Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni



Download 32,86 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi32,86 Kb.
#430106
Bog'liq
Iqtisod 2-seminar




Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 0-1a-21 guruhi Qo’shmaqboyev Xumoyunmirzoning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan ”Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni” mavzusida yozgan esseyi

Mavzu:Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni.


Reja:
1.Mulkchilik munosabatlari.
2.Mulkchilik shakllari.
3.Mulkchilik shakllarining iqtisodiyotda tutgan o’rni.

Tandir noni deganda ko’z oldimizga tandirdan uzilgan,aylana shaklidagi,un va bir qancha mahsulotlardan tayyorlangan yegulikni ko’z oldimizga keltiramiz.Chunki biz bilamiz-non nima ekanligini.Aytmoqchi bo’lganim shuki,mulkchilik haqida so’z yuritar ekanmiz,avvalo,mulkchilik to’g’risida to’xtalib o’tsak barcha ko’zlagan rejamiz hech qanday qiyinchiliksiz amalga oshadi.


Mulk-moddiy va ma’naviy ne’matlarning kishilar egaligida bo’lishi va boshqarilishi.Ya’niki,barcha moddiy va ma’naviy ne’matlar mulk bo’la olishi mumkin,balki istisno holat kuzatilishi ham mumkin.Misol uchun, bilamizki, deyarli har bir shaxs o’zining shaxsiy qo’l telefoniga ega.Mana shu qo’l telefoni ham mulk bo’la oladi.Chunki telefon aynan bizning egaligimizda va biz uni hohlasak sotib yuboramiz,hohlasak kimgadir sovg’a qilamiz.Qisqa qilib aytadigan bo’lsak, biz ushbu mulkning egasimiz.
Endi esa mulkchilik munosabatlariga to’xtalib o’tamiz.Albatta, biz mulkdor bo’lganimizdan keyin har xil mulkchilik munosabatlari ishtirokchisiga aylanamiz.Masalan,mulkni sotishimiz ya’ni, tasarrufimizdan chiqarishimiz mumkin.Unga egalik qilish jarayonida ham bir qancha iqtisodiy munosabatlarga duch kelishimiz mumkin.Umumiy qilib aytadigan bo’lsak,mulkchilik munosabatlariga unga egalik qilish,undan foydalanish,uni tasarruf etish jarayonida duch kelinadigan har qanday iqtisodiy munosabatlar kiradi.
Bitta misol keltiraman:aytaylik bir do’kon egasimiz.Biz ushbu do’konda nima bilan savdo qilishni o’zimiz tanlaymiz.Hohlasak,oziq-ovqat do’koni tashkil etamiz,hohlasak,xo’jalik mollari do’koni.Albatta biz mulk egasimiz va buni o’zimiz hal etishga qonunan haqlimiz.Albatta,do’kon uchun davlatga soliq to’laymiz.Soliq to’lash ham mulkga egalik qilish jarayonida paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar qatoriga kirishi mumkin.
Albatta,men hozir moddiy mulk misolida gapirdim.Yuqorida aytganimizdek,mulk moddiy va ma’naviy bo’lishi mumkin.Aytaylik,psixologmiz. Albatta,mijoz bilan suhbat davomida unga turli tavsiyalar beramiz.O’ylab ko’ring,biz ushbu vaziyatda nimadan foydalanyapmiz?Albatta,o’z bilim va ko’nikmalarimizdan.Biz yillar davomida to’plagan bilimimizdan foydalanib mijozga kerakli tavsiyalar va maslahatlarni beryapmiz.Ya’ni,biz o’z ma’naviy mulkimiz bo’lmish bilimimizdan foydalanyapmiz.Ya’niki,mulkga egalik qilyapmiz.O’z ma’naviy mulkimiz orqali daromad qilyapmiz.Ma’naviy mulk ham moddiy mulk ega bo’lishi mumkin bo’lgan deyarli barcha munosabatlarda qatnashishi mumkin.
Hozirgi kunda bir qancha mulk shakllari mavjud bo’lib,ular yillar davomida ortib boryapti.Mulk shakllarining asosan,shaxsiy mulk,Xususiy mulk,Yakka tartibdagi xususiy mulk,Aralash mulk,Davlat mulki,Jamoa mulki,Koorparativ mulk kabi asosiy shakllari mavjud.
Shaxsiy mulk-fuqarolarning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mulk shakli hisoblanadi.Misol qilib aytsak,shaxiy mashinamiz ham shaxsiy mulk shakliga kiradi.Chunki u biz va oilamiz,boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi.
Xususiy mulk-ayrim kishilar va guruhlarga tegishli bo’lib,yollanma mehnatdan foydalanilib daromad topishga qaratilgan mulk shakli.Misol uchun,korxona.Biror bir ehtiyoj mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib,ishlab chiqarish davomida yollanma ishchilar mehnatidan foydalaniladi.Albatta,mulk munosabatlari mulkdorlar o’rtasida kelishilgan tartibda amal qiladi.
Yakka tartibdagi xususiy mulk-alohida mulkdor tomonidan o’zlashtiriluvchi vosita va ne’matlar.Xususiy mulkdan farqli o’laroq mulkdor yakka kishi bo’ladi.Demakki,mulk munosabatlari ham yakka mulkdorning o’zigagina taaluqli hisoblanadi.
Aralash mulk-turli mulk shakllari sintezidan tashkil topib,shunga muvofiq tarzda o’zlashtiriluvchi vosita va ne’matlar.Ya’niki , bir vaqtning o’zida bir necha mulk shakllarini kuzatish mumkin bo’lgan mulk shaklidir.Aralash mulkda xususiy,jamoa va davlat mulklari birlashadi.Mulk munosabatlariga yakka shaxs dahldor bo’lmaydi.Ya’ni mulkning aniq bir egasi bo’lmaydi.Daromad mulkdorlar o’rtasida tegishlicha taqsimlanadi.O’zbekistonda mulkiy islohotlar natijasida 1995-yilda aralash mulk bo’lgan korxonalar vujudga keldi.
Davlat mulki-o’z vazifalarini bajarish maqsadida davlat tomonidan o’zlashtiriluvchi turli vosita va ne’matlardir.Ya’ni,mulkdor bu yerda davlatning o’zi.Foyda ham davlat tasarrufidagi tashkilotlar uchun ajratiladi.Mulkiy munosabatlar ham aynan shu tashkilotlar o’rtasida sodir bo’ladi.Misol uchun maktab.Maktab bilamizki,davlat mulki.Maktab bilan sodir bo’luvchi har qanday mulkiy munosabatlar davlat hisobidagi tashkilotlar tomonidan sodir etiladi.Masalan,ta’lim vazirligi.Maktab qaysi tuman yoki shaharda joylashgan bo’lsa o’sha hududning ta’lim vazirligi tomonidan boshqariladi.
Albatta,mulkni turli shakllarga ajratish ma’lum qulayliklarni keltirib chiqaradi.Biz o’quvchilar esa ushbu shakllarning vazifa va maqsadlarini anglab yetish orqali iqtisodiyot sohasiga foyda keltirishimiz mumkin.
Download 32,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish