Bu gap qizning akasiga malol keldi. Gap aytgan o‘spiringa yeb yuborgudek o‘qraydi. Keyin hafsalasi pir bo‘lgandek qo



Download 41,53 Kb.
bet1/2
Sana01.04.2021
Hajmi41,53 Kb.
#62387
  1   2
Bog'liq
said axmad ufq umid


Bu gap qizning akasiga malol keldi. Gap aytgan o‘spiringa yeb yuborgudek o‘qraydi. Keyin hafsalasi pir bo‘lgandek qo!l siltab, orqasiga qaytdi.

Azizxon hamon raisga ergashgancha indamay borardi.

U Zirillamaning eng sho‘x, o‘tganning o‘rog‘ini, ketganning ketmonini oladigan, yerga ursa ko‘kka sapchiydigan bo‘z bo- lalaridan. Bola paytida ham shundoq edi. Haligacha quyilma- di. Tomlardan chumchuq uyasiga intilib, tik teraklardan yiqilib sinmagan, chiqmagan joyi qolmagan. Mushtlashishga ishqiboz. Atayin Yakkatut, Toshloq, Zarkent taraflarga borib basma-basga o‘z tenglari bilan mushtlashardi. Birini urib, biridan kaltak yeb qaytgan paytlari juda ko‘p bo£lgan.

Agar Zirillama qizlaridan falonchiga falon qishloqning yigiti gap qotipti, deb eshitsa, tamom. Atayin o'shaqqa borib gap qot- gan yigitning og‘zi-burnini qopqora qon qilib kelardi.

Kuclii, g‘ayrati taniga sig‘maydigan bu yigit ko‘cha eshi- gi oldida o‘tirib atayin kuchini ko‘rsatib qo‘yish uchun eshak qo‘shilgan aravaning orqasidan tortib yurgizmay qo‘yar, qopdagi bug'doymi, unmi, nima bo‘lsa tishi bilan ko'tarib irg‘itardi. U qishloqning “ko‘ziri” deb nom olgan edi. Shu bolaning ko‘ngliga birdan muhabbal otashi tushdi.

Muhabbat o‘ti ilashgan yigitlar ko‘pincha yuvosh, o‘ychan, ingichkaroq ovoz eshitsa xo‘rsinadigan boMguchi edi. Azizxon bunaqa boimadi. Ishqi ham o‘ziga o'xshagan bebosh, hech nar- sani tan olmaydigan bir ishq edi.

Shuncha yil yonma-yon yurib, birga o‘sib, o‘zi necha mar- talab urib, sochidan toriib chirqillalib yuradigan Lutfmisa bir kun kelib uning uyqusini o‘g‘irlashi, kcchalar hammaga eshit- tirib oh urdirishini sira xayoliga keltinnagan. Uning muhabba- ti sekin-asta boshlanmadi. Olovdek lov etdi-yu yurak-bag'rini kuydirdi, qo‘ydi. Ana o‘sha kundan beri Azizxon Lutfinisaning yo‘lini poylaydi. Ovloqroq joyda uchratsa iltifot nimaligini unu- tib, bag'riga tortadi. Qiz ham unga ortiqeha monelik qilmaydi. Bir chekkasi moyillik bildirib turgandek o‘zini qo‘yib beradi. Bu orada sirdan voqif bo‘lgan akasi Lutfinisani ikki-uch kaltakladi ham. Eplolmadi. Qiz battar o‘chakishib Azizxon tarafga inti- laverdi. Uy yumushlarini orasta qiladigan qiz o‘zini pardozga urdi. Ko‘chaga chiqadigan bo‘lsa, yo‘lakda yuziga upa-eliklami chaplaydigan bo‘ldi. U o£tgan ko£chada atir hidi anqib ketardi. Bu hid Azizxonni jinni qilar, uni ko‘rolmagan kezlarida ko‘cha- sini, yoiagini hidlab kelardi. Nima bo‘ldi-yu, Lutfmisa Azizxon layin qilgan joyga kelmadi. Ertasi kuni uchrashganda uni ayamay shapaloqladi. Qiz bu kaltakni og‘ir olmadi.

Xullas, ikkovining muhabbati biron kitobga yozilmagan, bi- ror shoirning tiliga kelmagan antiqa bir muhabbat edi.

Ularning bu daraja besaranjom, xavfli uchrashuvlaridan tash- vishga tushgan qizning akasi Akbarali nima qilishini bilmay ko‘p bosh qotirdi. Ota-onasi bo‘lganda-ku, ularga maslahat solardi.

I ,ckin, nachora, ular bu foniy dunyodan ko‘z yumganlar. Oxiri marg‘ilonlik kosib yigitdan kelgan sovchilarga rozilik berib, patir ushatdi. To‘y kuni ham tayin qilindi. Singlisini ostona hatlab ko‘chaga chiqarmay qo‘ydi.

To‘y taraddudidan xabar topgan Azizxon — jinnining o‘zi boidi-qo‘ydi. Marg‘ilonga tushib kuyovning yo‘lini poyladi. I Jchratsam bir o‘lasi qilib uraman, qizdan aynitaman, deb ni- yat qildi. Ammo kuyov bolani uchratolmay qaytib keldi. “Agar .hunga tegsang so‘yaman, pichoq charxlatib keldim”, deb Lutfi- uisaga xat kiritdi. Xat qizning qo‘liga tegmadimi, har qalay javob bo'lmadi. Ana shundan keyin Azizxon kechasi bilan Lutfmisalar nyi atrofida g‘ingshib yurdi. Oxiri chidamay devor oshib hov- liga tushdi. Hamma yoq tinch. Hatto bo'ribosar iti ham tong- >>,a yaqin mudrab qolgan edi. Azizxonning niyati qizni olib qo- < liish edi. Asta emaklab ayvonga chiqdi-yu, qiz yotgan to‘shakka yaqinlashdi. Tong salqinida Lutfinisa ko‘rpani boshiga tortgan i kan. Atir hidi Azizxonni bir necha daqiqa garang qilib qo‘ydi. Yostiqdan oshib tushgan ikki o‘rim sochni bir qilib to‘yguncha liidladi. Keyin endi qiz boshidagi ko‘rpani ko‘targan ham edi- ki, qorong‘ida kimligini bilmagan Lutfinisa qichqirib yubordi. Hirpasda hovli qiy-chuv bo‘lib ketdi. Qo‘ni-qo‘shnilar uyg‘onib hovlini to‘ldirishdi. Qizning akasi Azizxonni g‘o£zapoya g‘arami orqasidan topib chiqdi. Keksalar hassasi bilan, yoshlar mushti bilan do‘pposlashdi. Ammo Azizxon g‘iring, deb ovoz chiqarma- di, ro‘yguningcha uraverlaring, deb turaverdi.

Lutfinisa ayvon ustunini quchoqlab goh yiglar, goh allaqan- dny harakatlar bilan Azizxonga dalda berib turardi...

Idoraga yaqin qolganda Rayimberdi hassaga tayangan bir i liolning arzini tinglab alahsib qoldi. Azizxon payt topib orqa ko‘chaga qarab qochdi.

Akbarali uyiga yetganda qarasa, Azizxon ko‘chaning bu be- l ula lol tagida ularning eshigiga tikilib o‘tiribdi.

Akbaralining nihoyatda tajanghgi oshdi. Endi nima qilish ke- i iik? Hii beta’sir bolaga gap o‘tmasa, kaltak kor qilmasa! Oxiri yali- mr;lij',a (|aror qildi. Azizxonning oldiga kelib qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi.


  • Menga qara, baraka topkur. Tinch qo‘ygin. Jon uka, tinch qo‘ygin. Bizni sharmanda qilma! Ko‘cha-ko‘yda qandoq bosh ko‘tarib yuraman. Yo ko‘chib ketaymi?

Azizxon bez bo‘lib turib javob qildi:

  • Ko'chadigan boisang, Lutfini tashlab ketasan.

Akbarali: — E, odam bo‘lmay har narsa bo‘l! Hojimuqonni

oldida qolib ketsang bo‘lmasmidi, seni qaytarib olib kelgan o‘zi- miz ahmoq. Boshga bitgan balo bo'lding, yaramas, - dedi-yu, eshikni oyog'i bilan ochib hovlisiga kirib ketdi.

Sal o‘tmay hovli tarafda uning so‘kingani, Lutfinisaning dod solib yiglagani eshitildi. Nimadir sindi. Azizxonning qulog‘i- ga shunday so‘zlar chalinib qoldi: - G‘unajin ko‘zini suzmasa, buqacha ipini uzmaydi. Sen ablah ko‘z suzmasang, bu yaramas bunchalik suykalmasdi.


  • Bari bir topgan kuyovingizga tegmayman. Azizxondan boshqasiga tegadigan bo‘lsam sirka ichib o'laman.

  • Sirka u yoqda tursin, zahar ichmaysanmi. Bari bir aytga- nimni qilaman.

  • Zahar ichishdan oldin besh varaq qilib, zolim akamning dastidan dod, deb xat qoldiraman, keyin zahar ichaman.

Yana nimadir sindi. Birov qochdi. Birov quvdi. Lutfinisa­ning yana dodlagani, akasining so‘kingani eshitildi.

Bu gaplarga quloq solib iljayib o‘tirgan Azizxon qandaydir g‘alaba qilgan kishidek mag'rur o‘rnidan turdi. 0‘zicha “qoyil, qo-o-yil”, deb qo‘yardi.

Lutfinisaning ham bo‘sh kelmasligidan ko‘ngli tinchigan Azizxon uyga borib bir uyquni urib, qolgan ishni ana shundan keyin o‘ylashni niyat qilib hovlisiga keldi.

Uning yirtilgan kiyimlari, g‘urra bo'lgan, ko‘kargan betlarini ko‘rgan mahalla kishilari biri kulib, biri hayron bo‘lib orqasidan qarab qolishardi.

Kimdir: “Manavini oshiq deydi”, dedi.

Orqa tarafdan gurr kulgi ko‘tarildi.

Bu masxaralar, bu gaplar oshiq Azizxonga zarracha ham ta’sir qilmas edi.

IV


Bugun Akbaralining uyida to‘y. Ko‘chani oshna-og‘aynisi bilan to‘ldirib kuyov keladi. Qishloq qizlari yor-yor aytib Lutfi- nisani Marg‘ilon tarafga, kuyovnikiga kuzatib boradilar.

Azizxon shularni o‘ylaganda ichini it tatalagandek ingrab yuborar edi. Bugun u yotgan to‘shagi kuydirgandek erta tong- da o‘rnidan turdi. Allaqayoqlarda sanqib, oh tortib, peshanasiga shatillatib urib uyga qaytib keldi.

Dadasi Ummatali ohorli yaktagini, taxtakachdan chiqqan do‘ppisini kiyib to'yxonaga ketdi. Azizxon ko‘ksini zaxga bosib, endi taqdirga tan berish kerak, degan o‘yga kelar, shunday o‘y kelgan kallasiga musht urib sapchib o‘midan turib ketardi.

Ayniqsa ko‘cha boshida qo‘sh karnay, qo‘sh sumayning vat-vati, nog‘ora-chirmandalarn ing tak-taka-tumini eshitgan- dan keyin sira chidayolmay qoldi. Eshigini tepib ochib ko‘chaga chiqdi. Ko‘zlari bejo, duch kelganni do‘pposlaydigan qiyofada edi. U o‘zidan-o‘zi ichki bir tovush bilan, hech bu dunyoda rahm-shafqat degan narsa bormi, adolat degan narsa bormi, deb nido qilardi.

Bu minilmagan asov otdek yigit qanday adolat qidirayotga- nini o‘zi bilmasdi. Qoq yarim tunda birovning uyiga devor oshib, pardadagi qizning yoniga kirsa, ovloqroq joyda uchrasa, beli- ni qayirib bag‘riga bossa. Unga yana qanaqa adolat-u, qanaqa rahm-shafqat kerak?

Azizxon bo‘y yetib, yigitlikning dunyo meniki, kuch menda deydigan faslini kechirardi.

Kuyovnakarlar olomoni qiyqiriq bilan Akbaralilar ko‘chasiga burilib ketdi. Azizxon o‘sha tarafga ketayotganini bilmasdi.

Qosh qorayib qolgan. To‘y sharofati bilan suv sepilgan ko‘- chalardan chang ko£tarilmas. Eshik tirqishidan kuyov o‘tgan ta­rafga mo‘ralab turgan xotin-xalaj Azizxonning ketishiga kulib, ba’zilari voy bechora, degandek qarab turishardi. Azizxon bu ta’qib qilib turgan ko‘zlarni ko'rmas, ko‘rsa ham idrok qilmasdi.

Azizxon Akbaralilar darvozasi oldida davra yasab nog‘ora- chirmandaga raqs tushayotganlarni tomosha qilayotganlarga chap berib lip etdi-yu devor oshib chorboqqa tushdi. Keyin bog‘ma-bog‘ oshib ketaverdi. Xotinlar, bolalar yo‘lakka chiqib lo‘yni tomosha qilayotganliklari uchun bog‘larda, tomorqalarda hech kim yo‘q edi. Azizxon to‘y bo'ladigan hovli orqasidagi ba- land nok tupining qiyalab o‘sgan shoxiga o‘tirib oldi. Qo‘ynini kuzgi tosh nok bilan to‘ldirdi.

Ko'chada bazm tugab, kuyovni o‘ragan yigitlar asta-sekin liovliga kira boshladilar. Xotinlar bosh egib kelayotgan kuyov uslidan tanga, shirinliklar sochishardi. Azizxon zalvarli bir tosh uokni qoliga olib salmoqlab ko'rdi. Boshiga salla o£rab, jig‘a



gapni nimadan boshlashini bilmay ancha vaqtgacha til chaynab o‘tirdi. Oxiri boshini ko‘tarib singlisiga qaradi.

  • Shuncha sanqib yurganing yetar. Tavbangga tayangandir- san. Endi bas. Olib ketgani keldim.

Lutfmisa bosh ko‘tarmay dedi:

  • Ketolmayman, aka. Endi menga Zirillama harom.

  • Unaqanias. Rahmatli onam seni menga tashlab ketgan. El-yurt oldida boshimni xam qilib ketding, orqangdan quvma- dim. Marg‘ilon yoMini menga berk qilib ketding, indamadim. Jigarchilik, deb chidadim. Endi esingni yig‘.

Lutfmisa akasining betiga tik qaradi.

  • Qistamnng, aka. Ketolmayman. Biron haftadan keyin ka- nalga suv ochiladi. Men shu yerda bo‘lishim kerak.

Akbarali istehzoli kuldi.

-Tavba, sen bolmasang, kanalga suv kelmay qolarkanmi. Ahmoq bo'lma!

Orzixon aya gapga aralashdi:


  • Bolam, shuncha ish qilib, endi og‘zi oshga yetganda tash­lab ketadimi? Bu yerda katta to‘y bo‘ladi. 0‘ynab kulsin-da!

Akbarall kampirga yomon qaradi.

  • Si/ aralashmang, kampir, siz begonasiz, jigar jigar bilan til topishadi. Ikki o'rlada sizning aralashganingi/ qoladi. To‘yni tashlab ketmasin, dcysiz. Bu o‘zi shunaqa, to‘ylami tashlab qo- chishga o‘rgangan. Bi/.ni o‘z holimizga qo‘ying!

Orzixon aya nima deyishini bilmay turib qoldi, keyin aka-sin- gilning gapiga men nima qilib aralashyapman, deb chorboqqa chiqib ketdi. Kampirning oyoq tovushi tingandan keyin Akbarali ko'zlarini olaytirib singlisiga qaradi.

  • Ketmaysanmi?

  • Yo‘q! - dedi Lutfmisa qat’iy qilib.

  • Yana bir marta so'ray mail, ketmaysanmi?

~ Ketmayman!

  • Endi o‘zingdan ko‘r! - dedi-yu, Akbarali shart o‘midan turib ketdi.

Lutfinisa ham o‘rnidan turdi. Akasining avzoyi buzuq edi. Ammo Lutfinisa ham qizishgan, sarson-sargardonliklarining ala- mi butun vujudiga hokimlik qilib qoMlarini mushtga aylantirgan edi.

Akbarali etigining qo'njiga qo‘l yuborib pichoq sug‘urdi.



  • Yigit boshimni egding, onamning arvohini chirqillatding, butun avlodimizni isnodga qo‘yding. Mana shular uchun, mana shular uchun...

Akbarali singlisini qo‘lidan burib siltadi, LuU"mis;i gandirak- lab akasining ko‘ksiga yelka tirab qoldi. Akbarali pichoqni zarb bilan uning ko‘kragiga ikki marta sanchdi-yu, qo‘yib yubordi. Lutfinisa buralib-buralib yerga yiqildi.

Akbarali mushukdek sapchib yo‘lakka borib qoldi. Orqasiga o‘girilib qaradi. Lutfinisa mukkasi bilan tushgan, bosh ko'tarish- ga urinar, ammo darmoni yetmasdi. U bor kuchini yig‘ib bosh ko‘targanida akasi yo‘lakda yo‘q edi. U alam bilan bir ingra- di-da, boshini tashladi. Uning ko‘ksidan sizib chiqayotgan qon yerda xuddi ilondek o‘rmalayotganga o‘xshardi.

XIII

Kuyganyorning “Yashil teatri”da har kuni tomosha qo‘yi- ladi. Toshkent teatrlari navbatma-navbat spektakllar ko‘rsati- shadi. Bugun esa teatr zalida katta tantana. Keyingi o‘n kunda yaxshi ishlab nom chiqargan ikki yuzga yaqin quruvchiga yangi ta’sis qilingan kanal nishoni topshiriladi. Sahna tepasiga “Kat­ta Farg‘ona kanali quruvchilariga alangali salom!” degan shior ilingan. Sahnaning bir tarafida Do‘nan Do‘smatovning, chap ta- rafda Azizxon Ummataliyevning surati ikki metr uzunlikdagi oq surpga ishlab osib qo‘yilgan. Hammaning ko‘zi shu suratda. Zal- ni to‘ldirib o‘tirganlar bu ikki dongdor quruvchini ko‘rishga bo‘y cho‘zib qarashadi. Sahnada hukumat rahbarlari, xalq komissar- lari, injenerlar o‘tirishibdi. Yig‘inni qurilish boshlig‘i Teshavoy Mirzayev ocharkan, zalga qarab kimnidir qidirardi.



  • Do‘nan Do‘smatov bilan Azizxon Ummataliyevlarni sah- naga taklif qilamiz.

Do‘nan Do‘smatov o‘rta qatordan, Azizxon orqa qatordan ko‘tarilib sahna tomon yura boshladi. Teatr ichi g‘ovur-g‘uvur bo‘lib ketdi. Ular to sahna pillapoyasiga yetgunlaricha chapak tinmadi. Usmon Yusupov ularga yonidan joy ko'rsatdi.

Azizxon umrida bunaqa izzat-hurmat ko'rmagan. Ko‘rish qayoqda, hatto kolxoz klubining sahnasiga hech kim yo‘q pay- tida ham chiqmagandi. Hammaning ko‘zi unda. Pastdagilarning shivir-shivir gaplari qulog‘iga chalinib qoladi.

“Hali yosh ekan-ku”, “Eshni yiqitganiga odamning ishon- gisi kelmaydi”, “Usmon ota yoniga o‘tqazdi-ya!”, “Xudo kuch- dan bergan ekan”, “E, gap kuchdamas, omadda, omading kelsa nimjon bo‘lsang ham polvon qatoriga o'taverasan...”

Azizxon bu gaplardan mast edi. Qulog‘iga o‘zining nomi ara- lashmagan gap kirmasdi. Qurilish boshlig'i majlisni ochib nima dedi, bu o‘n kunlikda yettinchi uchastka qaysi o‘ringa chiqdi, u yaxshi eshitmadi. Faqat o‘z nomi aralashgan joylari qulog‘iga kir- di, xolos. U o'tirgan yerida zaldan Lutfmisani qidirardi. Ammo u ko'rinmasdi. Ko‘rinib qolsa, albatta, ko‘ryapsanmi, degandek bir ishora qilib qo‘yardi. Birinchi qatorda o‘tirgan Esh polvon har zamon unga o'qrayib qo‘yar, sen bola, men o‘tirishim kerak bo‘lganjoyga chiqib olding, tush pastga, deyayotgandek boiardi.

Azizxon Teshavoy akaning gapi tugagandan keyin endi ni- shon topshirishsa kerak, deb turgan edi, bosh injener Lebedev minbarga chiqib uzoq gapirdi. U kim qanday ishlagani to‘g‘risida lom-mim deb og‘i/, ochmadi. Faqat qaysi uchastka loyihadan chiqib ketayotgani, qaycrda ishning sifati yomonligi to‘g‘risi- da gapirdi. Bu gaplar A/i/xonni unchalik qiziqtirmasdi. Tezroq ko'kragiga nishon taqishni istardi. Lebedev yarim soatcha gapi- rib Belyavskiyni bir-ikki lurtib o‘tdi. Belyavskiy o‘tirgan yeridan unga javob qilardi. Ikkovi andak qizishib ham olishdi. Yusupov o‘rnidan turib Belyavskiyni tartibga chaqirdi.


  • 0‘rtoq Lebedevning gaplari to‘g‘ri. Uchqo‘rgon loyihadan chiqib ketipti. Sizdan loyihaga aniq amal qilishingizni so‘raymiz. Agar e’tirozingiz bo‘lsa, marhamat, chiqib gapiring.

Belyavskiy o‘midan turdi.

  • Mayli, gapiray. 0‘rtoq Yusupov, loyihani hammamiz tasdiqlaganmiz. Men ham qo‘! ko‘targanman. Ammo mahalliy sharoit bilan hisoblashmay ilojimiz yo‘q. Loyiha qog‘ozdagi nar- sa. Ish yerda. Toshloq yerda, shag‘alli yer loyihada ko‘rsatilgan miqdorda suv o‘tkazmaydi. Yigirma protsentdan ortig‘ini yer os- tiga tortib ketadi. Shuning uchun kanal tagi shibbalanishi kerak. Tuproq bilan shag‘al qatlamini tekshirib ko'rish uchun mutaxas- sislar berishingiz kerak. Undan tashqari, Qoradaryodan loyqa suv keladi. Shag‘al joylarga loyqa o‘tirib shibbalashi mumkin. Ammo norin suvi buloqdek tiniq. Shag‘al betini loyqa bosmaydi.

Sahnaning orqa tarafida o‘tirgan injenerlar to‘g‘ri, to‘g‘ri, deb Belyavskiyning gaplarini tasdiqlashdi.

Yusupov Lebedevga qaradi.



  • Bu gapga nima deysiz?

Lebedev javobga tayyor emas ekan shekilli, andak dovdirab qoldi.

  • Buni ish tepasida tekshirib ko'rish kerak, o‘rtoq Yusupov.

Yusupov Belyavskiyga qaradi.

  • Siz nima qilish kerak, deb o‘ylaysiz?

Belyavskiy o‘ylanib o‘tirmay javob qildi:

  • Men bir usulni taklif qilmoqchiman. Agar bizga yigirmata kuchli nasos bersangiz, shu nasoslar yordamida bir yarim ki- lometr masofada toshloq trassalar tagiga loyqa oqizsak. Loyqa oqqan joylarni shibbalaymiz. Keyinchalik suv oqizilganda bu loyqalar shag‘al oralariga kirib suv shimilishidan saqlab qoladi.

Zaldagilar qolib sahnada tortishuv bo‘lib ketdi. Ertadan bosh- lab Uchqo‘rg‘onda qazilgan kanal yo‘llari alohida o‘rganiladigan, Belyavskiyning taklif! tekshirib ko‘riladigan bo‘ldi. Ana shundan keyin kattagina qutichani sahnaga ko‘tarib chiqishdi. Prezidium stoliga qizil qutichalarni terib tashlashdi. Oxunboboyev birinchi bo‘lib Do‘nan Do‘smatovning ko‘kragiga nishon taqdi. Azizxon hozir meni chaqiradi, deb yuragi dukillab urib turganda Oxun­boboyev uni emas, Belyavsldyni chaqirdi. Azizxonga yetti kishi- dan keyin navbat keldi.

  • Do‘nan Do‘smatovning shogirdi, yuk ko‘tarishda hech kimni oldiga o‘tqazmagan, dongdor quruvchi Azizxon Ummata- liyev!

Azizxon o‘midan turdi. Esankirab Oxunboboyev tomon yura boshladi. Pastda qiyqiriq, chapak tinmasdi. Oliy Sovet raisi uning ko‘ksiga nishon taqarkan, yasha azamat, nishon qulluq bo‘lsin, deb uni bag‘riga bosdi. Azizxon joyiga borib o'tirarkan, birdan dadasi, onasi esiga keldi. Nega ularga ketaveringlar dedi. Qolish- ganda bugun ular bu tantanalami o‘z ko'zlari bilan ko‘rishardi.

Oxunboboyev yuzga yaqin kishiga nishon topshirib charcha- di. Keyin u har qaysi uchastka boshliqlari nishonlarni trassada, ish tepasida 0‘zbekiston Oliy Soveti nomidan topshirishlarini aytdi. U gapini tugatib joyiga o‘tirayotganida zalga ikkita yasa- tilgan qora ot olib kirishdi. Hamma birdan jimib qoldi. Usmon Yusupov o‘rnidan turib zalga murojaat qildi.



  • Hurmatli do‘stlar. Azamat quruvchilar. Bugun biz kanal qazishda ajoyib harakat boshlab bergan, kanal qazish sur’ati- ni oshirishga, qazish muddatini tezlatishga tashabbuskor bo‘l- gan ikki dongdor quruvchiga ot mindirmoqchimiz. 0‘zingizga ma’lum, qurilishimizning eng dongdor yer qazuvchisi Do‘nan Do'smatovdir. Qurilish shtabi Do‘smatovga ot mindiradi.

Teshavoy Mirzayev sahnadan tushib ot jilovidan oldi.

  • Qani, Do'nanboy, keling!

Do‘smatov sahnadan tushib kelarkan, hayajonlanayotgani bilinib turardi. Ikki yigit uni bilagidan olib ot minishiga qarashib yuborishdi. Yusupov ajoyib maqtov so‘zlari bilan Azizxonni ot yoniga chaqirdi.

Azizxon bunaqa bo‘lishini kutmagan edi. Qo‘rqib ketdi. Menmi, boshqa odammi degan o‘y bilan yon-veriga qaradi. Orqasida o‘tirgan Jo‘ra polvon “Turmaysanmi, tentak”, deb turtdi.

Azizxon turay desa, orqasi stulga yopishib qolgandek sira uzilmasdi. Oxiri u turdi. Mast odamga o‘xshab gandiraklagani- eha sahnadan tushib ot oldiga keldi. Qaydandir paydo bo‘lgan Tengdik bilan Beyshenali uni tirsagidan ko‘tarib egarga olishdi. Yollariga har xil lentalar taqilgan ot boshini silkib oldinga bir intildi. Azizxon qalqib ketgandan keyingina o‘zini o‘ngladi.

Zalni toidirgan kishilar qiyqirishar, tinmay chapak chali- shardi. Teshavoy Mirzayev ikkala otning jilovini juftlab zalni bir aylantirib chiqdi-da, yana sahna oldiga kelib to‘xtadi. Ildam yu- rib sahnaga chiqdi-da, Yusupovga nimadir dedi. Shundan keyin zalga qarab baland ovoz bilan majlis tamom, ozroq tanaffusdan keyin katta kontsert bo‘ladi, deb e’lon qildi.

Azizxon nima bo‘layotganini bilmas, tabriklashga uzatilgan son-sanoqsiz qollarni siqardi. Ot bosh silkib oldinga intilmoqchi bo‘lardi-yu, ammo davradan chiqolmasdi.

Jo‘ra polvon odamlami u yoq-bu yoq qilib otni yetaklab yalanglikka olib chiqdi. Keksa tol tagida ko‘pchilikka aralashmay xomush turgan Esh polvonga Azizxonning ko‘zi tushdi. Qo'ngli allanechuk bo‘lib ketdi. Agar Azizxon bo‘lmaganda, albatta, bu otni Esh polvonga mindirishardi, Azizxon uning yoiiga to‘g‘a- noq bo‘ldi. Birdan Azizxonning odamgarchiligi tutib otdan tush- di-yu, ildam borib Esh polvonni belidan ko‘tardi.


  • Esh aka, xafa bo‘lmaysiz. Sizga tan beraman. Siz mening ustozim bo‘lasiz...

Azizxonning gapi og‘zida qoldi. Esh polvon uni ko'ksidan itarib do‘ng‘illadi:

  • Tirrancha, sen hali chuchvarani xom sanabsan. Meni mayna qilyapsanmi?

U shunday dedi-yu, yerni gurs-gurs bosib choyxona tarafga ketdi.

Azizxon o‘sal bo‘ldi. Esh polvon uning odamgarchiligini pisand qilmadi. Mayli, alam ustida shunday qilyapti. Q'rnida Azizxonning o‘zi bo‘lganda, u ham shunday qilarmidi?

Yashil teatrda kontsert boshlanib odamlar o‘sha yoqqa qarab gurra-gurra keta boshlashdi. Ot jilovidan hamon ushlab turgan Jo‘ra polvon Azizxonga yaqin keldi.


  • Qo‘yaver, Eshning o‘zi shunaqa. Bir kun sovib qoladi. Men kontsert ko‘rmoqchiman. Sen uchastkaga ketaver.

Jo‘ra polvon ot jilovini tutqazdi. Azizxon nima qilishini bil- may xayol surib qoldi. Uchastkada shu topda nima qiladi. Lut- fmisani topishi kerak. Bugun u majlisda ko‘rinmadi. Ko‘rganda qandoq yaxshi bolardi. Nishon taqqanini, ot minganini ko‘r- ganda, bu taraflarga bekorga kelmaganini bilardi. Azizxon uni, albatta, qidirib topishga ahd qildi. Lutfinisa Kuyganyorga kel- magan. Kelganda, albatta, hozir ro‘parasida iljayib turib olardi.

Azizxon shartta otga minib, ot boshini Qo‘shariq tarafga burdi. Ot yaxshi sovutilgan, yaxshi otboqar qo‘lidan chiqqani bilinib turardi. Yurishi ham joyida. Tuyog‘ini yerga chirmanda chertganga o‘xshatib uradi. Azizxon ko‘prikdan o‘tib uzangiga oyoq tiraganicha qaddini rostladi-da, toldan novda sindirdi.

Barglari yerga tegay-tegay deb bir o‘tov yerni enlab yot- gan majnuntol tagida to‘rt-besh ulfat sirlangan tog‘orani o‘rtaga qo‘yib shopirib-shopirib qimiz ichib o‘tirishardi. Ulardan biri chinni kosani to‘ldirib qimiz uzatdi.


  • Ot qulluq bo'lsin, uka. 0‘zi ham otmisan ot ekan. Poyga- larga yarasin, yaxshi yo‘ldosh bo'lsin, ukam. Mana shu qimizni bir oq urib bering.

Azizxon qo‘lini ko‘ksiga qo'yib uzr aytdi.

  • Men ichmayman, akalar. Umrimda ichkilikni og‘izga ol- gan bola emasman.

Ulfatlardan yana biri o‘midan turdi.

  • Ukajon, bugungi siz ko‘rgan obro‘ni Rustami doston ham ko‘rmagan. Iching buni. Bu otning suti, otning o‘zi halol-u suti harommi? Oling!

Azizxon bugungi obro‘ garangligi, yoshlik g‘ururi qaynab turganidan qamchi o‘rniga ushlab turgan navdani taqimiga bosib turib kosani oldi.

  • Bo‘pti, akalar. Bunaqa kun hadeb bo'lavermaydi. Umrda bitta boladigan gap. Ichsam ichibman-da.

U shunday deb qimizni shimirib, kosani yigitga qaytarib berdi. Yigit kosani olarkan, havas bilan otning bo‘ynini siladi. Yag‘riniga shapillatib urib ham qo‘ydi.

  • Omadingiz kelaversin, uka.

Azizxon otga beozor novda tegizdi. Ot asta joyidan qo‘zg‘al- di. Yo‘l-yo‘lakay odamlar unga havas bilan qarashar, ayniqsa, “ot jinnilari” undan ko‘z uzolmay qarab qolishardi.

Azizxon Qo‘shariq yo‘lidagi do‘ngga chiqqanidan keyin orqasiga o‘girildi. Uzoqda odamlaming qiyqiriqlari, baqirgan- chaqirgan tovushlari eshitilib qolardi. Azizxon engashib ot bo‘y- nidan quchoqladi. Yollarini siladi. U o‘z baxtiga, o‘z obro‘siga ishonmasdi. Tushimmi, o‘ngimmi, deb o‘zidan o‘zi ovoz chiqa- rib so‘rardi.

U ot yo‘rg‘asini, chopishini bilmoqchi bo‘lib biqiniga niqta- di. Ot sapchib oldinga intildi. Kimsasiz tosh yo‘lda ot tuyoqlari taraq-taraq ovoz chiqazar edi.

Qimiz kayfi, ot minish zavqi unga go‘yo qanot paydo qilib uchirardi. Hozir dunyoda undan baxtli odam yo‘q. Ot yeldek uchar, yaktagining barlari shamolda hilpirar, qimizdan qizigan betlariga oqshom salqini tegib yayratardi.

Azizxon Qo'shariq guzarini kesib o‘lislii bilan Orzixon aya- ning eshigiga ko‘zi lushdi. ILsliik oldida bir ot yer tepinib turibdi. Kim keldi ekan, deb dilidan oMkazdi A/,i/,xon. Ayaning kuyovi keldimikan? U hali o‘ylab o‘yiga ham yetmagan edi, eshikdan bir kishi besaranjom chiqib otga mindi, ikki-uch achchiq qamchi bosdi. Ot jon achchig‘ida old oyoqlarini devor baravar ko‘tarib sapchidi. Bir zumda g‘oyib bo'ldi. Azizxon nima gapligiga tu- shunmay eshik oldiga keldi. lchkaridan Orzixon ayaning alamli faryodi eshitildi:


  • Voy bolam, bemahal xazon bo'lgan bolam...

Azizxon otdan sakrab tushib ichkariga kirdi. Ayvon oldi­da Lutfmisa qonga belanib yotardi. Azizxon yugurib borib uni ko‘tardi. Lutfinisaning ko‘zi hali ochiq, tanasi sovimagandi. U Azizxonga nursiz ko'zlarini qadab nimadir demoqchi bo‘ldi. Lablari qimirlamadi. Iyak tashladi.

Azizxon nima qilishini bilmay sherdek o‘kirib atrofga qaradi.



  • Kim, kirn u nomard?!

Orzixon aya titrab-qaqshab javob qildi:

  • Akasi, akasi kelgandi. Gaplashib olishsin, deb chorboqqa chiqib ketibman-a. Bir lahza, bir lahzaginada...

Azizxon Lutfinisaning jasadini ko'tarib ayvonga olib chiqdi. Ko‘rpachaga yotqizdi. Orzixon aya boshiga yostiq qo‘ydi.

Azizxon koptokdek otilib tashqariga chiqdi. Bir sakrab egar- ga mindi-yu, boya otliq kishi ketgan tarafga ot boshini burib, qamchi bosdi.

XIV

Akbarali har qancha urinsa ham, otni o‘ziga bo‘ysundirol- masdi. Qon hidini tuygan ot bezovtalanar, orqa oyoqlari bilan sakrab ustidagi egasini silkib tashlamoqchi bo‘lardi. Ammo egar- ga mahkam o‘rnashib o‘tirib olgan Akbarali uni o‘z holiga qo‘y- masdi. Ot kishnar, boshlarini silkib xuddi mast kishidek yo‘lning goh u tarafiga, goh bu tarafiga o‘tib borardi.



Akbarali Soy mahallasiga yetguncha qora terga tushib ketdi. Oldinda shahar chiroqlari yo‘llarni kunduzdek yoritib turibdi. U jahl bilan jilovni tortdi. Shunda u barmoqlarining bir-biriga pilch-pilch yopishayotganini sezdi. Kaftini ko‘zi oldiga keltirib tikildi. Tikildi-yu, birdan butun vujudiga titroq kirib seskandi. Uning qo‘llari, kiyim-boshlarida singlisining hali qotmagan qoni shundoqqina ko‘rinib turardi.

Shu alpozda shahar oralab o‘tish xavfli. Duch kelgan kishi uning nima ish qilganini darrov biladi. U shoshib ot boshini chap tarafga burdi. Bu Xarko‘p yo‘li edi. Bu yo‘l Nayman, Dardaq, Jalaquduq taraflarga olib borardi. Ammo Akbarali bu taraflarni yaxshi bilmasdi. Nima bo‘Isa ham, shaharga kirmaslik uchun yo‘lni shu tarafga soldi.

Dala yo‘li jimjit. Qo‘rg‘onlarda chiroqlar miltirab yonib tu­ribdi. Onda-sonda o‘t orqalagan kishilarning qorasi ko‘rinib qo- ladi. Dunyoda itdek qon isini tez payqaydigan jonivor bo‘lmasa kerak. Yo‘l-yo‘lakay necha marta unga it ergashdi. Akillab otni hurkitar, ancha joygacha quvib borib, keyin orqasiga qaytardi. Shundog‘am bezovta yurayotgan ot egasiga bo'yin bermay usti- dan irg‘itib tashlashga urinardi.

Akbarali ming azob bilan dala yo'liga chiqqandan keyingina ko‘ngli xotirjam bo‘ldi. Hozirgina adir orqasidan ko‘tarilgan kat- ta mis barkashdek qip-qizil oy uning qonga belangan kiyimlarini yanada qizil qilib yoritardi. Bironta ariqmi, soymi uchrasa, yu- vinib olish niyatida Akbarali otni o‘z holiga qo‘yib shoshilmay keta boshladi. Aksiga olib yo‘lda na bir ariq, na bir ko‘lmak uch- rardi. Akbarali orqasidan hech kim ta’qib qilmayotganiga ishon- gandan keyin otdan tushib jilovni ushlagancha bitta-bitta bosib keta boshladi. Hozir u qayoqqa ketayotganini o‘zi bilmasdi. Shu alpozda u ancha yo‘l yurdi. Boya qonga belangandek qizarib chiqqan oy endi sutdek oqarib tepaga kelgan edi.

Akbarali qilib qo‘ygan ishining dahshatini endi sezdi. Lutfi­nisa uydan qochib ketgan kundan buyon u faqat “yigitlik” no- musini, bu “benomus” singlisini o‘ldirib, egilgan yigitlik qoma- tini ko‘tarishni o‘ylagandi. Mana, u niyatiga ham yetdi. Ammo qaddi ko‘tariladimi endi? U bu “yigit qaddini” qaysi ko‘chada, qaysi guzarda g‘oz tutib yuradi? Shu paytgacha u o‘ziga o‘zi bu- naqa savol berolmagandi. Shu topda kimsasiz qorong‘i kechada,


  • Shunaqa desa ham bo‘ladi. Ammo armiyaga qarshilik qi- ladigan Polsha qo‘shinlari parokanda bo‘lib qolgan. Qo‘mondo- ni qochgan qo‘shinning qoiidan nima ish kelardi.

Azizxonning o‘sha taraflarga borgisi keldi. Shoshib so‘radi:

  • Armiyaga odam olishadimi?

  • Unisini bilmadim, - dedi Usmonxo‘jayev. — Yana kim biladi, deysan. Bo‘pti, qaynoq-qaynoq choy ich-da, borib yot. Ertaga qurilishda yer qazish tugagani to‘g‘risida raport beriladi. Hamma uchastkalarda rniting bo‘ladi. VKP(b) Markaziy Ko- mitetiga shoirlar she’riy xat yozishgan, mitinglarda G‘afur G‘u- lom, Hamid Olinyonlar o‘qib berishadi. Soqol-poqollaringni olib, yaxshi kiyimlaringni kiyib, tayyor bo‘lib tur. Hamma nom chiqargan polvon larni minbarga chiqarishadi.

Azizxon qo‘lidagi piyolani bo‘shatib, xayrlashib chiqib ketdi. To‘ppa-to‘g‘ri chodirga keldi-yu, o‘zini to‘shakka tashladi.

Allaqachon oy og‘ib ketgan. Chodir tirqishidan tong yo- rug‘ligi asta o‘rmalab kirardi.

IX

Azizxon kun bo‘yi yer parchin bo‘lib yotdi. U o‘zini boshi berk ko‘chaga kirib qolgandek sezardi. Bir haftaga qolmay kanal- ga suv ochiladi. Sharsharalardan, tashlamadan gurillab oqqan suv Qora daryoga quyiladi. Kuyganyorda yana yo‘li to‘silib, asosiy ka- nal orqali vodiy bo‘ylab oqib ketadi. Oftob tig‘ida yer qo‘porgan kishilar qishloqlariga qaytib, uylariga, bola-chaqalarining bag‘riga boradilar. Azizxon-chi? U qayerga boradi? Endi u Zirillamaga qaytmoqchi emas. Hamqishloqlari, nomard, Lutfini qayga tash­lab kelding, deyishmaydimi? Axir Zirillama Lutfinisasiz unga o‘z ma’nosini yo‘qotgan, bog‘lar, soy bo‘ylari, pastqam ko‘chalar, yulduz to‘la qishloq tunlari endi fayzsiz, ma’nosiz unga.



Bulaming barchasidan ko‘z yumib, nima bo‘lsa bo‘ldi, odamlar ikki-uch kun javrab, jag‘i tolgandan keyin barini unuti- shadi, deyish ham mumkindir? Ammo nikoh to‘yidan opqochib, osmoni falakdan baland baxt, oftobdan issiq muhabbat va’da qilgani — Lutfinisa ona qishlog‘idan uzoqda, jimjit qabristonda qoladimi? Axir Lutfinisa Azizxon deb jonidan kechmadimi? Uni tashlab ketish mardlikdan bo‘larmikin?

Azizxon Lug‘umbekdan uzoqqa ketmaslikka ahd qilib qo‘ydi. Lekin bu yerda nima qiladi? Lutfinisa yonida bolganda boshqa gap edi. Ikkovi o‘z xayollari, orzularidan tiklagan nurli qasr ichi- da yashardilar. Endi u qasr qulagan, vayron bo‘lgan. Yolg‘iz o‘zi qolgan. Yonida Tengdik bilan Beyshenali ham yo‘q. Ikromjon bilan To‘lanboy kolxozda paxta terimi bilan band. Har zamon kclib turadigan Jo‘ra polvon ham hozir Buloqboshida. Birgina Eshon aka har zamon kelib holidan xabar olib turadi.

Azizxon kanalga suv quyilish kunini sabrsizlik bilan kuta boshladi. Kuyganyor to‘g‘oni tezroq bita qolsa edi, suv quyilar- di. Ana undan keyin Azizxon Eshon akadan shu yaqin oradagi kolxozlardan birida qolib ishlashni so'raydi.

Azizxon shunday o‘ylar bilan kechqurun chodirdan chiqdi.

Hamma yoq jimjit.

Azizxonning yuragi siqilib ketdi. Shunday kezlarda, Lutfinisa yodi o‘rtagan, yuragining tub-tubida o‘t yonayotgan paytlarda samovarlarni to‘ldirgan kishilar bilan ovunardi. Qirg'iz bola- lar uning dardini sezib qo‘mizni qo‘lga olib sho‘x bir qo‘shiqni boshlab yuborishardi. Azizxon ba’zan yuragini alam o‘rtaganda uyqusi qochib chodirdan chiqardi. Birgina uyg‘oq kishilar nov- voylar oldiga borib, ular bilan gaplashib ko‘nglini yozardi.

Endi nowoylar ham yo‘q. Azizxon o‘z alamlari bilan o‘zi qolgandi. U kanal bo‘ylarida ancha vaqtgacha aylanib yurdi.

Azizxon dunyoda bironta yaqin odami yo‘q kishidek ezilib qaytarkan, chodir oldida birovning sharpasini sezdi. Kim bo‘li- slii mumkin? Ildam chodir oldiga keldi. Kursida tizzasiga tugun qo‘yib bir ayol kishi o‘tirardi.



  • Kim? — dedi Azizxon hayronlikda.

  • Men, men, polvon aka.

Bu Vaziraning ovozi edi. Azizxon undan ikki-uch qadam berida to‘xtadi. 0‘zini yo‘qotib, tili gapga kelmay qoldi. Bu xotin nima qilib o‘tiripti? Unda nima ishi bor?

Chodir atrofi qorong‘i. Qalin tollar orqasiga o‘tib ketgan oy- uing bu yerga nuri tushmasdi.



  • Nima qilib yuribsiz? — deya oldi Azizxon.

Vazira javob qilmadi. Ohista o‘rnidan turib tugunini kursiga qo'ydi. Ikkovi anchagacha so‘zsiz turib qolishdi. Azizxon zarda bilan orqasiga burilmoqchi bo‘lib turgandi, Vazira titrab-qaqshab gapira boshladi.

  • Nahotki sezmasangiz? Axir bir oydirki, yurak-bag‘rim yo- uadi. Axir siz yigit kishisiz-ku, qani erligingiz, qani mardligin- giz...

Keyingi so‘zlar uning og‘zidan yig‘i aralash otilib chiqdi. Gapirolmay ho‘ngrab yubordi.

Azizxon esankirab qoldi. Ho‘, o‘sha yaktagiga tugma qadagan oqshomdan buyon u Vaziraga ro‘para kelmaslikka, bo‘iib o‘tgan voqeani butunlay unutishga urinardi. Lekin baribir ba’zi-ba’zida xayolidan lip etib o‘tib qolardi.

Azizxon o‘zini kuch bilan bosdi. Asta unga yaqin kelib yo- tig‘i bilan gapira boshladi:


  • Opajon, siz uyli-joyli xotinsiz. Unaqa aldamchi xayollar- ga bormang. Mendan nega umid qilasiz? Kechagina boshimga tog‘dek kulfat tushgan odamman. Bir odam men uchun jonini fido qildi. Nahotki uning xotirasi bir oy bo‘lmay unutilsa. Hali Lutfinisaning tuprog£i sovugani yo‘g‘-a! 0‘zingizni tuting!

Vazira yig‘idan to‘xtab qaddini rostladi.

  • Azizxon aka, dunyoda hamma narsa unutiladi. Kim dun- yodan toq o‘tibdiki, siz o‘tasiz. Sizni deb uyimni tashlab chiq- dim. Hech qaytib bormas boiib chiqqanman. Qayoqqa yur, de- sangiz — boraman. Dunyoning u burchagigacha borishga rozi- man. Faqat, faqat siz bilan bo‘lsam bo‘lgani.

Azizxon uning gapini bo‘ldi:

  • Men hech qayoqqa ketmayman. Lutfinisani tashlab ketol­mayman. Endi umrimni Lug‘umbekda o‘tkazishga qaror qildim.

Vazira unga tomon intildi. Yelkasiga qo‘lini tashladi. Bar- moqlaridagi uzuklar tollar orasidan o‘tib tushgan oy tangalari- ga urilib chaqnab ketdi. Azizxonning dimog‘iga qalampir mun- choqqa omixta atir hidi urildi. Bir dam o‘zini yo'qotib esankirab oldi. Yelkasidagi qo‘lni bilagidan ushlab asta olib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Vaziraning qo‘llari otashdek qizigan, quloqlari ostida uning qaynoq nafasi ufurib turardi. Undan hiss-u hissiyot ota- shida kuyayotgan ayol isi kelardi. Azizxon qizib turgan yumshoq bilakni darrov qo‘yib yuborolmadi. Nega ushladi, nima qilmoq- chi edi, unutib turib qoldi. Shunda ro‘parasiga Lutfinisa kelib turib oldi. Azizxon shoshib Vaziraning bilagini qo‘yib yubordi. Vazira hansirar, qisqa-qisqa nafas olardi. Azizxon seskanib ketdi.

  • 0‘zingizni bosing, opajon, — dedi u keskin tovushda.

Vazira yana uning yelkasiga qo‘l tashlab, ko‘ksiga boshini

qo‘ydi. Uning to‘zg‘ib ketgan sochlari Azizxonning iyagiga uril­di. Azizxon asta tirsagidan olib o‘zidan nari itardi. Azizxonning bu harakati ayolning izzat-nafsiga tekkandek bo‘ldi. Koptokdek sapchib nari ketdi. Hurpayib oldi. Endi u alamdan titrab-qaq- shab gapirardi:



  • Seni deb uyimdan, ro‘zg‘orimdan kechdim. Kechalari ux- lamay seni o‘yladim. Yursam ham, tursam ham, ko‘z oldimdan bir nafas nari ketmading. Endi meni arosatda tashlab ketmoq- chimisan. Qayoqqa borsang, orqangdan soyadek ergashaman. Seni deb yo‘limga jonini tikkan ne-ne o‘ktam yigitlami tashlab kelyapman. Nega boshingga qo‘ngan baxt qushini kaltak olib quvlaysan. Senga vafodor xotin bo‘laman degan, boshingga kela- digan baxtni ham, kulfatni ham birga baham ko‘raman, deb ahd qilgan ayolni, butun ayollik g‘ururini oyog‘ing tagiga tashlayot- gan bir bechoraning ko‘kragidan nega itarasan, noshukur banda. Bu ko‘z yoshlar, bu nolishlaming uvoli tutmaydimi?!

Azizxon bu juvonning ichida shuncha gap borligiga, o‘z ni- yatlariga yetishmoq uchun har qanday sinovga tayyorligiga hay- ron bo‘lib qolgan edi. Azizxon tabiatan ko'ngilchan yigit, ikki og‘iz gapdan yog‘dek erib ketadiganlardan edi. Ammo Vazira- ning gaplari qanchalik ta’sirchan, toshni ham eritadigan haro- ratga ega bo‘lmasin, Azizxon Lutfinisa xotirasini oyoq osti qilol- masdi. Hozir uning Vazira tomonga bir qadam bosishi Lutfini- saning qabrini bosish bilan teng edi. U ehtiros olovida jizg‘inak bo‘layotgan juvonga yotig‘i bilan tushuntirmoqchi bo‘ldi:

  • Menga qarang, axir men sizni umidvor qiladigan biron gap aytmagan bo‘lsam, nima qilasiz o‘zingizni ham meni ham qiynab. Axir men azador odamman.

Oy tollar orasidan o‘tib chodiming old tarafini kunduzdek yoritib turardi. Vaziraning yelkalari, boshidagi zar ro‘moli, qu- loqlaridagi baldoqlari yaltirardi. Ko‘ylak burmalarini turtib tur­gan ko‘kraklari qisqa-qisqa nafas olganidan tinmay qalqirdi.

Azizxon yigitlik hissiyoti girdobiga tushib qolmaslik uchun:



  • Qo‘ying! — dedi keskin tovushda, — Yaxshilikcha do‘st bo‘lib xayrlashaylik-da, qayta yuz ko‘rishmaslikka so‘z beraylik.

Ammo Vazira undan ko'ngil uzolmasdi. Ayollik nazokati, ishvalari bilan yigit qonini ko‘pirtirmoqchi, yo'ldan toydirmoq- chi bo‘ldi.

  • Shunaqa deng, - dedi u bo‘shashib. - Men sizni yigit deb o‘ylagan edim. Onangiz o‘g‘il bola qilib tug‘maganidan bexabar ekanman. Qandoq qilay, peshanam shu ekan. Birovning ko‘ngli- ga zo‘rlik bilan ega chiqib bo‘lmaydi. Xo‘p mayli, xayrlashaylik.

Vazira shunday deb Azizxonning bo‘yniga osilib, yuz-ko‘z- laridan o‘pa boshladi. Azizxon serrayib turar, dimog'iga endi na atir, na qalampir munchoq hidi kirardi. Uning yelkalariga, bo‘yinlariga ayolning qaynoq ko‘z yoshlari tomar, issiq nafasi iyaklari tagida sezilib turardi. Azizxon yengildi. Baquwat bilak- larini ayolning bellaridan o‘tkazib o‘ziga tortdi. Vazira yelkalari- ni silar, to‘zg‘ib ketgan sochlarini uning bo‘yniga o‘rardi.

Bir payt Azizxon uyqudan uyg‘onib ketgandek hushyor tort­di. Ayolning belidan qoMini shart oldi-yu, yulqinib bag‘ridan chiqdi. Xuddi mast odamdek gandiraklab-gandiraklab chodirdan uzoqlashdi. To‘xtadi. Keskin o‘girilib Vaziraga qaradi.



  • Keting, keting, bo‘ldi!

Vazira yolvorgandek iltijo bilan u tomon qo‘llarini cho‘zdi.

Azizxon unga qaramasdi. Faqat bir so‘zni qaytarardi.



  • Keting! Keting!

Vazira joyidan qimirlamadi. Azizxon qo‘l siltab qorong‘ilik qa’riga kirib ko'zdan yo‘qoldi.

Vazira turgan joyida piq-piq yig‘lar, rad qilingan, yuzaga chiqmay xazon bo‘lgan sevgi alamidan xo‘rligi kelib, boshi quyi solinganicha taqdirini qarg‘ardi.

Qanchalar ishq dard-alamlari bitilgan, ko‘z yoshlari tomgan maktublarni javobsiz qoldirgan, ne-ne bo‘z yigitlarni oppoq tong otguncha yulduzlarga tikilib oh urdirgan, ne-ne oshiqlarni rad qilgan bu go‘zal juvon, endi bir bo‘z bolaning ikki og‘izgina shi- rin so‘ziga zor bo‘lib, qorong‘ilik qa’riga umidsiz tikilib turardi.

Vazira bo‘yiga yetib ko‘zga ko‘rinib qolgan yillari yigitlar uning eshigi oldidan qo‘shiq aytib o‘tishardi. Shu topda o‘sha qo‘shiqning bir bandi qulog'i ostida yangragandek bo‘ldi:

Oh urarman, oh urarman,

Ohlarim tutgay seni.

Ko‘z yoshim daryo bo‘lib,

Baliqlari yutgay seni.

Bir vaqtlar uning ishqida yigitlarni qon-qon yig‘latgan bu qo'shiq endi o‘z tilidan uchayotgandek, bag‘rini o‘rtayotgandek bo‘lardi.

*

X



Shahar tarafdan chiqqan bir yuk mashinasi yo‘l berkligi uchun chirog‘ini o‘chirib to‘xtadi. Passajir poyezdi gurillab o‘tib ketdi. Azizxon shofyordan Poytuqqacha olib ketishini so‘radi. Shofyor uni tanir ekan, iljayib yonidan joy ko‘rsatdi.

  • Ha, polvon bola, hormang endi. Men sizni allaqachon ketib qolgan, deb o‘ylagan edim. Hali shatta ekansiz-da.

A/i/.xon kanalga suv qo‘yilganidan keyin kctishini aytdi.

I Jchqo‘rg‘ondagi kurashda ko'rinmadingiz. Esh polvon in'„i isli ko‘rsatdi. Ikki polvonni urdi. 0‘tirganlar, oh, qani endi A/i/, polvon bo‘lgandami, Eshning bir jig‘ini ezib qo‘yardi, deb l <> l> kutishdi. Hozir to‘ppa-to‘g‘ri Poytuqqa borasizmi?

1 ,ug‘umbekka boraman. Ayrilishda tashlab o‘tsangiz boi- ili, ii yog‘iga o‘zim ketaveraman.

lya, qiziqmisiz, polvon. G‘ildirak degan narsa aylanave- i .»«li Horadigan joyingizgacha oborib qo‘yaman. Yo eshikka olib k cl ay mi? Xohlasangiz yuring. Gaplashib yotamiz. Shiyponga joy ■ illil' beraman. Ertalab bir anjirxo‘rlik qilamiz. Anjir rosa bo‘lib briff.iin. Jonvorning shirasi oqib turipti. Asal deysiz, asal.

A/i/.xon minnatdorchilik bildirdi. Mashina Poytuq ayrilishi- i .i kclganda to‘xtadi. Shofyor kabinadan bosh chiqazib, kuzov- ilny.i lo'niga o‘ralib o‘tirgan yo‘lovchiga qichqirdi:

Xt>‘, birodar, yetdingiz. Biz Lug‘umbek tarafga ketamiz.

Yo’lovchi yigitning, men ham o‘shaqqa, degan ovozi eshi- nl'li Mashina yana silkinib yo‘lga tushdi. Shofyor orqavoratdan A/i/.xon bilan tanishishni, bir yayrab gaplashishni diliga tugib qo'yyanlardan ekan. Og‘zi gapdan bo‘shamadi.

Hozir turgan joyingizni ko‘rib kelaman, keyin bir kelib "lil> kctaman. Boqib yurgan bitta qo‘zim bor, shuni so‘yib bir in< liinon qilaman. Ammo-lekiniga yo‘q demaysiz. Suvratingizni l>iip ko'rganman, dovrug‘ingizni ko‘p eshitganman. Muni qa-


Download 41,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish