Samarqand veterinariya meditsina instituti


 Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining qo`shimcha tarmog`ida



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana01.06.2022
Hajmi1,1 Mb.
#624139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2 5276290636494932049

4. Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining qo`shimcha tarmog`ida 
samaradorlikni oshirish yo`llari…………………………………………...
25

4.1. Tannarx va qo`shimcha tarmoqda uni pasaytirish yo`llari………………25 


4.2. Sotish bahosi va qo`shimcha tarmoqda uni oshirish imkoniyatlari…… 26 
4.3. Foyda summasi, rentabelik darajasi va qo`shimcha tarmoqda ularni 
oshirish yo`llari………………………………………………………………28 
Xulosa va takliflar…………………………………………………………..
32
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………………..
34
 


~ 3 ~ 
KIRISH
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng iqtisodiyotning barcha 
sohalarini rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda rivojlantirish 
zaruriyati tug’ildi. Mustaqillikning ilk yillarida Birinchi Prezidentimiz tomonidan 
belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bugungi 
kunga kelib o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Qishloq xo’jaligini ilmiy asosda yuksaltira olgan davlat boy, iqtisodiy qudratli 
hamda engilmas bo’ladi. O’zbekistonimiz ana shunday istiqboli buyuk mamlakatdir. 
Jamiyatda islohotlarni o’tkazishdan maqsad, xalq turmushini farovon qilish va yurt 
qudratini oshirishdan iborat. Shunday ekan, Respublikamiz istiqbolini tub 
o’zgarishlarsiz, ya’ni islohotlarsiz tassavvur qilib bo’lmaydi. Bunday islohotlar 
hozirgi kunda qishloq xo’jaligi sohasida ham ildamlab bormoqda. Buning isboti 
o’laroq, O’zbekiston Respublikasining “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Fermer 
xo’jaligi to’g’risida” va “Qishloq xo’jaligi kooperativ (shirkat xo’jalik)lari 
to’g’risida”gi Qonun hujjatlarining qabul qilinishi bu borada muhim dastur bo’lib 
hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni oqilona tashkil etishning 
tamoyillaridan biri ularda ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va ishlab chiqarishda 
mavjud tarmoqlarni eng yuqori samaradorlik ko’rsatkichlariga muvofiq 
uyg’unlashtirishdan iboratdir. Qishloq xo’jaligi sohasida korxonalarning ixtiso-
slashuvi deyilganda ularning faoliyati natijasida mahsulotlar-ning avvaldan 
belgilangan yoki ma’lum bir turlarini ishlab chiqarishga qaratilganligi tushuniladi. 
Qishloq xo’jaligi korxo-nalarida bu jarayon, odatda ma’lum bir sohalarning 
qisqarishi tufayli ikkinchi bir soha yoki sohalarning kengayishi bilan bog’liq.
Ixtisoslashuvning maqsadi korxona sohalarining ma’lum bir tovar mahsulotlarini 
ishlab chiqarishga moslashuvidan keladigan daromadlarni ko’paytirish uchun shart-
sharoitlar yaratish, mahsu-lotlar ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish, chiqimlarni 
ka-maytirish, mehnat samaradorligini yuksaltirish hamda mahsulot sifatini 
yaxshilashdan iboratdir.
Ixtisoslashuv ishlab chiqarish resurslarini markazlashtirib, ko’p tarmoqli xo’jalikdan 
ixtisoslashgan xo’jalikka o’tish, qishloq xo’jaligi oldida samaradorlik hamda sifat 
ko’rsatkichlarini oshi-rish vazifasi turgan hozirgi iqtisodiy islohotlar 
chuqurlashayot-gan bir paytda O’zbekiston Respublikasi uchun alohida ahamiyat 
kasb etadi.
Ixtisoslashuv ishlab chiqarishning yuksak samaradorligi ko’rsatkichlari asosida 
mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’payti-rish, qishloqlarda ijtimoiy muammolarni hal 
etishda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining tashkiliy asosining dastagi si-fatida 
harakat qiladi.
Mehnat taqsimoti va uning o’ziga xos shakli ya’ni-ixtisoslashuv ishlab 
chiqarishning tovar formasi bilan bir paytda paydo bo’lgan. Ular, mehnat taqsimoti 
tovar ishlab chiqari-lishi rivoji, korxonalar va tovar mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchilar o’rtasida mahsulot almashuvi hamda o’zaro xizmat ko’rsatishda 
muhim rol o’ynaydi. 


~ 4 ~ 
Qishloq xo’jaligida ixtisoslashuvning o’z obyektiga ega bo’lgan turli shakllari 
mavjud.
Hududiy ixtisoslashuv ma’lum bir hududlar yoki ma’muriy tumanlar, 
viloyatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishga ushbu 
hududlarda qulay shart-sharoitlar mavjudligida ifodalanadi. Ayni paytda 
ixtisoslashuvning bu shaklida o’sha hududga xos tabiiy va iqtisodiy omillar eng 
yuqori aniqlik bilan hisobga olinadi. Chunki bu hisob-kitoblar natijasida mehnat 
samaradorligining yuqori darajasi va xara-jatlarning qisqartirilishiga erishiladi.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillari, iqtisodiy islohotlar chuqurlashuvi 
davrida tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning turli ko’rinishlariga ixtisoslashgan 
yirik hudud-lar tashkil topdi. Bu eng avvalo, paxta xomashyosi, g’alla, sholi, pilla, 
chorva, sabzavot va meva mahsulotlari, jun, sut va h.z. larga moslashgan mavjud 
qishloq xo’jaligi korxonalarining qayta tuzi-lishi va yangilarining paydo bo’lishi 
bilan xarakterlanadi.
Hududiy ixtisoslashuvni kengaytirish qishloq xo’jaligi korxonasi ishlab 
chiqarishining uzoq muddatli rejalashtirishini nazarda tutadi. Bu rejaning maqsad va 
vazifalari hududning, tu-manning, viloyatning tabiiy va iqtisodiy shart-sharoitlari 
bi-lan belgilanadi. Shu narsani hisobga olish kerakki, hududiy ixtisoslashuvda 
zaruriy shart-sharoitlar mavjud bo’lganda ham bu hududlar uchun qishloq xo’jaligi 
mahsulotlari, chorva mahsulotla-rini sanoat tarzida qayta ishlab chiqarishning 
imkoniyati borli-gi eng yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Hozirgi sharoitda 
mahsulotlarni qayta ishlov berib, ishlab chiqarishsiz kutilgan natijalarga erishib 
bo’lmaydi.
Kurs ishining maqsadi qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni tashkil etishning 
daromadni oshirishdagi o’rnining hozirgi holati va kelgusida ular samaradorligini 
yanada oshirish uchun ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
- Qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy 
asoslarini organish;
- Qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni tashkil etishning daromadni oshirishdagi 
o’rnining hozirgi holatini aniqlash;
- Qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni tashkil etishning daromadni ifodalovchi 
ko`rsatkichlar va ularni hisoblash usullarini yoritish;
- Qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni oshirish bo’yicha ishlab chiqarishga uchun 
ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berish va boshqalar. 


~ 5 ~ 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish