67
muhitining chegarasi yo’q. Shuning uchun har xil organizmlar yashashi va shakllanishi uchun
qulay.
Okean suvlarida mikroskop bilan ko’rinadigan mikroplantkton,
amyobalardan tortib to
og’irligi 150 tonna keladigan ko’k kitlargacha, turli xil organizmlar yashaydi. Xozir dunyo
okeani va dengizlarda hayvon sinfining 51 tasi bo’lib, ularning 160 ming turi mavjud. Ularning
umumiy vazni 16-20 mlyard t ga yetadi. O’simliklarning esa 10 ming atrofidagi turi mavjud.
O’simliklar orasida suv o’tlarining turi ko’p. Yashil suvo’tlarining 5000 ga yaqin,
diatomlarning ham 5000 ga yaqin turi bor. Masalan, ulva, laminariya, nemalion, makrotsisus va
h.q. Dunyo okeanida suvo’tlarining oziq-ovqat uchun foydalanish mumkin bo’lgan 70 turi
bo’lib, ularning
eng muhimlari dengiz karami, dengiz salati va h.k. Ular oziq-ovqat, dori-
darmon, bo’yoq va konditer sanoati uchun xom ashyo hisoblanadi. Laminariya o’simligidan
alьgin yelimi olinadi va undan gazlamalarni bo’yashda, sovun tayyorlashda ham foydalaniladi.
SHuningdek, suvo’tlaridan drojji (achitqi), spirt, qog’oz, karton va boshqa narsalar tayyorlash
ham mumkin. Suvo’tlari materik sayozligida ayniqsa hosildor bo’ladi. Masalan, Koliforniya
qo’ltig’idagi qizil suvo’tlarining biomassasi gektariga 60-100 t ga yetadi. Lekin hozircha o’sha
suvo’tlardan juda ham kam foydalaniladi.
Xayvonlar ichida 16
ming baliq turi, 80 ming molyuskalar turi, 20 mingga yaqin
qisqichbaqasimonlar turi, 15 mingga yaqin sodda organizmlar va boshqalar mavjud.
Umurtqalilar orasida baliqlardan tashqari okeanda toshbaqa va ilonlar, 100
ga yaqin sut
emizuvchi (kitsimonlar) hayvon turlari mavjud. Dunyo okeanidagi o’simliklardan tashqari
hayvonlardan ham oziq-ovqat mahsuloti sifatida foydalaniladi. Xayvon oziq-ovqat resurslariga
baliqlar, kit, beluxa, dengiz mushugi, tyulenь,
dengiz quyoni, nerpa, morj, qisqichbaqa,
mollyuska, ustritsa va h.q.lar kiradi. Dunyo okeanida ovlanadigan organizmlarning 80% ga
yaqinini baliqlar, 10-12%ini umurtqasiz hayvonlar, 8-10%ini
dengiz sutemizuvchilari va
suvo’tlari tashkil etadi.
Okean suvlaridan yiliga 10,7 mln.t. treska, 22,3 mln.t. seld, 5,1 mln.t. skumbriya baliqlari
ovlanadi.
Okean hayvonlari ichida ko’p moy va go’sht berishda kit birinchi o’rinda turadi. U Yer
shridagi eng katta hayvon bo’lib, uzunligi 35 m, og’irligi 125 tonna. Shuning 50 tonnasi moyga
to’g’ri keladi. Og’irligi 100 t keladigan kit vazni 25 bosh fil, 150 buqa og’irligiga tengdir.
Kitning tili 3 tonna keladi.
Kitdan kontserva mahsuloti, chorvachilik uchun ozuqa, un, o’g’it,
shuningdek, yuqori sifatli charm olinadi. Bir kitdan 7 ming juft tagcharm olish mumkin.
Dunyo okeani va dengiz organizmlari , ayniqsa ularning kattaligi juda xilma-xil. Xayvonot
dunyosi tarkibida ham, o’simliklar orasida ham ko’zga ko’rinmaydigan mikroorganizmlardan
tortib, uzunligi bir necha o’n metrga yetuvchi organizmlar ham bor.
Ularni yashash joylariga
ko’ra 3 ta ekologik guruhga –
plankton, nekton va bentosga
ajratish mumkin.Ular asosan 2 ta
oblast – dengiz tubi va uning ustidagi suvda yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: