www.pedagoglar.uz 22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 303
talabalar sonini oshirish maqsadida ular uchun belgilangan to‗lov-kontrakt miqdori
kamaytirildi va ularning istiqomat qilishlari uchun universitet campusidan 100 % lik
joy ajratilishi rejalashtirilgan.
Konsepsiyaning eng oliy maqsadlaridan biri, yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamiga bepul va ixtiyoriy yuridik yordam ko‗rsatish tizimini yo‗lga qo‗yishdir.
Bizning soha bevosita huquq bo‗lganligi bois, bu maqsad yo‗lida universitetimizda
bir qancha loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Bulardan eng kattasi ―Street Law‖
loyihasi bo‗lib, dastlab ushbu loyiha 1972-yilda AQSHning Jorjtaun universitetida
tashkil etilgan. Loyihadan asosiy maqsad universitet talabalari tomonidan o‗zlarining
huquqiy bilimlari asosida maktab o‗quvchilariga huquqiy bilim berish edi. 1996-yilda
Street Law Inc. xalqaro nodavlat notijorat tashkilotiga asos solindi. Hozirgi kunda
tashkilot dunyoning 45 davlatida xususan bizning yurtimizda ham faoliyat yuritib
kelmoqda. Tashkilotning O‗zbekistondagi faoliyatini Toshkent davlat yuridik
universiteti muvofiqlashtirib kelmoqda. O‗zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent
davlat yuridik universitetidagi boshlang‗ich tashkiloti faollari va volontyor talabalar
bilan birgalikda ―Street Law‖ loyihasi muntazam yuritib kelinmoqda. Hozirgi kunda
biz Toshkent shahrida joylashgan maktablarga tashrif buyurib, o‗quvchilarni
qiziqtirgan mavzularda suhbatlar o‗tkazib kelmoqdamiz. Ularning ko‗zida
beg‗uborlik va ilmga chanqoqlikni ko‗rib inson g‗oyat quvonadi. Kelgusida bu
loyihani universitet jamoasi bilan O‗zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkilotining
ko‗magida viloyatlarda ham keng targ‗ib qilmoqchimiz. Natijada aholining huquqiy
ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga erishishni maqsad qilganmiz.
Oila – kuqaddas maskan. Uni buzish esa gunohi azimdir. Ming afsuski, qancha
urinmaylik, bugungi kunda yosh oilalar o‗rtasidagi ajrimlarning soni ko‗payib
borayotganligi dilni xira qiladi. Shuning uchun buning sabablarini chuqur o‗rganish
va samarali choralar qo‗llash muhim masaladir. Birinchi prezidentimiz Islom
Abdug‗aniyevich Karimov bozor iqtisodiyotiga o‗tishning 5 ta tamoyilini ilgari
surgan edi. ―Avval iqtisod, keyin siyosat‖ tamoyili borki, bu butun dunyo olimlari
tomonidan e‘tirof etilgan. Inson shunday xilqatki, ehtiyojlarining chegarasi yo‗q.