4. Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining qo`shimcha tarmog`ida
samaradorlikni oshirish yo`llari…………………………………………...
25
4.1. Tannarx va qo`shimcha tarmoqda uni pasaytirish yo`llari………………25
4.2. Sotish bahosi va qo`shimcha tarmoqda uni oshirish imkoniyatlari…… 26
4.3. Foyda summasi, rentabelik darajasi va qo`shimcha tarmoqda ularni
oshirish yo`llari………………………………………………………………28
Xulosa va takliflar…………………………………………………………..
32
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………………..
34
~ 3 ~
KIRISH
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng iqtisodiyotning barcha
sohalarini rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda rivojlantirish
zaruriyati tug’ildi. Mustaqillikning ilk yillarida Birinchi Prezidentimiz tomonidan
belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bugungi
kunga kelib o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Qishloq xo’jaligini ilmiy asosda yuksaltira olgan davlat boy, iqtisodiy qudratli
hamda engilmas bo’ladi. O’zbekistonimiz ana shunday istiqboli buyuk mamlakatdir.
Jamiyatda islohotlarni o’tkazishdan maqsad, xalq turmushini farovon qilish va yurt
qudratini oshirishdan iborat. Shunday ekan, Respublikamiz istiqbolini tub
o’zgarishlarsiz, ya’ni islohotlarsiz tassavvur qilib bo’lmaydi. Bunday islohotlar
hozirgi kunda qishloq xo’jaligi sohasida ham ildamlab bormoqda. Buning isboti
o’laroq, O’zbekiston Respublikasining “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Fermer
xo’jaligi to’g’risida” va “Qishloq xo’jaligi kooperativ (shirkat xo’jalik)lari
to’g’risida”gi Qonun hujjatlarining qabul qilinishi bu borada muhim dastur bo’lib
hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni oqilona tashkil etishning
tamoyillaridan biri ularda ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va ishlab chiqarishda
mavjud tarmoqlarni eng yuqori samaradorlik ko’rsatkichlariga muvofiq
uyg’unlashtirishdan iboratdir. Qishloq xo’jaligi sohasida korxonalarning ixtiso-
slashuvi deyilganda ularning faoliyati natijasida mahsulotlar-ning avvaldan
belgilangan yoki ma’lum bir turlarini ishlab chiqarishga qaratilganligi tushuniladi.
Qishloq xo’jaligi korxo-nalarida bu jarayon, odatda ma’lum bir sohalarning
qisqarishi tufayli ikkinchi bir soha yoki sohalarning kengayishi bilan bog’liq.
Ixtisoslashuvning maqsadi korxona sohalarining ma’lum bir tovar mahsulotlarini
ishlab chiqarishga moslashuvidan keladigan daromadlarni ko’paytirish uchun shart-
sharoitlar yaratish, mahsu-lotlar ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish, chiqimlarni
ka-maytirish, mehnat samaradorligini yuksaltirish hamda mahsulot sifatini
yaxshilashdan iboratdir.
Ixtisoslashuv ishlab chiqarish resurslarini markazlashtirib, ko’p tarmoqli xo’jalikdan
ixtisoslashgan xo’jalikka o’tish, qishloq xo’jaligi oldida samaradorlik hamda sifat
ko’rsatkichlarini oshi-rish vazifasi turgan hozirgi iqtisodiy islohotlar
chuqurlashayot-gan bir paytda O’zbekiston Respublikasi uchun alohida ahamiyat
kasb etadi.
Ixtisoslashuv ishlab chiqarishning yuksak samaradorligi ko’rsatkichlari asosida
mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’payti-rish, qishloqlarda ijtimoiy muammolarni hal
etishda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining tashkiliy asosining dastagi si-fatida
harakat qiladi.
Mehnat taqsimoti va uning o’ziga xos shakli ya’ni-ixtisoslashuv ishlab
chiqarishning tovar formasi bilan bir paytda paydo bo’lgan. Ular, mehnat taqsimoti
tovar ishlab chiqari-lishi rivoji, korxonalar va tovar mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilar o’rtasida mahsulot almashuvi hamda o’zaro xizmat ko’rsatishda
muhim rol o’ynaydi.
~ 4 ~
Qishloq xo’jaligida ixtisoslashuvning o’z obyektiga ega bo’lgan turli shakllari
mavjud.
Hududiy ixtisoslashuv ma’lum bir hududlar yoki ma’muriy tumanlar,
viloyatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishga ushbu
hududlarda qulay shart-sharoitlar mavjudligida ifodalanadi. Ayni paytda
ixtisoslashuvning bu shaklida o’sha hududga xos tabiiy va iqtisodiy omillar eng
yuqori aniqlik bilan hisobga olinadi. Chunki bu hisob-kitoblar natijasida mehnat
samaradorligining yuqori darajasi va xara-jatlarning qisqartirilishiga erishiladi.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillari, iqtisodiy islohotlar chuqurlashuvi
davrida tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning turli ko’rinishlariga ixtisoslashgan
yirik hudud-lar tashkil topdi. Bu eng avvalo, paxta xomashyosi, g’alla, sholi, pilla,
chorva, sabzavot va meva mahsulotlari, jun, sut va h.z. larga moslashgan mavjud
qishloq xo’jaligi korxonalarining qayta tuzi-lishi va yangilarining paydo bo’lishi
bilan xarakterlanadi.
Hududiy ixtisoslashuvni kengaytirish qishloq xo’jaligi korxonasi ishlab
chiqarishining uzoq muddatli rejalashtirishini nazarda tutadi. Bu rejaning maqsad va
vazifalari hududning, tu-manning, viloyatning tabiiy va iqtisodiy shart-sharoitlari
bi-lan belgilanadi. Shu narsani hisobga olish kerakki, hududiy ixtisoslashuvda
zaruriy shart-sharoitlar mavjud bo’lganda ham bu hududlar uchun qishloq xo’jaligi
mahsulotlari, chorva mahsulotla-rini sanoat tarzida qayta ishlab chiqarishning
imkoniyati borli-gi eng yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Hozirgi sharoitda
mahsulotlarni qayta ishlov berib, ishlab chiqarishsiz kutilgan natijalarga erishib
bo’lmaydi.
Kurs ishining maqsadi qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni tashkil etishning
daromadni oshirishdagi o’rnining hozirgi holati va kelgusida ular samaradorligini
yanada oshirish uchun ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
- Qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy
asoslarini organish;
- Qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni tashkil etishning daromadni oshirishdagi
o’rnining hozirgi holatini aniqlash;
- Qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni tashkil etishning daromadni ifodalovchi
ko`rsatkichlar va ularni hisoblash usullarini yoritish;
- Qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni oshirish bo’yicha ishlab chiqarishga uchun
ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berish va boshqalar.
~ 5 ~
Do'stlaringiz bilan baham: |