Samarqand veterinariya meditsina instituti


Sotish bahosi va qo`shimcha tarmoqda uni oshirish imkoniyatlari



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana01.06.2022
Hajmi1,1 Mb.
#624139
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2 5276290636494932049

4.2. Sotish bahosi va qo`shimcha tarmoqda uni oshirish imkoniyatlari 
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida qishloq 
xo‘jaligida turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yuzaga 
kelib rivojlanmoqda. Agrar sektorda fermer va dehqon xo‘jaliklarining miqdori va 
ishlab chiqarishdagi ulushlari ortib bormoqda. Ayniqsa, iste’mol bozorini 
kartoshka, sabzavot va turli xil mevalar bilan ta’minlashda ularning hissasi juda 
kattadir. Qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarishida yirik tovar xo‘jaliklari qatorida 
ko‘p sonli aholi, dehqon va fermer xo‘jaliklarining shakllanishi va faoliyat 
ko‘rsatishi bu sohada mahsulot tayyorash tizimini ham tubdan yangilanishga 
undamoqda. Chunki qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish bilan bir qatorda uni 
tayyorlash, saqlash, qadoqlash va iste’molchilarga talofatsiz yetkazib berish 
muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, tez buziladigan va transportda tashishi 
noqulay bo‘lgan mahsulotlarning qishloq xo‘jaligida yetishtirilishi mahsulot 
bozoriga xizmat ko‘rsatish tizimida raqobat muhitini kuchayishini taqozo etadi. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tayyorlov va sotuv kanallari quyidagilardir: 
1.Ishlab chiqaruvchilar – Davlat – Iste’molchilar;
2. Ishlab chiqaruvchilar – Dehqon bozori – Iste’molchilar;
3. Ishlab chiqaruvchilar – Xususiy tadbirkorlar – Dehqon bozori – Iste’molchilar;
4. Ishlab chiqaruvchilar – Vositachilar – Tovar xom ashyo birjalari – Ulgurji 
(xususiy) tayyorlov tashkilotlari – Chakana savdo – Iste’molchilar;
5. Ishlab chiqaruvchilar – Qayta ishlash korxonalari – Ulgurji savdo korxonalari – 
Chakana savdo – Iste’molchilar;
6. Ishlab chiqaruvchilar – Qayta ishlash korxonalari – Chakana savdo – 
Iste’molchilar.
Dehqon bozorlarida xaridor va sotuvchilarning erkinliklarini ta’minlagan 
holda, o‘z moddiy-texnika bazasiga (shu jumladan o‘z transporti, saqlash 
omborxonalari, muzlatgichlari, yopiq vitrinalari) ega bo‘lgan tayyorlov guruhlarini 
tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu qilinadigan xarajatlar tez orada o‘zini 
qoplaydi. Chunki ayni paytda ko‘pchilik savdogarlar mahsulot qoldiqlarini kun 
yakunida uylariga olib borib, ertangi kunda qaytib bozorga olib keladilar. Yirik 
shaharlarda to‘la infratuzilma xizmatlari majmuiga ega bo‘lgan ulgurji qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarining bozorini tashkil etilishi va ularning o‘zlari mahsulot 
tayyorlash, saqlash hamda ulgurji (yoki chakana) savdo bilash shug‘ullanishlari 
yuqori samara berishi mumkin. Bunday bozorlarda qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini qadoqlash, navlarga ajratish va nostandart tovarlarni qayta 
ishlashini yo‘lga qo‘yishi ularning samaradorligini yanada oshiradi. Eng muhim 
qadoqlash natijasida mahsulotning qayta ishlash va saqlanishi qulaylashadi. 
Mazkur bozordagi mahsulotni qayta ishlash va boshqa chiqindilarni chorvachilik 


~ 27 ~ 
0
500
1000
1500
2000
2500
3000
3500
Yillar
545 
712 
1038 
1322 
1825 
3294 
580 
590 
880 
1067 
1500 
1256 
650 
500 
580 
750 
1800 
1650 
800 
1500 
1850 
Соти
ш
б
аҳ
ол
ар
и, 
сў
м/к
г 
G`alla
Paxta
Sabzovot
Kartoshka
Poliz
Мeva 
Uzum
fermerlariga sotish yoki bozorning yonida o‘z chorvachilik yordamchi 
xo‘jaliklarini tashkil qilish ham ijobiy samara berishi muqarrardir. Dunyo 
mamlakatlarining ilg‘or tajribasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining realizatsiyasini 
ulgurji savdo birlarida tuziladigan fyuchers va boshqa shartnomalar orqali amalga 
oshirilishi samaraliroqligini ko‘rsatmoqda. Bizning mamlakatimizda tovar xom 
ashyo birjalarida tuzilgan shartnomalar asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 
sotuv hajmlari yil sayin o‘sib bormoqda. 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish