi PIRLS, TIMSS, PISA, TALLIS
haqidagi bilimlarini
takomillashtirishga va TIMSS, PISA bo‘yicha topshiriqlar
bankini yaratish hamda ta’lim tizimiga tatbiq etish muximligini ko‘rsatib berdi.
Xalqaro
baholashning “Tabiiy fanlardan savodxonlik” yo‘nalishi
o‘quvchilarning fizika, biologiya, kimyo, geografiya fanlaridan egallagan bilim va
ko‘nikmalarini kompleks holda tekshiradi. O‘quvchilarga taklif etiladigan hayotiy
vaziyatlar har bir insonning shaxsiy hayotida uchraydigan dolzarb muammolar bilan
bog‘liq (masalan, parhez davomida iste’mol qilinadigan mahsulotlar), jamoa yoki
jamiyatning a’zosi sifatida (masalan, shaharga nisbatan elektrostansiyaning
joylashgan o‘rnini aniqlash) yoki dunyo fuqarosi sifatida (masalan, “parnik
effekti”ning oqibatlarini anglash).
Xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etishga
tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘tgan yillarda foydalanilgan
savollar mazmunini
o‘rganib chiqib, tahlil qilish va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish kerak. Odam
va uning salomatligi kursini o‘qitish davomida quyidagicha berilgan Xalqaro
baxolash topshiriqlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarimizda biologik
savodxonlikni va biologiyaga bo‘lgan qarashlarini ijobiy tomonlarga
o‘zgartirishimiz mumkin.
Quyida berilgan topshiqlardan odam va uning salomatligi kursining qon, qon
aylanish organlari, nafas olish sistemasi mavzulari va shunigdek sezgi organlaridan
ko‘rish organi mavzusini o‘qitishda foydalanishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: