65
qaytadi, ya’ni har 6 soatda suvning ko’tarilish muddati tamom bo’lib,qaytish muddati
boshlanadi. Suvning ko’tarilishi ichki dengizlarning qo’ltiqlarida va daryolarning quyar yerlarida
ancha kuchli bo’ladi. Masalan eng katta suvning ko’tarilishi Yangi Shotlandiyadagi Fandi
qo’ltig’ida 18 m bo’lgan.
Okean va dengiz suvi Quyosh tortishishidan ham ko’tarilib, qaytib turadi.
Quyosh massasi
katta bo’lsa ham, u juda uzoqda joylashganligi uchun uning tortishish kuchi Oyning tortishish
kuchidan ancha zaif. Shuning uchun Quyoshdan hosil bo’lgan suv ko’tarilishi Oynikidan 2,17
marta kuchsizroq bo’ladi. Suvning ko’tarilishi va qaytishi natijasida juda katta energiya (8x10
12
kVt) vujudga keladi. Bundan foydalanib, Frantsiyaning Rona daryosining
quyar yeriga elektr
stantsiyasi qurilgan.
3. Okean oqimlar.
Katta hajmdagi okean suvlarining uzoq masofalarga yo’nalgan
gorizontal harakati
okean oqimlari
deb ataladi. Bir tomondan esadigan shamollar ta’sirida
okean suvining 1500 m gacha qalinlikdagi yuza qatlami harakatlanadi.Okean oqimlari quyidagi
rasmda keltirilgan.
Okeanning bir qismida bosim yuqori bo’lsa okean sathi pasayadi, atmosfera bosimi past
joylarda esa okean sathi ko’tariladi, natijada oqim vujudga keladi
Dunyo okeani oqimlari
geografik o’rni, harorati, tarmoqlanib yoki qo’shilib ketishi, girdoblar hosil qilishi, tezligi,
yo’nalishi bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Okeanda suvlar harakatining asosiy omillari ikkiga
bo’linadi: mexanik va termoxalin.
Mexanik
omillarga shamol, atmosfera bosimining notekis taqsimlanishi va boshqalar
kiradi
Termoxalin omillarga issiqlikning kelishi va ketishi, atmosfera yog’inlari, bug’lanish,
materiklardan suvlarni kelishi va boshqalar kiradi.
Natijada quyilma, xaydama, zichlik va
kompensatsion oqimlar vujudga keladi. Okenaning ikki joyida suv sathining o’zgarishi,
daryolar quyilishi, yog’inlar yog’ishi yoki bug’lanish hisobiga ro’y bersa, quyilma oqim hosil
bo’ladi.
Har qanday dengiz oqimi boshlangan joyda oqim suvni olib ketishi natijasida suv
sathi pasayadi, oqim kelgan joyda esa ko’tariladi. Suv sathi pasaygan joylarga atrofdan suvlar
oqib kelib uni to’ldiradi. Bunday oqimlar kompensatsion oqimlar deb ataladi.
Dengiz oqimlarining o’rtacha qalinligi 200 – 300 m.ni tashkil qiladi.
Oqimning
yo’nalishi, shu oqimni vujudga keltirgan barcha kuchlar yo’nalishiga bog’liq.
Okeanlardagi suvning xalqasimon harakati okeanlardagi dinamik muvozanatni aks
ettiradi: bir joydan suvning kamayishi bilan boshqa joydan suv kelib uni to’ldiradi. Masalan,
Golfstrim Atlantika okeanining g’arbiy kismida Braziliya va Gviana oqimlari keltirgan
suvlarini to’planib qolishi natijasida hosil bo’ladi. Atmosferaga o’xshab okenalarda xam zonal
harakatlar hukmron, meridional harakatlar esa (Golfstrim, Kurosio, Kanar,
Kaliforniya, Peru,
Braziliya va boshqa lar) ularni bir-biri bilan tutashtirib turadi.
Dengiz oqimlarining geologi ishi nihoyatda kattadir. Masalan ular qirg’oq bo’ylarida
qo’yidagi rasmdagi abraziya relyef shaklini vujudga keltiradi.
62
Okeanlarda suvlar bo’ylama yo’nalishda ham harakat qiladi. Ular yuzalama
oqimlardan 3-5 marotaba kam bo’lsa ham ammo ahamiyati juda katta. Bo’ylama harakatlar
tufayli okean yuzasidagi va tubidagi suvlar bir-biri bilan almashadi. Natijada okeanning chuqur
qismlari
va yuzasi orasida issiqlik, modda va ozuqani almashinishi ro’y beradi. Bo’ylama
harakatlar ko’proq konvergentsiya va divergentsiya zonalarida sodir bo’ladi. Konvergentsiya
zonasida ikkita oqim qo’shiladi va yuza suvlari okean tubi tomon harakatlanib, suvlarni pastga
tushishiga olib keladi. Divergentsiya zonasida oqimlarni ikkiga bo’linishi natijasida okean
62
Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”. 2003,
Do'stlaringiz bilan baham: